Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.62K subscribers
16.3K photos
1.35K videos
52 files
4.47K links
Download Telegram
⚠️ Gadjetlarga qaramlik: falokatli oqibatlar oldini olaylik!

Gadjetlarga qaramlik – axborot texnologiyalari soniya sayin rivojlanib borayotgan davrda yangi tushuncha emas.

Avvalo, bu qaramlikning simptomlarini sizda bor-yo‘qligini aniqlaymiz.

Keyin esa uning ortga qaytarib bo‘lmas "izlari" hamda qaramlikdan xalos bo‘lish yo‘llari va kutilajak natijalar bilan tanishamiz.

➡️ Batafsil infografikada.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xabaringiz bor, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning oʻqituvchilari oʻrtasida Matematika va Kimyo fanlari boʻyicha “LIDER OʻQITUVCHILAR” olimpiadasining Agentlik bosqichi boʻlib oʻtdi.

⚡️Unda Buxoro shahridagi Prezident maktabining Matematika fani ustozi Abbos Muhammedov Matematika fani boʻyicha ishtirok etib 1- o’rinni egalladi hamda yuqori natija toʻplagan 10 nafar ishtirokchilar qatorida Respublika Matematika fani oʻqituvchilari Kengashi aʼzosiga aylandi.

💫Abbos Muhammedovning kelgusida faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
👍9🔥51😍1
#onlayn_vebinar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan onlayn vebinar tashkil etildi

Unda Agentlik tizimidagi 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda hududiy boshqarmalar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Onlayn vebinar bevosita ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish, reytingi va akademik o‘zlashtirishi tizimli pasayib ketgan o‘quvchilar bilan individual ish olib borish, o‘quvchini maktabdan chetlatish tartibi va unga doir hujjatlarni rasmiylashtirish hamda bob va chorak bo‘yicha summativ baholash tahlillari natijalari asosida o‘quvchilarning ta’lim olishdagi ehtiyojlarini belgilab olishga qaratildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍3
#xalqaro_hamkorlik

IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI HAMDA COGNIA XALQARO TAʼLIM TASHKILOTI OʻRTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Cognia xalqaro ta’lim tashkiloti hozirda 80 ga yaqin mamlakatda 25 milliondan oshiq o‘quvchi va 1 milliondan ortiq o‘qituvchilarni qamrab olgan bo‘lib, 36 000 dan ortiq ta’lim muassasalariga xizmat ko‘rsatadi.

Xususan, ushbu tashkilot maktablarni akkreditatsiyadan o‘tkazish, sertifikatlashtirish, baholash, tadqiqotlar olib borish, taʼlim sifatini oshirish, sifatli ta’lim resurslari bilan ta’minlash, o‘qituvchilar uchun onlayn platforma hamda offlayn tarzda kasbiy mahoratlari va malakalarini oshirish bo‘yicha yuqori sifatli professional xizmatlar taqdim etib kelmoqda.

Mazkur Xalqaro taʼlim tashkiloti bilan Agentlik o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyatini o‘rganish va takomillashtirishda, maktablarda ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqishda hamkorlik yo‘lga qoʻyiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵Axborot va kaloriya: bog‘liqliklar hamda o‘xshashliklar

🔵Kontentlar sifati va darajasi – auditoriya tanlovi

🔵Inson va gadjetlar munosabati, onlayn muloqotning salbiy jihatlari, virtual qaramlik belgilari
〰️〰️〰️〰️〰️

⚡️ Bu fakt:

10 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 41%i doimiy onlayn rejimda;

14 yosh oralig‘idagi bolalarning 85%i gadjetlarsiz kun o‘tkazmaydi;

Inson kuniga 70 marta, ya’ni har 15 daqiqada telefonini tekshiradi;

Gadjetlarga qaram bo‘lgan odamlarning miyasidagi biokimyoviy o‘zgarishlar giyohvandlik davridagi o‘zgarishlar bilan bir xil.
〰️〰️〰️〰️〰️

🎥 Videorolik orqali global ma’lumotlarga ega bo‘ling!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#onlayn_vebinar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tizimdagi Ijod maktablarning pedagog xodimlari uchun onlayn vebinar o‘tkaziladi.

Mazkur vebinar pedagog xodimlarga ta’limda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, o‘quvchi psixologiyasi va darsda ijobiy muhit yaratish, ularning pedagogik mahoratini oshirish hamda loyihaga asoslangan ta’limni tashkil etish bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish va kasbiy rivojlanishga qaratildi.

Ma’lumot uchun, onlayn vebinar joriy yilning 8-9-10-yanvar kunlari bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍3
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#prezident_maktabi

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Buxoro shahridagi Prezident maktabi 6,7- sinf o‘quvchilari xorijiy til bilish darajasini baholash imtihonlaridan yuqori B2 natijalarni qo‘lga kiritdi.

❗️Jumladan
:
1.Jo'raqulova Mohlaroyim
2.G'aniyev Azamatbek
3.Ramazonova Ruxsorabonu
4.Siddiqov Feruz
5.Obidova Zaynura
6.Luqmonova Feruza
7.Baxronov Asadbek
8.Bobomurodov Bahodir
9.Tojiyeva Nilufar.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
👍12🔥31😍1
#yoshlar_turizmi_haftaligi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari qishki taʼtilni maroqli oʻtkazishdi.

Oʻquvchilar "Yoshlar turizmi haftaligi" doirasida respublikamizning diqqatga sazovor joylari, madaniy meros obyektlari, muzeylar, teatr va kinoteatrlarga ustozlari bilan birga sayohat qilishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2