Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.63K subscribers
16.3K photos
1.35K videos
52 files
4.47K links
Download Telegram
#Ayni_paytda
❇️BUXORODA VILOYAT DIREKTORLAR KENGASHI TOMONIDAN SEMINAR-TRENING BO‘LIB O‘TMOQDA

🔹Bugun, 30-mart kuni Buxoro shahridagi Prezident maktabida viloyat Direktorlar kengashi tomonidan "Ta’lim sifat-samaradorligini oshirish – bosh maqsadimiz” mavzusida seminar trening tashkil etildi.

🔹Tadbirda viloyatdagi umumta’lim maktablari direktorlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etmoqdalar.

🔹Seminar avvalida Kengash raisi, Prezident maktabi direktori Firdavs Navro‘zov, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Gʻayrat Muqumovlar so‘zga chiqib, mazkur tadbirning maqsadi va ahamiyati xususida so‘z yuritdilar.

👉Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
👍3
#Ayni_paytda
#Attestatsiya_2024

✳️Buxoroda umumiy o’rta, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlariga start berildi.


🔹Dastlabki kungi test sinovlarida 400 nafar informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari ishtirok etishmoqda.

Hurmatli pedagoglar!

❗️Sizlardan jarayonlarning adolatli va shaffof o‘tkazilishida faol bo‘lish hamda attestatsiya davomida faqat o‘z bilimingiz va malakangizga suyanishingizni so‘rab qolamiz.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
👍31
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
#Ayni_paytda
#jarayon

Buxoroda “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘qituvchilarning ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning pedagogik faoliyatini ommalashtirish maqsadida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovi e’lon qilingan edi.

🔹Ayni paytda mazkur tanlovning viloyat bosqichi g‘oliblarini saralash jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Tajribali hakamlar tomonidan tanlovga maxsus bot orqali yuborilgan 180 ga yaqin taqdimotlar ko‘rib chiqilmoqda.

🔹Natijalarni quyidagi bot orqali bilib olishingiz mumkin👇
https://t.iss.one/Tanlovnatija_bot

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
1👍1
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
#Ayni_paytda
#teatr_ibratxonadir

❇️Buxoroda "Teatr – ibratxonadir" shiori ostida o‘tkazilayotgan tanlovning viloyat bosqichi boshlandi

🔹 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida "Teatr – ibratxonadir" shiori ostida o‘tkazilayotgan tanlovning viloyat bosqichiga start berildi.

🔹Viloyat musiqali dramma teatrida bo‘lib o‘tayotgan ushbu tanlovda Buxoro shahridagi Prezident maktabi hamda ixtisoslashgan maktablar jamoalari o‘z chiqishlarini namoyish etishadi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
3👍3🔥2
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
#Ayni_paytda
#Jarayon
#ikkinchi_kun
❇️BUXORODA “IXTIROCHILIKKA QADAM” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI QIZG’IN DAVOM ETMOQDA

🔹Iqtidorli o‘quvchilarni kashf etish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Ixtirochilikka qadam” respublika tanlovining viloyat bosqichi davom etmoqda.


🔹Buxoro shahridagi 1-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tayotgan ushbu tanlovda tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘z loyihalari bilan ishtirok etishmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍21
#Ayni_paytda

Buxoro shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo’lib o’tmoqda


Ma'lumot o‘rnida, kkinchi bosqich imtihoni test shaklida bo‘lib, jami 130 daqiqa vaqt ajratiladi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
🔥4👏3