Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.51K subscribers
13.6K photos
1.19K videos
49 files
3.96K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2024

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul jarayonlari iyun oyidan boshlanadi, imtihonlar esa iyul oyida o‘tkaziladi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi.

Prezident maktablariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga bir xil 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi.

❗️Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari tomonidan quyidagi hujjatlar onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti ariza.piima.uz orqali qabul qilinadi:

➡️o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

➡️imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;

➡️o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari.

✍️ Hujjat topshirish jarayonida o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi.

📝 O‘quvchilar Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi.

📌 Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Bunda kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi.

✍️ Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#STEM_olimpiadasi
#Buxoro
#1_kun

STEM OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI

Ayni damda Buxoro shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning o'quvchilari o'rtasida STEM (matematika, fizika, kimуо, biologiya, science hamda informatika vа axborot texnologiyalari) fanlari bo'yicha olimpiadaning agentlik bosqichi bo'lib o'tdi.

📌Ushbu olimpiadadan videolavha.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktabi
#ochiq_eshiklar_kuni

📣 Agentligimiz tizimidagi Buxoro shahridagi Prezident maktabi sizlarni "Ochiq eshiklar kuni"ga taklif etadi.

Ochiq eshiklar kunida:
Maktab haqida taqdimot;
Qabul jarayonlari haqida savol – javob;
Maktab binosi bo'ylab sayohat kutmoqda.


📆 16-MAY
13:00
📍 Buxoro shahridagi Prezident maktabi

Ro'yxatdan o'tish uchun:
@nigina_bobonazarovna

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
#xalqaro_hamkorlik

"BARCHA BOLALAR MUVAFFAQIYATLI" LOYIHASI DOIRASIDA NAVBATDAGI UCHRASHUV


AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonda besh yilga mo‘ljallangan “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasini ishga tushirgan. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida mazkur loyiha doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
.

Unda USAID vakillari, Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligining tegishli boshqarmalari mutaxassislari, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi ishchi guruhi ishtirok etdi.

Muloqotda mazkur loyiha doirasida ishlab chiqilgan yoʻl xaritasi muhokama qilinib, yangi takliflarni qoʻshish, ta’lim natijalarini baholash tizimini takomillashtirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Qayd etilganidek, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun inklyuziv baholash materiallari va barcha sinflar uchun baholash instrumentlari ishlab chiqilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi inklyuziv taʼlim bilan bog‘liq uchta muhim yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlaydi: inklyuziv taʼlim uchun qulay o‘quv-metodik materiallar, o‘qituvchilar uchun amaliyot va maktab muhitini yaratish, shu bilan birga  asosiy manfaatdor tomonlar, yaʼni o‘qituvchilar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan birgalikda ishlab chiqilgan barqaror siyosatni rivojlantirish. 

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#STEM_olimpiadasi
#Buxoro
#2_kun

⚡️Buxoro shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quvchilari o‘rtasida STEM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, science hamda informatika va axborot texnologiyalari) fanlari bo‘yicha olimpiadaning test va laboratoriya mashg’uloti bo’lib o’tdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
“Eko-ta’lim oromgoh” loyihasi

Yoshlar ishlari agentligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi, maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va tegishli idoralar bilan hamkorlikda respublikamiz bo’ylab umumta’lim maktab o’quvchilari ishtirokida “Eko-ta’lim oromgoh” loyihasiga Buxoroda ham start berildi.

Loyiha doirasida iqlim o’zgarishi, ichimlik suvini tejash va boshqa ekologik mavzular bo'yicha Buxoro viloyatida seminar-trening o’tkazildi.shbu tadbirlar davomida global ekologik muammolar O‘zbekistonga qanday ta’sir qilayotganini tushunib yetasiz, iqlim o‘zgarishi muammosi va unga moslashish naqadar muhimligini anglaysiz, "virtual suv" nimaligi va chiqindilar muammosiga maqbul yechimlar mavzularida taqdimot bo'lib o'tdi.

📌Ushbu loyihada Buxoro Prezident maktabi ustozlari va o’quvchilari ham faol ishtirok etishdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram