Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.54K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.92K links
Download Telegram
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Toshkent_Prezident_maktabi

⚡️21 TA XALQARO TANLOV VA OLIMPIADALAR G'OLIBASI ENDI ARIZONA UNIVERSITETI DASTURIDA O'QIYDI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabining 8-sinf o'quvchisi Adiba Tojimirzayeva AQSHdagi Arizona Universitetining "UArizona Academy" deb nomlangan iqtidorli o'quvchilar uchun o'quv dasturida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Adiba "UArizona Academy" darslarida onlayn ishtirok etadi.

📌Ma'lumot o'rnida, Adiba 21 ta xalqaro va 2 ta Respublika olimpiadalari g'olibasi hisoblanadi. Shuningdek, u IELTS xalqaro imtihonidan 8 ballni qo'lga kiritgan.
_____
✔️A 8th grade student of Presidential school in Tashkent Adiba Tojimirzaeva have earned a grant to the UArizona Academy program of University of Arizona for talented students.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xayriya_konserti
#Toshkent_Prezident_maktabi

🔴TOSHKENT SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI O'QUVCHILARI TOMONIDAN XAYRIYA KONSERTI TASHKIL ETILDI

Bugun, 3-mart kuni Toshkent shahridagi Prezident maktabining “Prezident maktabi yoshlari ijod namunalari” mavzusidagi ijodiy hisobot xayriya kechasi bo‘lib o‘tmoqda.

Dasturda maktabning isteʼdodli o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan yorqin chiqishlar bilan bir qatorda, turli xildagi ilmiy-ijodiy ishlari, raqs va qo‘shiqlar, sahna tomoshalari, musiqiy kompozitsiyalar faqat jonli ijroda namoyish etilgan.

✔️Konsert davomida turli qiziqarli sahna asarlari, sozanda o‘quvchilar ijrosida kuylar, ashulalar, qo‘shiqlar, turfa raqslar, Vatanni ulug‘lovchi sheʼrlar, shuningdek, kreativ yondashilgan ijodkorlik namunalari yig‘ilgan.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tashrif
#Toshkent_Prezident_maktabi

OZARBAYJON RESPUBLIKASI MILLIY MAJLISI RAISI TOSHKENT SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA

⚡️Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi raisi Sohiba Gafarova boshchiligidagi delegatsiya Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktabda bo'ldi. Delegatsiyani Agentlik rahbari Hilola Umarova kutib oldi.

Sohiba Gafarova yurtimizda ta'limga qaratilayotgan e'tiborni alohida e'tirof etdi:

- Men O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta'limga naqadar katta e'tibor qaratilyotganiga guvoh bo'lib turibman. Bu yerda o'qiyotgan o'quvchilarni tom ma'noda baxtli deyish mumkin. Bilimli yoshlar mamlakatning ertasi demakdir. Bu yerda tahsil olayotgan o'quvchilar kelajakda O'zbekiston taraqqiyotiga munosib xizmat qiladigan munosib kadrlar bo'lib yetishishiga ishonaman.

✔️Delegatsiya a'zolari uchun maktab bo'ylab ekskursiya tashkil etildi hamda o'quvchilar tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar bilan tanishtirildi.
#Mendeleyev_olimpiadasi
#Toshkent_Prezident_maktabi

🔴56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasining 2-turi bo’lib o’tayotgan vaqtda ishtirokchilarni kuzatib kelgan o‘qituvchilari uchun Toshkent shahridagi Prezident maktabida ekskursiya tashkil etildi.

Ekskursiya davomida ishtirokchilarni kuzatib kelgan o‘qituvchilar maktab faoliyati, o'quvchilar tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar hamda o'quv jarayonlari bilan tanishishdi.
______
Armen Galstyan, Armaniston terma jamoasi mentori:


Bu maktab hamda undagi o’quvchilar menda chuqur taassurot qoldirdi. Zamonaviy maktab binosi, yaratilgan sharoitlarni ham alohida e’tirof etishim kerak. Menga Toshkent shahri bo’ylab qilayotgan sayohatimiz juda yoqdi - O’zbekiston haqida ko’plab yangi ma’lumotlarga ega bo’ldik”.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tashrif
#Toshkent_Prezident_maktabi

Bugun Boshqirdiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari Azat Badranov Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo'ldi. Mehmonlarni Agentlik direktori Hilola Umarova kutib oldi.

Azat Badranov yurtimizda ta'limga qaratilayotgan e'tiborni hamda Prezident maktablari loyihasini alohida e'tirof etdi.

- "Prezident maktablari konsepsiyasi, ayniqsa ularning barcha viloyatlar markazida bir xil loyihada tashkil etilganligi, bu yerdagi muhit hamda yaratilgan sharoitlar tahsinga sazovor. Men yana Prezident maktablaridagi ta'lim dasturlari xorijiy yetakchi ta'lim dasturlar bilan integratsiyalashtirilganini e'tirof etmoqchiman. Bu o'quvchilarning xorijiy tajribani o'rganish bilan bir qatorda milliy qadriyatlar ruhida kamol topishida alohida ahamiyatga ega", dedi Azat Badranov.

✔️Mehmonlar uchun maktab bo'ylab ekskursiya tashkil etildi hamda o'quvchilar tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar bilan tanishtirildi.