Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.51K subscribers
13.8K photos
1.21K videos
52 files
3.99K links
Download Telegram
STEM+ COMPETITION

📌 Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari o‘rtasida STEM fanlariga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, o‘quvchilar o‘rtasida tanqidiy fikrlash, ularda jamoaviy ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish, o‘quvchilarning yangi loyiha ishlanmalarini hayotga tatbiq etishga ko‘maklashish maqsadida "STEM +" musobaqasi tashkil etildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
#jarayon

Buxoro shahridagi Prezident maktabida 2024-2025-o'quv yili I semestr yakuni yuzasidan imtihon jarayonlari boshlandi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
📌Bugungi kunda inson erkinliklari kafolatining buyuk xaritasi bo'lmish "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin qo'shilgan birinchi xalqaro-huquqiy hujjatlardan biri bo'lib, ushbu hujjat qabul qilinganligining 76yilligi munosabati bilan bugun Buxoro shahridagi Prezident maktabida IIB Buxoro akademik litseyi harbiy ta'lim o'qituvchisi, nafaqadagi ichki ishlar kapitani Shamsiyev Zafar Abdullayevich hamda huquq fani o'qituvchisi Baxronov Bexruz Bo'riyevich bilan uchrashuv tashkillashtirildi.
Uchrashuv qizg'in tarzda savol-javoblarga boy bo'lib, o'quvchilar xotirasida unutilmas bo'lib muhrlandi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
#xalqaro_hamkorlik

XITOY XALQARO MAKTABI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Xitoyda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan "Yinghua Academy Tianjin" xalqaro maktabi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida mamlakatlarimiz o‘rtasida ko‘plab sohalar qatori ta’lim yo‘nalishida ham o‘zaro hamkorlik aloqalari rivojlanayotgani alohida ta’kidlandi.

Muloqot doirasida Agentlik mas’ul xodimlari mehmonlarni tizimdagi maktablar, oliy ta’lim muassasalari, tuzilmalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirib, joriy yilda erishilgan natijalar, istiqboldagi rejalar borasida ma’lumot berdi.

O‘z navbatida "Yinghua Academy Tianjin" xalqaro maktabi vakili Yan Zhou ham o‘z ta’lim muassasasi haqida taqdimot o‘tkazdi.

Qayd etilganidek, mazkur Xalqaro maktab 2000-yilda tashkil etilgan bo‘lib, unda bir vaqtning o‘zida Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti va Xitoy milliy dasturlaridan foydalangan holda dars berib kelinmoqda. Ta’lim muassasasi xorijlik yoshlar uchun ham o‘quv dasturlari, kurslar taklif qiladi.

Uchrashuv davomida ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilar almashinuvi dasturi, o‘qituvchilar tajriba almashinuvi, xitoy tili mutaxassislarini jalb qilish borasida takliflar ilgari surildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Bu bizning, jamiyatimizning juda katta yutugʻi” – Prezident

Davlatimiz rahbari nogironligi bor bolalar tengdoshlari qatori oddiy maktablarda oʻqishi naqadar muhim ekani haqida gapirdi.

@hilola_umarova
Forwarded from Hilola Umarova
Kambagʻal oila farzandlarining bogʻcha toʻlovi qisman qoplab beriladi

Toyloq va Kosonsoyda “Ilk rivojlanish markazlari” ochilib, kambagʻal oiladagi va nogironligi boʻlgan 4 ming 200 nafar bolaga bogʻcha taʼlimi berildi. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilayotgan videoselektor yigʻilishida ma'lum qilindi.

Viloyat hokimlariga oʻzidagi har bir tumanda bittadan shunday tajribani tashkil qilish topshirildi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.Umarovaga 2025-yilda kambagʻallik yuqori 1 mingta mahallada bittadan oilaviy bogʻcha faoliyatini yoʻlga qoʻyish topshirildi.

Yangi yildan oilaviy bogʻcha oʻrinlarini 15 foiziga kambagʻal oila farzandlari qabul qilinadi va bogʻcha toʻlovi qisman qoplab beriladi.

Bogʻcha va maktab yoshidagi nogironligi bor bolalarning taʼlim bilan qamrovi Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatida eng pastligi koʻrsatib oʻtildi.

Respublika boʻyicha bunday bolalarni 16,5 mingi maktabga, 17,5 mingi bogʻchaga bormaydi, yana 11 ming bola maxsus maktab-internatlarda ota-onasidan uzoqda oʻqiyapti.

Shuning uchun Ijtimoiy himoya agentligi, MMTV, viloyat hokimlariga 1-fevralgacha har bir tumanda bittadan bogʻchada inklyuziv taʼlim guruhini ochish topshirildi. 1-sentyabrgacha 954 ta maktabda inklyuziv sinf tashkil qilinib, yana 1 ming 800 nafar nogironligi bor bola taʼlim olishi uchun sharoit yaratiladi.

Ijtimoiy himoya agentligiga harakati cheklangan bolalarga maktabga kelib-ketish xarajatini 75 foizini qoplash tizimini joriy qilish topshirildi.

Shuningdek, mental va jismoniy nuqsoni bor bolalarni oʻqitadigan 90 ta maxsus maktabni koʻp funksiyali maktabga aylantirish kerakligi taʼkidlandi. Bu orqali nogironligi bor 2 ming bola ota-onasi bilan yashab, yaqin hududdagi maktabda oʻqish imkoniga ega boʻladi.

Yangi oʻquv yilidan Toshkent shahrida bitta shunday maktab faoliyati yoʻlga qoʻyilib, namuna qilinadi.

@hilola_umarova