Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.56K subscribers
12.3K photos
1.09K videos
38 files
3.7K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
#Сўраган_эдингиз

Farzandim AQSHda o‘qiydi, O'zbekiston fuqarosimiz. Farzandimni Prezident maktabiga bermoqchiman. Buning uchun qanday hujjatlar tayyorlanadi? Hujjat topshirishda farq bormi?

Talabgor chet elda ta'lim olayotgan bo'lsa, Prezident maktabining tegishli sinfiga hujjat topshira oladi. Bunda talabgorning ota-onasi O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lishi talab etiladi.

Talab etiladigan hujjatlar:
- talabgorning tugilganlik to'g'risidagi guvohnomasi yoki kinder passporti;
- talabgor ta'lim olayotgan muassasaning oxirgi o'quv yilini matematika va tabiatshunoslik (shu fan o'rniga o'qitiladigan fan) fanlaridan a'lo baholarga tugatganlik to'grisida tabel (unga tenglashtirilgan hujjat)ni maktab direktori tomonidan tasdiqlangan shakli;
- tasdiqlangan baholar tabelini notarial tarzda tarjima nusxasi;
- tasdiqlangan shakldagi ma'lumotnoma formasini to'ldirish
- talabgorning oxirgi 3 oyda tushgan fotosurati.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз

❗️Pedagoglar diqqatiga

Sizga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar tomonidan eng ko'p kelib tushayotgan savollarga mutaxassis javoblarini e'lon qilib boramiz.

Job.piima.uz sayti orqali hujjat topshirganda xato kiritgan ekanman. Qayta tahrirlasam bo‘ladimi?

Ariza beruvchi shaxsan o‘zi hujjatini tahrirlay olmaydi. Agar murojaat bilan Call-markaz (71) 207 20 17 (ichki raqam 605)ga telefon qilsangiz, operatorlar hujjatlardagi va elektron pochtaning noaniq kiritilganini ko‘rib beradi va tahrirlaydi.

Suhbat qachon va qanday tartibda eʼlon qilinadi?

Hujjatlar qabuli 20-mayga qadar davom etadi. Suhbatdan oldin test bo‘lib o‘tadi. Iyun oyining boshida nomzodning elektron pochtasiga xabar boradi. Test jarayonidan 70% va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlarning elektron manziliga suhbat jarayoni qachon va qay tartibda (offlayn, onlayn) bo‘lishi maʼlum qilinadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз

❗️Pedagoglar diqqatiga

Pedagoglar tomonidan eng ko'p kelib tushayotgan savollarga mutaxassis javoblarini e'lon qilib boramiz.

Job.piima.uz sayti orqali hujjat topshirgandim lekin elektron pochtamga javob kelmadi...

❗️Ariza beruvchidan elektron pochtasining spam papkasini tekshirib ko'rish so'raldi. Ba'zida javoblar shu papkaga tushishi mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2022

Prezident maktabiga hujjat topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar orasida anketa (ma'lumotnoma) ham bor. Mazkur anketa namunasini qayerdan yuklab olishimiz mumkin?

Anketa namunasini portal.piima.uz saytidan quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin: https://piima.uz/storage/public/userfiles/files/1/ANKETA%202022-23/Anketa.pdf

❗️Shuningdek, maktab direktori tomonidan tasdiqlanishi lozim bo'lgan anketa namunasi havola etilmoqda.

📞Call-markaz raqami: 1206

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2022

Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

2022-2023-o'quv yilida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tkazilgan 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning:

▶️ aniq fanlar yo'nalishiga 5-11-sinflarga
▶️ tabiiy fanlar yo'nalishiga 7-11-sinflarga qabul bo'lib o'tadi.

Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga qanday hujjatlar talab etiladi?

• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).
_____

📞Call-markaz raqami: 1206

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Prezident_maktablari

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichida qo'lga kiritilgan ballar talabgorning 2-bosqichdagi yakuniy natijalariga qo'shib, hisoblanadimi?

Talabgorning birinchi bosqich imtihonlarida egallagan ballari uning ikkinchi bosqich imtihonlarida inobatga olinmaydi.

Prezident maktablariga 2-bosqich imtihonlari qaysi fanlardan bo'lib o'tadi?

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi tanqidiy fikrlash, muаmmoni hal qilish va ingliz tilidan bo'lib o'tadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_savoli
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#Сўраган_эдингиз

❗️Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar

✔️Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarning ba'zilarida 9-10-11-sinflariga talabgorlar tomonidan sinf shakllantirish uchun yetarli hujjat topshirmaganligi sababli, ushbu sinflar tashkil etilmadi.

✔️
Lekin, nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan o‘quvchilarga imkoniyat berish maqsadida viloyat markazidagi yoki qo‘shni tumandagi ixtisoslashtirilgan maktablarga tavsiya etildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз

Qarshi shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabga imtihon topshirib, 47 ball oldim. Lekin o‘qishga kira olmadim. Yakkabog‘ tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabga bundan past ball o‘lganlar ham qabul qilingan. Mening balim yuqori bo‘la turib o‘qishga kira olmasligim mumkinmi?

Hududlardagi har bir maktabning kvotasi va konkursidan kelib chiqib, o‘tish ballari tubdan farq qiladi. Shu sabab, bir hududda (masalan, Qorako‘ldagi maktab) ball o‘ta yuqori bo‘lishi, boshqa hududda esa ball nisbatan past bo‘lishi mumkin.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Kun_savoli

Jiyanim va uning sinfdoshi bir xil ball olishdi. Lekin jiyanim qabul qilinmadi. Nega? Sababini izohlab bersangiz.

❗️Qabul natijasiga ko'ra bir xil ball to'plagan talabgorlar soni belgilangan qabul kvotasidan oshib ketgan taqdirda talabgorga quyidagicha tartibda ustunlik beriladi:
🔹1-blok savollari bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
🔹2-blok savollari bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
🔹3-blok savollari bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
🔹tug‘ilgan sanasi bo'yicha (yoshroq nomzod tanlanadi).

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Pedagog_kadrlar
#Kun_savoli

Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga pedagog-kadrlarning oylik ish haqqiga qo'shimcha ustamalar haqida ma'lumot bersangiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-106 – sonli Farmoniga muvofiq Agentlik maktablarida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan xodimlar ish haqi fondining 100 foizi miqdorida rag‘batlantirish jamg‘armasi shakllantirilishi belgilangan.

Yuqoridagi hujjatga muvofiq oyilik ish haqqiga 100 foizgacha ustamalar belgilanadi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз

⚡️Жамғарма танловларининг тест жараёнларига оид манба👇.

Батафсил

Eyuf.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз

⚡️Жамғарма танловларининг тест жараёнларига оид манба👇.

Батафсил

Eyuf.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз

Camridge Assessment tashkilotining qaysi fan dasturlari mahalliylashtirildi?

2022-yilda ixtisoslashtirilgan maktablar uchun Camridge Assessment tashkilotining fizika, biologiya, kimyo fanlaridan ta’lim dasturlari to‘liq mahalliylashtirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Сўраган_эдингиз
#Menejerlik_sertifikati

Menejerlik o'quv kurslarida sertifikat uchun yakuniy imtihonlar qanday tartibda bo'ladi va nomzodlar qay tarzda baholanadi?


Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-sonli qaroriga muvofiq, Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lmoqchi bo‘lgan nomzodlar manager.uzedu.uz onlayn platformasi orqali ro’yxatdan o’tib, o‘quv kurslarda 1 oy davomida o‘qishi va yakunda imtihon topshirishi talab etiladi.

❗️ Yakuniy test sinovlari 25 ta test, keys hamda amaliy topshiriqlardan iborat
tarzda shakllantiriladi. Test va keys topshiriqlarini bajarish uchun jami 120 daqiqa vaqt beriladi.

Amaliy topshiriqlar esa taqdimot qilinadi va mas'ullar tomonidan baholanadi.

70 ball va undan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlar yakuniy sinovni muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi va ularga QR-kod qoʻyilgan elektron shaklda menejerlik sertifikati beriladi.

Ushbu sertifikat 5 yil davomida amal qiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM