Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.56K subscribers
12.4K photos
1.09K videos
38 files
3.72K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
⚡️O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Fargʻona viloyati bo'limi tomonidan "Kitobsevar millat" shiori ostida uchrashuv tashkil etildi

🔸Fargʻona shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan "Kitobsevar millat" shiori ostidagi uchrashuv avvalida OAV xodimlari hamda jurnalistlar, maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, maktab bo‘ylab sayohat qildilar.

🔹Shuningdek, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari va jurnalistlar ishtirokida ochiq muloqot o'tkazilib, o'zaro do'stona aloqalar o'rnatildi.

🔰Kitobxonlik loyihasi doirasida o'zbek va jahon adabiyoti durdonalaridan eng saralari Ixtisoslashtirilgan maktablar uchun sovg'a qilindi.

🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (:))
🟦🟦
🇰🇷Koreys tili bo‘yicha Respublika olimpiadasi tashkil qilinmoqda.

🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi huzuridagi Koreya ta'lim markazi hamkorlikda 🇰🇷Koreys tili bo‘yicha II Respublika olimpiadasi tashkil qilinadi.

Olimpiada ikki bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqich hududlarda 1-dekabr kuni, yakuniy respublika bosqichi 22-dekabr kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Ro'yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2023-2024-o‘quv yilida Koreys tili bo‘yicha I Respublika olimpiadasi tashkil etilgan edi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: korean-contest.softgo.uz

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova va Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning umumta’lim, musiqa va san’at maktablaridagi pedagoglar bilan jonli muloqoti boshlandi.

📍Tadbir poytaxtimizdagi Sinpoziumlar saroyida bo‘lib o‘tmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh
#Qoraqalpogʻiston

AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib turibdi.

Agentlikning Nukus shahridan ancha olis hududlarda joylashgan Moʻynoq, Boʻzatov, Qoʻngʻirot, Taxtakoʻpir hamda Qoraoʻzak tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayonlari oʻrganildi.

Ishchi guruh tomonidan o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Agentlik rahbariyatining Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan tizimdagi maktablar faoliyatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#Samarqand

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatida boʻlib, tizimdagi maktablar faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.

Xususan, ishchi guruh tomonidan Kattaqoʻrgʻon shahar, Kattaqoʻrgʻon, Paxtachi hamda Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, qish mavsumiga tayyorgarlik holati koʻzdan kechirilib, dars jarayonlari kuzatildi.

Oʻrganishlar doirasida Agentlik direktorining o‘quvchilar va oʻqituvchilar bilan muloqoti tashkil etildi. Unda A.Ubbiyev Agentlik tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim sharoitlarini yangi bosqichga olib chiqish borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritdi.

Shuningdek, muloqotlarda Agentlik direktori yoshlarning kelgusidagi maqsad va orzulari bilan qiziqib, tanlagan sohasi boʻyicha yetuk mutaxassis boʻlish uchun avvalo oʻquvchilikdanoq puxta bilim olish, xorijiy tillar, axborot texnologiyalarini mukammal oʻzlashtirish lozimligini taʼkidladi.

Maktablarni oʻrganishlar davomida ta’lim maskanlarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tanqidiy tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha mas'ullarga tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.

Agentlik direktori masʼullarga ta’lim tizimida amaliyotda qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Xususan, xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, intellektual va sport oʻyinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib oʻrganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube