Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.63K subscribers
16.1K photos
1.34K videos
52 files
4.45K links
Download Telegram
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Toshkent_Prezident_maktabi

⚡️21 TA XALQARO TANLOV VA OLIMPIADALAR G'OLIBASI ENDI ARIZONA UNIVERSITETI DASTURIDA O'QIYDI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabining 8-sinf o'quvchisi Adiba Tojimirzayeva AQSHdagi Arizona Universitetining "UArizona Academy" deb nomlangan iqtidorli o'quvchilar uchun o'quv dasturida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Adiba "UArizona Academy" darslarida onlayn ishtirok etadi.

📌Ma'lumot o'rnida, Adiba 21 ta xalqaro va 2 ta Respublika olimpiadalari g'olibasi hisoblanadi. Shuningdek, u IELTS xalqaro imtihonidan 8 ballni qo'lga kiritgan.
_____
✔️A 8th grade student of Presidential school in Tashkent Adiba Tojimirzaeva have earned a grant to the UArizona Academy program of University of Arizona for talented students.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xayriya_konserti
#Toshkent_Prezident_maktabi

🔴TOSHKENT SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI O'QUVCHILARI TOMONIDAN XAYRIYA KONSERTI TASHKIL ETILDI

Bugun, 3-mart kuni Toshkent shahridagi Prezident maktabining “Prezident maktabi yoshlari ijod namunalari” mavzusidagi ijodiy hisobot xayriya kechasi bo‘lib o‘tmoqda.

Dasturda maktabning isteʼdodli o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan yorqin chiqishlar bilan bir qatorda, turli xildagi ilmiy-ijodiy ishlari, raqs va qo‘shiqlar, sahna tomoshalari, musiqiy kompozitsiyalar faqat jonli ijroda namoyish etilgan.

✔️Konsert davomida turli qiziqarli sahna asarlari, sozanda o‘quvchilar ijrosida kuylar, ashulalar, qo‘shiqlar, turfa raqslar, Vatanni ulug‘lovchi sheʼrlar, shuningdek, kreativ yondashilgan ijodkorlik namunalari yig‘ilgan.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube