Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.55K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.92K links
Download Telegram
#Ochiq_muloqot

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Toshkent shahridagi 350 nafar maktab direktorlari hamda o’qituvchilar bilan ochiq muloqot o’tkazdi.

- Oldimizda davlatimiz rahbari ishonib topshirgan ta’lim islohotlarini amalga oshirishdek mashaqqatli va sharafli vazifa turibdi. Bu vazifalarni amalga oshirishda barchamizdan fidoyilik, halollik talab etiladi, - dedi vazir.

✔️ Shuningdek,
muloqot davomida:

▶️ tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar,
▶️ pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish hamda
▶️ o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish borasidagi muhim vazifalar haqida so‘z bordi.

❗️Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga vazirdan javob ham olishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ochiq_muloqot

Pedagogika yo'nalishini bitirayotgan talabalar uchun maxsus platforma yaratildi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, talabalarning fikr-mulohazalariga quloq tutish maqsad qilingan.

❗️Hilola Umarova so‘zi avvalida ta'lim sifatini oshirish yo'lida qilinayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi va o‘qituvchilar bu jarayonlarning markazida ekanligini, pedagogika universitetining bitiruvchilari — bo‘lajak pedagoglarga katta ishonch bildirishini ta'kidladi.

Shundan so‘ng, universitet bitiruvchilari o‘z takliflari, murojaat va mulohazalari vazirga bildirishdi.

Xususan:

vazirlik tomonidan pedagoglar uchun tashkil etiladigan seminar-treninglarda universitet bitiruvchi talabalarining ham ishtirok etishi,

maktabgacha ta’limda maqsadli kvotalar ko‘lamini kengaytirish takliflari bildirildi.

Murojaat bilan chiqqan talabalarning masalalari joyida hal etildi.

❗️Bundan tashqari, faol talabalar vazirlikka amaliyotga taklif qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida vazirlikning “
Ish.uzedu.uz” platformasi taqdimoti bo’lib, unda tizimdagi bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar doimiy ravishda yangilanib borilishi ta’kidlandi.

Ochiq muloqot so’nggida vazir universitetning magistratura yo’nalishi 1-bosqich talabalari bilan ham uchrashib, ular bilan suhbatlashdi.

Unda Hilola Umarova doimiy izlanishda bo’lish, o’z ustida muntazam ishlab borish muvaffaqiyat kaliti ekanini bildirdi.


✔️Ma’lumot o‘rnida: joriy o‘quv yilida mazkur ta’lim muassasasini jami 5 ming nafardan ziyod talaba tamomlamoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM