⚡️Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchi qizlari uchun ''Pazandachilik sirlari'' to‘garagi yo‘lga qo‘yildi
🔹Birinchi mashg‘ulotda 9-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar va ustozlar ko‘magida somsa tayyorladilar. Qizlarimiz xamir qorish, masalliqni tayyorlash va somsani tugish kabi jarayonlarni tez o‘rganib oldilar. Taom tayyor bo‘lar ekan, ishtirokchilar uyda ham mustaqil ravishda yana tayyorlab ko‘rishga qaror qildilar.
🔸Qizlarimizning zamonaviy fanlarni a'loga o‘zlashtirish bilan birgalikda mazali taomlar pishirishda ham chaqqonliklari tahsinga sazovor. Maktab ma'muriyati to‘garak faoliyatiga muvaffaqiyat tilab qoladi.
🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|

Forwarded from FVMMTB - Rasmiy kanali
FARG‘ONADA OLIMPIADANING VILOYAT BOSQICHI DAVOM ETMOQDA
🔷Bugungi Asosiy fan olimpiadasining sinovlari quyidagi fanlar, sinflar hamda nazorat turlari bo‘yicha:
9-sinf – informatika – dasturlash
10-sinf – matematika, fizika, kimyo – yozma ish
11-sinf – biologiya – yozma ish davom etmoqda.
Mazkur jarayonlarda olimpiadaning shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 347 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda.
🔹Sinov jarayonlarini qo‘yidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishingiz mumkin 👉https://cams.uzedu.uz/
🔹Eslatma: Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichi sinov jarayonlari Farg‘ona tumanidagi 24 maktab binosida matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda Farg‘ona shahridagi 28-maktab binosida informatika fanidan bo‘lib o‘tmoqda.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Fargʻona viloyati bo'limi tomonidan "Kitobsevar millat" shiori ostida uchrashuv tashkil etildi
🔸Fargʻona shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan "Kitobsevar millat" shiori ostidagi uchrashuv avvalida OAV xodimlari hamda jurnalistlar, maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, maktab bo‘ylab sayohat qildilar.
🔻Batafsil: https://t.iss.one/Fargona_trk
🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
🔸Fargʻona shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan "Kitobsevar millat" shiori ostidagi uchrashuv avvalida OAV xodimlari hamda jurnalistlar, maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, maktab bo‘ylab sayohat qildilar.
🔻Batafsil: https://t.iss.one/Fargona_trk
🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#ishchi_guruh
#Qoraqalpogʻiston
ISHCHI GURUH: STEM FANLARINI OʻQITISHDA METODIK YORDAM BERILMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitish tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Mazkur farmon ijrosini samarali tashkil etish doirasida, Agentlikning ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Sohiba Kazakova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan tizimdagi maktablarda STEM fanlarini oʻqitishda metodik yordam koʻrsatildi.
Xususan, ishchi guruh Xoʻjayli tumani ixtisoslashtirilgan maktabida ham boʻlib, oʻquv jarayoni sifatini yaxshilash doirasida olib borilgan ishlarni tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.
Taʼlim maskanida STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitish boʻyicha Nukus shahridagi Prezident maktabi xorijiy oʻqituvchisi Jade Marck Cantillo hamkorligida olib borilayotgan darslarda qatnashib, metodik tavsiyalar berdi.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Agentlikning tegishli koʻrsatmasiga muvofiq Nukus shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari tomonidan hududlardagi ixtisoslashtirilgan maktablarga joyiga chiqqan holda doimiy ravishda metodik yordam koʻrsatib kelinmoqda.
Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#hududlardan_xabarlar
⏺️Nurafshon hamda Qarshi shahridagi Prezident maktablari tashkil etilganiligiga uch yil toʻldi.
⏺️Namangan shahridagi Prezident maktabida kasbiy rivojlanish treningi oʻtkazildi.
⏺️Buxoro shahridagi Prezident maktabida eko-festival boʻlib oʻtdi.
⏺️Samarqand shahridagi Prezident maktabida “Istiqbolli avlod” Yosh ko‘ngillilar harakati haqida taqdimot oʻtkazildi.
⏺️Xiva shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Islombek Otaboyev "Robotech Fest- 2024" tanlovida gʻolib boʻldi.
⏺️Toshkent shahridagi Prezident maktabida klaviaturada tez yozish musobaqasi boʻlib oʻtdi.
⏺️Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Termiz iqtisodiyot va servis universiteti faoliyati bilan tanishdi.
⏺️Jizzax shahridagi Prezident maktabida "Kasblar almashish kuni" loyihasi amalga oshirildi.
⏺️Navoiy shahridagi Prezident maktabi hamda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi o‘rtasida memorandum imzolandi.
⏺️Andijon shahridagi Prezident maktabi muassisligidagi “Foresight” jurnalining yangi soni eʼlon qilindi.
⏺️Nukus shahridagi Prezident maktabida “Jadidlar”mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
⏺️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Oʻquvchilar almashinuvi” dasturi doirasida badiiy-musiqali chiqishlar namoyish etildi.
⏺️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga Ozarbayjonning “Hadaf” STEAM litseyi direktori Shamil Sadik tashrif buyurdi.
⏺️Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida “Fuqaro muhofazasi kuni” tadbiri o‘tkazildi.
⏺️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining 2-saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.
⏺️Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida shoira Enaxon Siddiqova xotirasiga bagʻishlangan adabiy kecha oʻtkazildi.
⏺️Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Oʻquvchilar almashinuvi dasturi” doirasida Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabidan kelgan oʻquvchilar bilan xayrlashuv marosimi tashkil etildi.
⏺️Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida sport musobaqalari boʻlib oʻtdi.
⏺️Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi oʻquvchilari Toshkent shahrida oʻtkazilgan xalqaro musobaqada sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.
⏺️Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi oʻquvchilari Oʻzbekiston tarix davlat muzeyiga sayohat qildi.
⏺️Shayxontohur, Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida 11-sinf oʻquvchilarining oliy taʼlim muassasalari kirish imtihonlariga tayyorgarligi sinovdan oʻtkazildi.
⏺️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf oʻquvchisi Akbarjon Karimov "Open Asia-2024" xalqaro tanlovida gʻolib boʻldi.
⏺️Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari harbiy-vatanparvarlik festivalida ishtirok etdi.
⏺️Qoʻngʻirot, Buvayda tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida eko-aksiya tashkil etildi.
⏺️Doʻstlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 11- sinf oʻquvchisi Hulkaroy Hasanova "Konstitutsiya bilimdoni" koʻrik tanlovining Respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.
⏺️Gʻallaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tanlovlar va fan olimpiadalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan oʻquvchi va pedagoglar taqdirlandi.
⏺️Qumqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻlkashunoslik mavzusida tanlov oʻtkazildi.
⏺️Oqqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Xalqaro psixologlar kuni" nishonlandi.
⏺️Sardoba tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Zakovat” bellashuvi boʻlib oʻtdi.
⏺️Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filialiga ekskursiya qildi.
⏺️Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida ota-onalar bilan davra suhbati tashkil etildi.
⏺️Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Milliy gvardiyaning Shofirkon tuman Qo‘riqlash bo‘limi bilan hamkorlikda kamondan otish bo‘yicha musobaqa oʻtkazildi.
⏺️Izboskan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligiga bagʻishlangan “Osmonlar sirini kashf etgan alloma” mavzusida rasmlar tanlovi boʻlib oʻtdi.

#Sirdaryo
AGENTLIK RAHBARIYATI TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANMOQDA
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining maslahatchisi Eʼzozxon Karimova boshchiligidagi ishchi guruh Agentlikning Sirdaryo viloyatida joylashgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻldi.
Mazkur maktablarda oʻquv jarayoni, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yuritilishi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, qish mavsumiga tayyorlik holati singari bir qator yoʻnalishlar oʻrganildi.
Ishchi guruh oʻrganilgan maktablar rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy taʼlim usullariga oid bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qoʻllab-quvvatlab, oʻz tavsiyalarini berdi.