Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.54K subscribers
13.5K photos
1.18K videos
47 files
3.92K links
Download Telegram
#Билимимизни_бўлишамиз
#Онлайн_дарс
#Matematika

Farzandingizni Prezident maktablarining kirish imtihonlariga tayyorlamoqchimisiz?

⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan MATEMATIKA fanidan onlayn darslar yo'lga qo'yildi.

👉 Mazkur darslar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://t.iss.one/piimauz/7988

️5-SINFLAR UCHUN MATEMATIKA DARSI

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari_metodikasini_õrganamiz
#Buxoro_viloyati
#Seminar_trening
#2_kun


🔴 Buxoro shahridagi Prezident maktabida matematika va ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun seminar-treninglarning 2-kuni bo‘lib o‘tmoqda.

📌Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglariga start berildi va amaliy mashg'ulotlarga kirishildi.

#Matematika #Ingliz_tili

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Prezident_maktablari_metodikasini_õrganamiz
#Buxoro_viloyati
#Seminar_trening
#2_smena


🔴 Buxoro  shahridagi Prezident maktabida matematika va ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun seminar-treninglarning 2-kuni bo‘lib o‘tmoqda.

📌Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglariga start berildi va amaliy mashg'ulotlarga kirishildi.

#Matematika #Ingliz_tili

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Olimpiada
#Matematika

📍O’zbekiston terma jamoasi ilk bor Bolqon
Matematika Olimpiadasida ishtirok etadi

Joriy yilning 8-13 may kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida 40-Bolqon Matematika olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiadada Albaniya, Aljir, Ozarbayjon, Bosniya va Gersogoviniya, Chernogoriya, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Kipr, Fransiya, Gruziya, Gretsiya, Italiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Turkmaniston, Turkiya mamlakatlaridan jami 132 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etadi.

❗️O’zbekiston terma jamoasi mazkur xalqaro olimpiadada birinchi marta ishtirok etmoqda. Olimpiada bir bosqichda tashkil qilinib, Ishtirokchilarga xalqaro olimpiadalar metodologiyasi asosida yaratilgan kombinatorika, sonlar nazariyasi, geometriya va algebra yo’nalishlarida 4 ta masala taqdim qilinadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4,5 soat vaqt ajratiladi, har bir masala 10 balldan baholanadi.

Terma jamoamiz a’zolari bilan tanishing:

Raxmatov Anvarbek
-Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
Axtamov Ozodbek -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
Sadulloyev Anvarbek -Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
Xalilov Suxrob - Navoiy shahar, 1-son PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
Maksudov Behzod -Xorazm viloyati, Urganch shahar, 6-IMI 11-sinf o‘quvchisi;
G‘afforov Rasulbek-Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, 144-maktab 8-sinf o‘quvchisi;

Terma jamoamiz a’zolariga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#xushxabar
#Olimpiada
#Matematika

🥉 Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etayotgan o’quvchilar 4 ta bronza medalini qo'lga kiritdi

⚡️Joriy yilning 8-13-may kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan 40-Bolqon Matematika olimpiadasida O’zbekiston o'quvchilari 4 ta bronza medali sohibi bo'ldi.

G'olib o‘quvchilar:

🥉Raxmatov Anvarbek - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
🥉Axtamov Ozodbek -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
🥉Sadulloyev Anvarbek -Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
🥉Maksudov Behzod -Xorazm viloyati, Urganch shahar, 6-IMI 11-sinf o‘quvchisi;

Eslatib o'tamiz, O’zbekiston terma jamoasi mazkur xalqaro olimpiadada birinchi marta ishtirok etmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Olimpiada

Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etgan va g’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

📍 Eslatib o’tamiz, Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan 40-Bolqon Matematika olimpiadasida O’zbekistonlik ishtirokchilar 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

#Fotoreportaj #Matematika

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#fan_olimpiadasi
#matematika_va_kimyo

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida faoliyat koʻrsatayotgan matematika va kimyo fani oʻqituvchilari oʻrtasida ikki bosqichli olimpiada oʻtkaziladi.

🗺 Mazkur olimpiadaning birinchi bosqichi tizimdagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi matematika va kimyo fani oʻqituvchilari oʻrtasida joriy yilning 25-noyabr kuni hududlarda boʻlib oʻtadi va unda 914 nafar ishtirokchi, shundan 559 nafar matematika, 355 nafar kimyo fani oʻqituvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

❗️Olimpiadaning birinchi bosqichidan har bir fan boʻyicha muvaffaqiyatli oʻtib, 1-2-3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jami 84 nafar ishtirokchilar uchun olimpiadaning ikkinchi bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda oʻtkaziladi.

🗣Olimpiada jarayonlari va natijalari bilan Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali maʼlumot berib boramiz.

#Prezident_maktablari
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fan_olimpiadasi
#matematika_va_kimyo

⚡️Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan matematika va kimyo fani o‘qituvchilari o‘rtasida ikki bosqichli olimpiadaning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur olimpiadaning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, 1-2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jami 84 nafar ishtirokchilar uchun olimpiadaning ikkinchi bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkaziladi.

🗣Olimpiada jarayonlari va natijalari bilan Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali ma’lumot berib boramiz.

🗺Hududlardan suratlar.

#Prezident_maktablari
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM