Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.62K subscribers
16.3K photos
1.35K videos
52 files
4.47K links
Download Telegram
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Buxoro shahridagi Prezident maktabida "Xalqaro ekologik bilimlar kuni" nishonlandi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi o’quvchisi Muhammadali Asqaraliyev "Camp Rising Sun" (AQSh) dasturi
gʻolibi bo’ldi.

Andijon shahridagi Prezident maktabida sport o‘yinlariga
start berildi.

Guliston shahridagi
Prezident maktabi, Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, Farg’ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilari milliy va xorijiy taʼlim grantlariga sazovor boʻldi.

Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida shaxmat bo‘yicha musobaqa
tashkil etildi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi Marjona Ozodbekova milliy raqs ijrochilari ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida
gʻolib boʻldi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Abdulla Ahmad bilan mahorat darsi
oʻtkazildi.

Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Goethe-Zertifikat” imtihoni
tashkil etildi.

Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Vashington fan va texnologiya universiteti (AQSh) vakillari bilan uchrashuv
oʻtkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda IB koordinatorlari ishtirokida trening
tashkil etildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Koinot va ilm" interaktiv tadbiri
bo‘lib o‘tdi.

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari Milliy gvardiya Xorazm viloyat boʻlimi Chavandozlar maktabi faoliyati bilan
tanishdi.

Muborak, Uzun, Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari fanlar boʻyicha milliy sertifikatga ega boʻldi.

Jarqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida fizika fanidan bilimlar bellashuvi
oʻtkazildi.

Taxtakoʻpir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida favqulodda vaziyatlar boʻyicha oʻquv-amaliy mashgʻulotlar
oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1💯1
#xalqaro_hamkorlik

Buyuk Britaniya olimlari hamda Buxoro davlat pedagogika instituti rahbariyati Buxoro shahridagi Prezident maktabida boʻlishdi

📌“Sussex” universiteti professorlari Simon Thompson va Marcelo Starikoff Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov bilan birgalikda Buxoro shahridagi Prezident maktabida boʻlishdi. Maktab oʻquvchilari bilan oʻtgan samimiy uchrashuvda “Sussex” universiteti haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
👍2
#xalqaro_hamkorlik

📌Prezident maktabida oʻquvchilarning bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar olimlarda iliq taassurot qoldirdi.
👍6👏2😍1💯1
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalarimiz Germaniyaning eng yirik kompaniyalarida amaliyot o‘tashadi

💫 Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga binoan 2021-yil Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan edik.

🌐 Shunda “Yangi O‘zbekiston” universiteti Germaniya bilan nafaqat ta’lim, balki ishlab chiqarish, ilm-fan va madaniy sohalarda ham aloqalarni kuchaytiruvchi maskan bo‘lishi maqsad qilingan edi.

Oradan 3 yil o‘tib, maqsadlarimiz o‘z mevasini berayotganidan xursandman.

Xususan, Myunxen texnika universitetida Germaniyaning nufuzli universitetlari hamda nemis va o‘zbek sanoat korxonalarini birlashtiruvchi xalqaro simpozium o‘tkazildi.

Bunda, “Yangi O‘zbekiston” universiteti Germaniya universitetlari tomonidan tan olinib, mazkur tadbir doirasida Germaniyaning 5 ta ilg‘or universiteti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvlar imzolandi.

Shuningdek, mahalliy sanoat vakillarimiz nemis hamkasblari bilan birgalikda ta’lim borasida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olishdi.

Eng quvonarlisi, bu ishlarimiz yoshlarimizning “BMW“, ”Siemens”, “Deloitte”, “Linde”, “Airbus” kabi dunyoning eng rivojlangan sanoat korxonalarida amaliyot o‘tash, mahalliy sanoat korxonalarimiz esa sohadagi ilmiy yondashuvni talab etadigan masalalarni ilg‘or tajriba asosida hal etish imkonini yaratadi.

Bundan tashqari, Germaniyadagi eng yirik madaniy muassasalar va Bavariya parlamenti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Ular bilan kelishib olingan hamkorlik yo‘nalishlari har tomonlama rivojlanishimizga yo‘l ochadi.

🎗 Ishonchim komil, bu ishlar o‘zining bundanda katta natijasini beradi.

#Germaniya #simpozium #tashrif
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM