Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.55K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.91K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#16_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Somoniylar" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda ilk o‘rta asrlarda Somoniylar ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti aks ettiriladi.

Davomi bor...
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu yilgi “Raqamli avlod qizlari” IT-tadbirida 3000 dan ortiq qizlar qatnashib, o'z ishlarini taqdim etmoqda.

Ushbu IT-loyiha qizlarning professional intilishlarini to'g'ri yo'naltirishga, ularga nafaqat foydalanuvchi, balki raqamli yechimlar muallifi sifatida o'zlarini namoyon qilishga yordam beradi.

-

В этом году в IT-мероприятии «Девочки цифрового поколения» принимают участие более 3000 девушек, где они представили презентации своих работ.
 
Этот IT-проект помогает изменить профессиональные устремления девочек, стать не только пользователями, но и авторами цифровых решений.
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezident maktabi | Buxoro shahri
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi. #Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ta’lim tizimi islohotlari eng birinchi vazifa etib belgilangan. Shunga muvofiq, bu soha ham umumiy, ham ixtisoslashtirilgan tarzda rivojlantirilmoqda. Jumladan, yurtimizda 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi va 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat yuritmoqda.

O‘tgan yillardagi tajriba va hayot talabidan kelib chiqib, ulardagi yo‘nalishlarni takomillashtirish nazarda tutilmoqda. 

Xususan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlikda, tajriba tariqasida, muhandislik dasturlarini joriy qilish taklif etilmoqda. Bu dastur “Yangi O‘zbekiston” universiteti dasturi bilan integratsiya qilinadi.

Yuqori malakali pedagoglar imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzurida jamoatchilik asosida “Fan kengashlari” tuziladi. Bu kengashlar ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, baholash tizimini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga jalb qilinadi.

Kelgusi o‘quv yilidan 14 ta maktabda fanlarni ingliz tilida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, 2025-2026-yillarda 8 ta yangi ixtisoslashgan maktab qurish rejalari ham bayon etildi.

Ijod maktablari bo‘yicha ham takliflar bor. Jumladan, ularda taniqli adiblar va jamoat arboblari ishtirokida mahorat darslari tashkil etiladi. O‘quvchilarning ijodiy ishlarini Yozuvchilar uyushmasi hisobidan nashr etish yo‘lga qo‘yiladi. Turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish orqali iqtidorli yoshlar qo‘llab-quvvatlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda

25-27-mart kunlari poytaxtimizda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida ilk bor oʻtkazilgan Teatr festivali ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi:


✔️https://uza.uz/posts/582415

✔️https://t.iss.one/Rasmiy_xabarlar_Official/42925

✔️https://t.iss.one/Bukunuz_Rasmiy/756

✔️https://t.iss.one/daryo_live/99673

✔️https://t.iss.one/mtrkuzofficial/198618

✔️https://t.iss.one/mtrkuzofficial/198603

✔️https://t.iss.one/Yangidavr_rasmiy/17754

✔️https://t.iss.one/Yangidavr_rasmiy/17747

✔️https://t.iss.one/mtrkuzofficial/198925

✔️https://t.iss.one/PSinKhiva/7679

✔️https://t.iss.one/hududtv/26511

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

O‘zbekistonlik yoshlar Turkmanistonda tashkil qilingan xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etmoqda.


Joriy yilning 25-30-mart kunlari Turkmaniston Respublikasi Arkadag' shahrida buyuk shoir Maxtumquli Farog'iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlab xalqaro matematika olimpiadasi o‘tkazilmoqda.

Ushbu olimpiadada Ozarbayjon, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Qatar, Rossiya, Eron kabi davlatlar qatori O‘zbekiston yoshlari jumladan Buxoro shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari ham munosib ishtirok etishmoqda.

👉Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Buxoro_Prezident_maktabi

Ayni damda Buxoro shahridagi Prezident maktabi 9-10 sinf qizlari hamda 2-son Buxoro shahar Ixtisoslashtirilgan maktabning qizlari “Raqamli avlod qizlari” respublika loyihasining yopilish marosimida online ishtirok etmoqdalar.

👉Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
Ayollar ligasining 5-turi bo‘lib o‘tadi!

6-aprel, shanba kuni soat 13:00 da Ayollar ligasining 5-tur o‘yini o‘tkaziladi.

Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

Ayollar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘shimcha ma'lumot uchun "Zakovat intellektual klubi" NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
“Raqamli avlod qizlari — 2024” respublika ko‘rik-tanlovining finali qizlarimiz raqamlar olamida ham naqadar kuchli ekanligini yana bir karra isbotladi.

Barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildiraman. Ularning qat’iyati, professionallikka intilishi gender stereotiplarini yo‘qqa chiqaradi.

-

Финал республиканского конкурса «Девочки цифрового поколения — 2024» ещё раз доказал, как изящно справляются девушки с миром цифр.

Я благодарю всех участниц. Их уверенность и стремление стать профессионалами разрушает гендерные стереотипы.