Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.54K subscribers
13.5K photos
1.18K videos
47 files
3.92K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#taqdirlash
#Lider_oʻqituvchilar

Matematika va kimyo fanlaridan “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.

🧮 Matematika fanidan olimpiada natijalari:

🥇Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Abbos Muhammedov 1-orin;
🥈Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Komil Sodiqov 2-o‘rin;
🥉Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Musoxon Tursunov 3-orinni egalladi.

🔬 Kimyo fanidan olimpiada natijalari:

🥇Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Dilshod Norqulov 1-o‘rin;
🥈Marhamat tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Omadillo Zokirov 2-o‘rin;
🥉Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Doniyor Tohirov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

⚡️Shuningdek, har bir fan bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni egallagan 10 nafardan o‘qituvchi ushbu fanlarning Fan kengashi a’zoligi sertifikatiga ham ega bo‘lishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonlik o’quvchilar
20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida ishtirok etish uchun Qozog’istonga jo'nab ketdi.


Shu yilning 7-13-yanvar kunlari Qozog’istonning Olmaota shahrida 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiada matematika, fizika va informatika fanlari bo’yicha tashkil qilinib, unda dunyoning 20 ga yaqin mamlakatlarining iqtidorli yoshlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Mazkur xalqaro olimpiadaga xalqaro olimpiadalarga saralashning birinchi bosqich natijalariga ko’ra terma jamoa shakllantirilgan. Bundan oldingi Xalqaro Jautikov olimpiadasida o‘zbekistonlik o'quvchilar 5 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qo’lga kiritgan edi.

Bu yilgi olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | "Robo-Coding" va “Lider o‘qituvchilar” olimpiadalari g‘oliblari taqdirlandi
#6jan #uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Sayohat_

🔷 "JASORAT-VATANPARVARLIK" MUZEYIGA SAYOHAT

Buxoro shahridagi Prezident maktabi o'quvchi-yoshlari hamda Buxoro viloyati Milliy Gvardiya Qo’riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Buxoro viloyat ichki ishlar akademik litseyida joylashgan Jasorat vatanparvarlik muzeyiga sayohat uyushtirildi.
Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
⚠️ Gadjetlarga qaramlik: falokatli oqibatlar oldini olaylik!

Gadjetlarga qaramlik – axborot texnologiyalari soniya sayin rivojlanib borayotgan davrda yangi tushuncha emas.

Avvalo, bu qaramlikning simptomlarini sizda bor-yo‘qligini aniqlaymiz.

Keyin esa uning ortga qaytarib bo‘lmas "izlari" hamda qaramlikdan xalos bo‘lish yo‘llari va kutilajak natijalar bilan tanishamiz.

➡️ Batafsil infografikada.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xabaringiz bor, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning oʻqituvchilari oʻrtasida Matematika va Kimyo fanlari boʻyicha “LIDER OʻQITUVCHILAR” olimpiadasining Agentlik bosqichi boʻlib oʻtdi.

⚡️Unda Buxoro shahridagi Prezident maktabining Matematika fani ustozi Abbos Muhammedov Matematika fani boʻyicha ishtirok etib 1- o’rinni egalladi hamda yuqori natija toʻplagan 10 nafar ishtirokchilar qatorida Respublika Matematika fani oʻqituvchilari Kengashi aʼzosiga aylandi.

💫Abbos Muhammedovning kelgusida faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#onlayn_vebinar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan onlayn vebinar tashkil etildi

Unda Agentlik tizimidagi 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda hududiy boshqarmalar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Onlayn vebinar bevosita ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish, reytingi va akademik o‘zlashtirishi tizimli pasayib ketgan o‘quvchilar bilan individual ish olib borish, o‘quvchini maktabdan chetlatish tartibi va unga doir hujjatlarni rasmiylashtirish hamda bob va chorak bo‘yicha summativ baholash tahlillari natijalari asosida o‘quvchilarning ta’lim olishdagi ehtiyojlarini belgilab olishga qaratildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI HAMDA COGNIA XALQARO TAʼLIM TASHKILOTI OʻRTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Cognia xalqaro ta’lim tashkiloti hozirda 80 ga yaqin mamlakatda 25 milliondan oshiq o‘quvchi va 1 milliondan ortiq o‘qituvchilarni qamrab olgan bo‘lib, 36 000 dan ortiq ta’lim muassasalariga xizmat ko‘rsatadi.

Xususan, ushbu tashkilot maktablarni akkreditatsiyadan o‘tkazish, sertifikatlashtirish, baholash, tadqiqotlar olib borish, taʼlim sifatini oshirish, sifatli ta’lim resurslari bilan ta’minlash, o‘qituvchilar uchun onlayn platforma hamda offlayn tarzda kasbiy mahoratlari va malakalarini oshirish bo‘yicha yuqori sifatli professional xizmatlar taqdim etib kelmoqda.

Mazkur Xalqaro taʼlim tashkiloti bilan Agentlik o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyatini o‘rganish va takomillashtirishda, maktablarda ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqishda hamkorlik yo‘lga qoʻyiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube