Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.64K subscribers
16.2K photos
1.34K videos
52 files
4.46K links
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
#London

Vazirlik delegatsiyasi Butunjahon ta'lim forumida ishtirok etmoqda

🔴 Ayni damda Londonda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ta’lim forumida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.

Tadbir Buyuk Britaniya ta’lim davlat kotibi va vaziri Djillian Kigan tomonidan ochib berildi hamda nufuzli spikerlar tomonidan ma'ruzalar tashkil etildi.

Forumning birinchi kunida bo'lib o'tgan yalpi majlisda:

ta'limga yangi metodikalarni joriy etish,
sun’iy intellektdan foydalanish,
ta'lim madaniyatini yaratish kabi masalalar muhokama qilindi.

❗️Ma'lumot o'rnida: ushbu nufuzli tadbirda jahonning 100 dan ortiq mamlakatlari va 70 dan ziyod Ta'lim vazirlari qatnashishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#xalqaro_hamkorlik

⚡️ Bugun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Buyuk Britaniyaning Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Agentlik tizimidagi Prezident maktablarining birinchi bosqich jarayonlarini kuzatish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurgan Kembrij tashkilotining Prezident maktablariga kirish imtihon savollarini tuzishda ishtirok etgan ekspertlari Toshkent shahrida boʻlib turibdi.


Uchrashuvda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va tegishli boʻlimlardan masʼul xodimlar hamda Kembrij tashkilotining rasmiy vakillari ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida imtihon jarayonlarining birinchi bosqichi uchun Kembrij tomonidan tuzilgan test savollar yuzasidan fikrlar almashildi. Keyingi yillar uchun tuziladigan test savollari oldidan ekspertlar guruhi bilan yana uchrashuvlar oʻtkazish boʻyicha kelishib olindi.

Xalqaro taʼlim tashkiloti vakillari Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqich jarayonlari mamlakatimizda yuqori darajada tashkil etilganini eʼtirof etishdi. Shuningdek, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich jarayonlarini oʻtkazish borasida ham toʻxtalib oʻtildi.

Agentlik va Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari yildan-yilga yaxshilab borilayotgani alohida taʼkidlanib kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan bir qator rejalar boʻyicha muzokaralar olib borildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
#xalqaro_hamkorlik
#tabiiy_fanlar_taʼlimi_festivali

🤩 "TABIIY FANLAR TAʼLIMI" FESTIVALI BOSHLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda “Tabiiy fanlar ta’limi” festivali oʻtkazilmoqda.

Mazkur festival tabiiy va aniq fanlarga asoslangan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish orqali yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirgan holda ularning ixtisoslashgan xalqaro dasturlar, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishini taʼminlash, yaratuvchanlik qobiliyatini shakllantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda tizimda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar orasida yaratuvchanlik g‘oyalarini shakllantirish va ularni amaliyot bilan bog‘lagan holda o‘quvchilarga yoritib berish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadlarini oʻz ichiga olgan.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi mezbonlik qilayotgan ushbu festivalning ochilish marosimida Agentlik rahbariyati, mas’ul xodimlari, Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlar, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi vakillari hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Ochilish marosimda ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasida ta’lim sohasida aloqalar kuchayib, hamkorlikda turli loyihalar, dasturlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning may-iyun oylarida Agentlik va Koreya ta’lim markazi tomonidan “Incheon ta’lim festivali” o‘tkazilgan edi. Hamkorlikdagi navbatdagi loyiha – “Tabiiy fanlar ta’limi” festivali ham yuqoridagi vazifalarning mantiqiy davomidir.

Festivalda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda umumta’lim maktablarining jami 1600 nafar 6-9-sinf o‘quvchilari qatnashmoqda. Amaliy mashg‘ulotlar va topshiriqlar o‘zbek tiliga tarjima qilingan holda  2 smenada olib boriladi. Har bir smenada 400 nafar o‘quvchi 21 ta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Bundan tashqari, Agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan 30 nafar aniq va tabiiy fan o‘qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etiladi.

“Tabiiy fanlar ta’limi” festivali ertaga, 14-avgust kuni oʻz ishini yakunlaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
❇️KOREYA DELEGATSIYASI BUXORO SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA BO‘LDI

🔹Koreyaning Chungcheongnam-do provinsiyasi Ta'lim qo'mitasi vakillari Buxoro shahridagi Prezident maktabida bo‘lib, ular o‘qituvchilar faoliyati va olib borilayotgan ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
🔥7👍4😍1
#Xalqaro_hamkorlik

📍 Fransiya: O‘zbekistondagi maktablar va bog‘chalarda fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Fransiyada bo'lib o'tgan Xalqaro Frankofoniya tashkilotining 19-sammitida ishtirok etdi.

Mazkur sammit doirasida vazir Hilola Umarova va Kokoro Lingua kompaniyasi asoschisi Natali Lasslet o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda tomonlar O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5-6 yoshli bolalar uchun innovatsion Kokoro lingua platformasi yordamida bolalarga fransuz tilini o‘rgatish masalalarini muhokama qilishdi.

❗️Muhokamalar yakunida kelgusi bir yil davomida 12 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bepul tarzda fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Ma’lumot uchun: Kokoro lingua - bolalar uchun til o‘rgatish bo‘yicha innovatsion xalqaro kompaniya hisoblanadi.


Uchrashuvlar davomida vazir Hilola Umarova France Education International tashkiloti Bosh direktori Olivye Brandui bilan ham uchrashdi.

Unda fransuz tomoni bilan O‘zbekistondagi fransuz tili o‘qituvchilarini malakasini oshirish va trener o'qituvchilarini tayyorlash, o‘qituvchilar almashuv dasturini joriy qilish hamda O‘zbekistonda fransuz tili testlarini (DELF junior, DALF) joriy qilish masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.

Ma'lumot uchun: France Education International 1945-yilda tashkil topgan bo'lib, tashkilotning asosiy faoliyat yo'nalishlaridan biri til bo'yicha sertifikatlash va testlar tuzishdan iborat.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

📍Ozarbayjon: ikki mamlakat ta’lim vazirlari hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda Ozarbayjon Respublikasi fan va ta’lim vaziri Emin Amrullayev o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirlar ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashning asosiy yo‘nalishlari, jumladan:

O‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha treninglar va qo‘shma loyihalar tashkil etish;
Ta’lim dasturlari va o‘quv materiallarini ishlab chiqish bo‘yicha tajriba almashish;
Xalqaro STEAM festivali doirasidagi hamkorlikni davom ettirish va O‘zbekistonda STEAM markazini tashkil etish;
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Ozarbayjon Davlat Pedagogika universitetida pedagogik kadrlar almashinuvi bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
O‘zbekiston Respublikasining gospital ta’limi bo‘yicha, xususan “Mehrli maktab” tajribasini o‘rganish;
Bilimlarni baholash tizimlari va raqamli ta’lim platformalari haqida ma’lumot almashish masalalari muhokama qilindi.

❗️Uchrashuv yakunida 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni mustahkamlovchi “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

📍 Ma’lumot o‘rnida: joriy yilning avgust oyida O‘zbekiston va Ozarbayjon ta’lim vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bayonnoma imzolangan.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#new_Uzbekistan_university
#xalqaro_hamkorlik

🤩 “YANGI OʻZBEKISTON” UNIVERSITETIGA GERMANIYA DELEGATSIYASI TASHRIF BUYURDI

Germaniyaning Bavariya federal oʻlkasi Davlat kanselyariyasi Xalqaro munosabatlar departamenti rahbari oʻrinbosari Kristof Shtyokle boshchiligidagi delegatsiya “Yangi O‘zbekiston” universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda delegatsiya a’zolari universitetning talabalarga zamonaviy bilim va koʻnikmalarni oʻrgatishga qaratilgan ta’lim dasturlari bilan tanishdi.

Shuningdek, talaba va professor-oʻqituvchilar almashinuvi, qoʻshma ilmiy tadqiqotlar hamda zamonaviy o‘quv dasturlarni ishlab chiqish borasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari koʻrib chiqildi.

Kristof Shtyokle universitetning zamonaviy imkoniyatlarini yuqori baholadi va hamkorlikning yangi bosqichlari ochilishi uchun mustahkam asos mavjudligini taʼkidladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#xalqaro_hamkorlik

KOREYA TA’LIM MARKAZI BILAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi direktori Lee Young Woong tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida tashkil etilgan uchrashuvda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi oʻrtasida barcha sohalar kabi taʼlim yoʻnalishida ham hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotganligini alohida ta’kidladi.

Joriy yilda Agentlik va Koreya ta’lim markazi hamkorligida "Incheon ta’lim festivali", "Tabiiy fanlar festivali", koreys tili bo‘yicha Respublika olimpiadalari kabi qator loyihalar amalga oshirildi.

Shuningdek, Agentlik tizimidagi maktablar oʻqituvchilari va oʻquvchilari Koreya Respublikasida tashkil etilgan ta’lim festivallari, malaka oshirish dasturlarida ishtirok etdi. Xususan, 19-xalqaro standartlar olimpiadasida oʻquvchilarimiz ilk bor qatnashib 3 ta oltin va 3 ta kumush medallarni qoʻlga kiritishdi.

Uchrashuvda Agentlik tizimidagi maktablar ta’lim jarayoniga STEM va koreys tili fanidan xalqaro toifadagi oʻqituvchilarni jalb qilish, xalqaro olimpiadalarga oʻquvchilarni tayyorlash, akademik tajriba va milliy-madaniy ma’lumotlar almashishni koʻzda tutuvchi seminar-treninglarni tizimli tashkil etish kabi masalalar yuzasidan fikr va takliflar almashildi.

Tashrif doirasida mehmonlar Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham boʻlib, bu yerda yaratilgan zamonaviy ta’lim sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
#xalqaro_hamkorlik

XITOY XALQARO MAKTABI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Xitoyda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan "Yinghua Academy Tianjin" xalqaro maktabi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida mamlakatlarimiz o‘rtasida ko‘plab sohalar qatori ta’lim yo‘nalishida ham o‘zaro hamkorlik aloqalari rivojlanayotgani alohida ta’kidlandi.

Muloqot doirasida Agentlik mas’ul xodimlari mehmonlarni tizimdagi maktablar, oliy ta’lim muassasalari, tuzilmalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirib, joriy yilda erishilgan natijalar, istiqboldagi rejalar borasida ma’lumot berdi.

O‘z navbatida "Yinghua Academy Tianjin" xalqaro maktabi vakili Yan Zhou ham o‘z ta’lim muassasasi haqida taqdimot o‘tkazdi.

Qayd etilganidek, mazkur Xalqaro maktab 2000-yilda tashkil etilgan bo‘lib, unda bir vaqtning o‘zida Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti va Xitoy milliy dasturlaridan foydalangan holda dars berib kelinmoqda. Ta’lim muassasasi xorijlik yoshlar uchun ham o‘quv dasturlari, kurslar taklif qiladi.

Uchrashuv davomida ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilar almashinuvi dasturi, o‘qituvchilar tajriba almashinuvi, xitoy tili mutaxassislarini jalb qilish borasida takliflar ilgari surildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
#Xalqaro_hamkorlik
#Cambridge_Assessment

Cambridge Assessment International Education tashkiloti maslahatchisi Stiv King Buxoro shahridagi Prezident maktabida boʻlib, taʼlim muassasasidagi oʻquv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif doirasida Stiv King ishtirokida Prezident maktabining bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun davra suhbati tashkil etildi.

Muloqotda mehmon oʻquvchilarimizning kelgusidagi rejalari, ilmiy izlanishlari, ilgʻor loyihalari bilan qiziqib, yoshlarimizning ilmiy, ijodiy salohiyatiga yuqori baho berdi.

Xalqaro ekspert oʻquvchilarimizga ta’lim sohasidagi yangi istiqbollar, zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, ilmiy izlanishlar va loyihalarni amalga oshirishda ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash imkoniyatlari haqida tavsiyalar berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍3
#xalqaro_hamkorlik
#Xitoy_safari

🤩 Agentlik delegatsiyasining Xitoyga safari davom etmoqda.

Avval, xabar berilganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati va masʼul xodimlaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida boʻlib turibdi.

Agentlik delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi huzuridagi Xitoy tilini o‘qitish markaziga tashrif buyurib, markaz rahbariyati bilan muzokara o‘tkazdi.

Tashrif avvalida Agentlik vakillari ushbu markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Uchrashuvning asosiy qismida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev O‘zbekiston ta’lim tizimi, xususan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari faoliyati, ularda oʻqitish jarayonlarini yangi sifat bosqichiga olib chiqish borasidagi islohotlar mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berdi.

Tomonlar hamkorlikda xitoy tilini xorijiy til sifatida oʻqitish bo‘yicha oʻquv dasturlari va darsliklarni moslashtirish, xitoylik mutaxassislarni Agentlik tizimidagi maktablar ta’lim jarayoniga jalb etish hamda xitoy tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar uchun HSK imtihonlarini aynan taʼlim maskanlarining oʻzida tashkil etish kabi masalalarni muhokama qildi. Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan takliflar almashildi.

Agentlik delegatsiyasi XXR Ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv dasturlari va darsliklar tadqiqoti institutiga ham tashrif buyurib, institut rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida Xitoy tilini xorijiy til sifatida o‘qitish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur va darsliklarni O‘zbekiston standartlari hamda milliy madaniyatidan kelib chiqqan holda moslashtirish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#xalqaro_hamkorlik
#Xitoy_safari

🤩 Agentlik delegatsiyasi XXRning Tyanjin shahridagi Nankai universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrifning dastlabki qismida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va Nankai universiteti vitse-prezidenti ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar ikki davlat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari jadal rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladilar.

Muzokaralar davomida Xitoy tili va madaniyati fakulteti bitiruvchilari hamda magistrlarini O‘zbekistonga xitoy tilini o‘qitish uchun jalb qilish, shuningdek, Nankai universiteti bilan Agentlik tizimidagi universitetlar o‘rtasida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun, 1919-yilda tashkil topgan mazkur universitetda bugungi kunda 11 nafar o‘zbekistonlik talaba ham borligi kishini quvontiradi. Agentlik direktori vatandosh talabalar bilan uchrashib, samimiy suhbatlashdi.

Tashrifning ikkinchi qismida delegatsiya universitetning Xitoy tili va madaniyati fakulteti rahbari bilan uchrashdi va davra suhbati o‘tkazilib, istiqboldagi hamkorlik rejalari muhokama qilindi.

Xitoyga safar doirasida delegatsiya Tyanjin shahrida o‘tkazilayotgan 85-xalqaro ta’lim jihozlari ko‘rgazmasida ham ishtirok etdi.

Mazkur ko‘rgazmada 300 dan ortiq tashkilot maktabgacha va maktab ta’limi uchun zamonaviy uskunalar, laboratoriya jihozlari, robototexnika hamda sun’iy intellekt integratsiya qilingan elektron dasturlarni namoyish etdi.

Shu tariqa delegatsiyaning Xitoyga tashrifi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#CIS

🤩 Xalqaro maktablar Kengashi (CIS) vakillari Buxoro shahridagi Prezident maktabi mutaxassislari bilan uchrashdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabi Xalqaro maktablar kengashi (CIS) ga aʼzolik uchun 1-, 2-bosqich tayyorgarliklardan muvaffaqiyatli oʻtgan boʻlib, jarayonning soʻnggi bosqichi (3-bosqich) boshlandi.

CIS vakillari Prezident maktabida bir haftalik tashrif bilan boʻlib, bu yerda oʻquvchilarga yaratilgan keng sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiq va shaffofligi, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlarni oʻrganadi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
7👍5🔥1
#xalqaro_hamkorlik
#Bukhara_PM
#CIS #1_kun

⚡️Xalqaro Maktablar Kengashi (CIS) vakillarining suhbat jarayonlarining birinchi kuni.

📌 Maktabimiz pedagog jamoasi va boshqaruv xodimlari Domenlar bo‘yicha guruhlarga bo'lingan holda tahlilning 1-kuni o'tkazildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
🔥4👍21
#xalqaro_hamkorlik
#Bukhara_PM
#CIS #2_kun

⚡️Xalqaro Maktablar Kengashi (CIS) vakillarining suhbat jarayonlarining ikkinchi kuni.

📌 Maktabimiz pedagog jamoasi va boshqaruv xodimlari Domenlar bo‘yicha guruhlarga bo'lingan bo'lib bugun 2-kuni o'tkazildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
🔥2
#xalqaro_hamkorlik
#Bukhara_PM
#CIS #3_kun

⚡️Xalqaro Maktablar Kengashi (CIS) vakillarining suhbat jarayonlarining uchunchi kuni o’quvchilarning “Young Climate Champions” loyihasi taqdimoti bilan boshlandi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
🔥3👍1
#xalqaro_hamkorlik
#Bukhara_PM
#CIS #3_kun

⚡️Xalqaro Maktablar Kengashi (CIS) vakillarining suhbat jarayonlarining uchunchi kuni.

📌 Maktabimiz pedagog jamoasi va boshqaruv xodimlari Domenlar bo‘yicha guruhlarga bo'lingan bo'lib bugun 3-kuni o'tkazildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
4👍1
#xalqaro_hamkorlik
#Bukhara_PM
#CIS #4_kun

⚡️Xalqaro Maktablar Kengashi (CIS) vakillarining suhbat jarayonlarining to’rtinchi kuni ertalabgi nutq jarayonida o’quvchilar milliy va xalqaro qo’shiqlar hamda raqslari bilan mehmonlarni qarshi oldilar.


Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
👏5🔥31
#xalqaro_hamkorlik
#Bukhara_PM
#CIS #5_kun

⚡️Xalqaro Maktablar Kengashi (CIS) vakillarining suhbat jarayonlarining oxirgi kuni.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
5
#xalqaro_hamkorlik
#trening
#boshqaruv_koʻnikmalari

⚡️XALQARO EKSPERTLAR ISHTIROKIDA TRENING BOSHLANDI

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga kiruvchi maktablar rahbar xodimlari uchun maxsus trening mashgʻulotlari boshlandi.

Mazkur trening Buyuk Britaniyaning AQA (Assessment and Qualifications Alliance) xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan boʻlib, tizimdagi maktablar rahbar xodimlarining boshqaruv salohiyatini yanada rivojlantirish, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish, shuningdek, zamonaviy ta’lim talablariga mos ravishda rahbarlik malakasini takomillashtirish maqsadlarini koʻzda tutadi.


📶 Trening mashg‘ulotlarini olib borishga AQA xalqaro taʼlim tashkiloti vakillari Samantha Twiselton va Ann Burgess taklif etilgan. Xalqaro ekspertlar ilg‘or xalqaro yondashuvlar hamda amaliy bilimlar orqali samarali rahbarlik, o‘zgarishlarni boshqarish, ta’lim muassasasining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, hamkorlikda ishlash va jamoani boshqarish borasida muhim ko‘nikmalar bilan oʻrtoqlashmoqda.

📆13-iyunga qadar davom etadigan trening mashgʻulotlari rahbar kadrlarning xalqaro tajribaga asoslangan bilimlarga ega bo‘lishi, ularning zamonaviy menejment yondashuvlarini chuqur anglab yetishi va amalda qo‘llay olishi uchun muhim zamin yaratadi.

🗣Mashg‘ulotlar interaktiv shaklda, amaliy topshiriqlar va guruh muhokamalari asosida olib borilib, ishtirokchilar yangi bilim va koʻnikmalar olish, tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

📍Tadbirga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi mezbonlik qilmoqda.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM