Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.56K subscribers
12.3K photos
1.09K videos
38 files
3.71K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
#favqulodda_vaziyatlar
#axborot_targʻibot_tadbiri

🤩 Agentlikda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda kuchli zilzila va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlarda to‘g‘ri harakat qilish mavzusi yuzasidan axborot-targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Unda Agentlik rahbariyati va xodimlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari, shuningdek, ZOOM platformasi orqali tizimdagi maktab jamoalari ham ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni qabul qilingan.

Ushbu farmonning tegishli bandida favqulodda vaziyatlar va global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir qator, jumladan kuchli zilzila va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash tizimini rivojlantirish singari vazifalar belgilab berilgan.

Mazkur farmon ijrosi doirasida tashkil etilgan axborot-targʻibot tadbirida mutaxassislar tomonidan favqulodda vaziyatlar, xususan kuchli zilzila va tabiiy ofatlar vaqtida qanday harakatlanishga oid zarur tavsiyalar berildi. Ishtirokchilar eʼtiboriga mavzuga oid taqdimotlar havola etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM