Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
1.56K subscribers
12.6K photos
1.11K videos
39 files
3.78K links
Official page of the Ferghana Presidential School 🎓

- The best international and local teachers 👩‍🏫
- Innovative Technologies 🖥
- New training methods 📚
- STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬
- useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️
Murojaat:@Ferpm_bot
Download Telegram
#Farmon_ijrosi_amalda
#amaliy_seminar

MAKTAB MASLAHATCHILARI UCHUN AMALIY-SEMINAR BOSHLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalarida “Maktab maslahatchisi” lavozimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun amaliy seminar oʻz ishini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etilgan mazkur seminar sessiyalarida maktab maslahatchilarining kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻrin olgan. Shuningdek, ishtirokchilar uchun poytaxtimizning maʼnaviy-maʼrifiy maskanlariga sayohat rejalashtirilgan.

Agentlik tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universiteti mezbonlik qilayotgan ushbu maʼrifiy tadbir joriy yilning 17-mayiga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Farmon_ijrosi_amalda
#amaliy_seminar

🤩 Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Agentlikning Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi maktablarida “Maktab maslahatchisi” lavozimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun amaliy seminar bo’lib o’tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Farmon_ijrosi_amalda
#ingliz_tili

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-55-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik tizimidagi ijod va  ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarini Kembrij o‘quv dasturi asosida ingliz tilida o‘qitish bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Mazkur dastur 2024/2025-o‘quv yilining sentabr oyidan Xo‘jayli tuman, Zomin tuman hamda noyabr oyidan Angren shahar, Yangiyer shahar, Buxoro tuman, Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida tashkil etildi. Jarayon davom ettirilib, bugun Agentlik tizimidagi Guliston shahar 2-son, Termiz shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ham saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Shuni alohida aytib o‘tish kerakki, imtihon jarayonlari Prezident maktablari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ma'lumot o‘rnida, Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarni ingliz tilida o‘qitish amaliyoti bosqichma-bosqich joriy qilinib boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube