Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.57K subscribers
12.3K photos
1.09K videos
38 files
3.7K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
#Сўраган_эдингиз

Qarshi shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabga imtihon topshirib, 47 ball oldim. Lekin o‘qishga kira olmadim. Yakkabog‘ tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabga bundan past ball o‘lganlar ham qabul qilingan. Mening balim yuqori bo‘la turib o‘qishga kira olmasligim mumkinmi?

Hududlardagi har bir maktabning kvotasi va konkursidan kelib chiqib, o‘tish ballari tubdan farq qiladi. Shu sabab, bir hududda (masalan, Qorako‘ldagi maktab) ball o‘ta yuqori bo‘lishi, boshqa hududda esa ball nisbatan past bo‘lishi mumkin.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

🔰Farg‘ona tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonidan videolavha

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda qurilish va ta'mirlash ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Jumladan, Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab ham yangi o‘quv yilidan iqtidorli o‘quvchilarni qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

🎥Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi matbuot xizmati lavhasi

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Prezident ta'lim muassasalari agentligi hamda "Yangi O'zbekiston" universiteti delegatsiyasi Koreya universiteti vitse-prezidenti Hikyoung Lee bilan uchrashdi

✔️ Vitse-prezident H. Lee ikki universitet o'rtasida hamkorlik qilish imkoniyatlari to'liq yo'lga qo'yilishi lozimligini ta'kidlab, quyidagi yo'nalishlarda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi:
🔹Universitetning kuchli fakultetlaridan biri bo'lgan "school of business"ni "Yangi O'zbekiston" universitetida birgalikda tashkil etish;
🔹universitetlarning ma'muriy-boshqaruv xodimlari o'rtasida tajriba almashinuvi dasturini amalga oshirish;
🔹zamonaviy kampusni tashkil etish yuzasidan tajriba almashish;
🔹talabalar almashinuvi dasturini amalga oshirish;
🔹ikki universitet o'rtasida "double degree" tizimini yo'lga qo'yish.


📌Ma'lumot uchun, Koreya universiteti ''Times higher education'' reytingida kuchli 250 talikka kiradi.

🔁 English

#Uchrashuv #Koreya_universiteti

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Сўраган_эдингиз
#Kun_savoli

Jiyanim va uning sinfdoshi bir xil ball olishdi. Lekin jiyanim qabul qilinmadi. Nega? Sababini izohlab bersangiz.

❗️Qabul natijasiga ko'ra bir xil ball to'plagan talabgorlar soni belgilangan qabul kvotasidan oshib ketgan taqdirda talabgorga quyidagicha tartibda ustunlik beriladi:
🔹1-blok savollari bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
🔹2-blok savollari bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
🔹3-blok savollari bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
🔹tug‘ilgan sanasi bo'yicha (yoshroq nomzod tanlanadi).

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xushxabar

⚡️PEDAGOGIK MAHORAT VA XALQARO BAHOLASH MARKAZI TRENERLARI XALQARO SERTIFIKATGA EGA BO'LISHDI!

Xabar berganimizdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Cambridge Assessment International Education tashkilotinining PDQ (Kasbiy rivojlanish dasturi) joriy qilinmoqda.

Hozirda Markazning 2 nafar treneri - Xushnamo Burxonxo'jayeva va Amina Shayxmetova Cambridge Assessment International tashkilotining xalqaro sertifikatiga ega bo'lishdi.

Endilikda ular xalqaro trenerlar sifatida PDQ dasturi asosida seminarlar tashkil etishlari mumkin.

📌Ma'lumot uchun, PDQ dasturi rahbar va pedagog kadrlar uchun mo'ljallangan bo'lib, bunda kasbiy rivojlanish amaliyotdan uzilmagan holda joriy qilinadi.

❗️Ta'kidlash joiz, O‘zbekiston PDQ dasturini milliy darajada, ya’ni mahalliylashtirilgan tarzda joriy etayotgan birinchi mamlakatlardan hisoblanadi.
#Сўраган_эдингиз
#Pedagog_kadrlar
#Kun_savoli

Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga pedagog-kadrlarning oylik ish haqqiga qo'shimcha ustamalar haqida ma'lumot bersangiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-106 – sonli Farmoniga muvofiq Agentlik maktablarida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan xodimlar ish haqi fondining 100 foizi miqdorida rag‘batlantirish jamg‘armasi shakllantirilishi belgilangan.

Yuqoridagi hujjatga muvofiq oyilik ish haqqiga 100 foizgacha ustamalar belgilanadi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Imtihon_natijalari
#Tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣📣Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi!

❗️Joriy yilning 5-6-avgust kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi, Abu Ali ibn Sino nomidagi va Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.

👇Imtihon natijalarini quyidagicha aniqlashingiz mumkin:

1️⃣ Portal.piima.uz saytining "Qabul 2022" bo'limi "Natijalar" oynasiga ID raqamingizni kiritish orqali,

2️⃣Talabgorning ariza.piima.uz saytidagi Shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali.


✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
''YANGI O'ZBEKISTON'' UNIVERSITETIDA NAFAQAT BILIM BERILADI, BALKI YOSHLARNING QOBILYATI HAM SHAKLLANTIRILADI

🏛 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ''Yangi O'zbekiston'' universiteti professori Islam El Hadary ''Yangi O'zbekiston'' universitetidagi ta'lim yo'nalishlarida tahsil olishning ustunliklari haqida gapirib berdi.

...Ilon Maskni olaylik, uning shu kunga qadar amalga oshirgan barcha loyihalarida xoh u Space X bo'lsin, yoki boshqasi, barchasida Mexanika muhandisligi va fizikaning o'rni katta...

✔️ Shuningdek, universitet talabalari ham o'z taassurotlari va maqsadlari haqida so'zlashdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Seminar_treninglar
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar

Farg'ona viloyatida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar o‘qituvchilari uchun seminar-treninglarga start berildi

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan yurtimizning har bir viloyat markazida  semenar-treninglar o‘tkazilmoqda.

Tadbir avvalida Agentlik rahbari Hilola Umarova videomurojaat orqali ishtirokchilarni tabrikladi va ularga omad tiladi.

Ushbu seminar treninglar  yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga qabul qilingan o'qituvchilar uchun maxsus tashkil etilgan. Unda dars o'tish metodikasi, yangi baholash tizimi kabi mavzularda so'z bormoqda.

Treningning ikkinchi qismida Ona tili va Adabiyot, Fizika, Kimyo, Biologiya, Tarix va Tarbiya fanlaridan xalqaro metodika asosida mobil guruhlar trenerlari interfaol usullardan  foydalanib olib bormoqdalar.

Barcha fan o'qituvchilari uchun kasbiy rivojlanish dasturlari tashkil etilgan bo'lib, mashg'ulotlar hududlar kesimida 25-26-avgust kunlari bo'lib o'tadi.

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari 👇

Instagram / Telegram  / Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi yangi ixtisoslashtirilgan maktablar pedagoglari uchun tashkillangan seminar - trening jarayonlaridan videolavha.

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari 👇

Instagram / Telegram / Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi yangi ixtisoslashtirilgan maktablar pedagoglari  uchun tashkillangan seminar - trening jarayonlaridan videolavha.
Ikkinchi kun.

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari 👇

Instagram  / Telegram  / Facebook
#Seminar_trening
#Prezident_maktablari

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining rahbar va pedagog-kadrlari uchun “Muvaffaqiyat strategiyasi” nomli seminar-treninglarning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbir avvalida Agentlik direktori Hilola Umarovaning video-murojaat orqali yig’ilganlarni samimiy tabrikladi:

- Har qanday taraqqiyot ta’limdan, maktabdan boshlanadi. Zero, sifatli ta’lim tizimi va malakali o’qituvchi hamma narsani o’zgartira oladi. Bugungi seminar-treninglar ham yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish va yangi metodikalarni o’zlqshtirishga qaratilgan. Mazkur bilimlar kelgusi faoliyatingizda ham foydali bo’lishiga ishonaman.

❗️Tadbirda, shuningdek, o’quv yili davomida yuqori ko’rsatkichlar qayd etgan ustozlarga sertifikatlar topshirildi.

📍Ma’lumot uchun, treninglarda 300 ga yaqin rahbar va pedagog-kadrlar ishtirok etishmoqda.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube