Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.51K subscribers
13.6K photos
1.19K videos
49 files
3.96K links
Download Telegram
Beshinchi avgust kuni o‘tkaziladigan qabul imtihoni bo‘yicha onlayn muloqot!

“Yangi O‘zbekiston” universiteti maqsad hamda vazifalari, o‘quv tizimi, grantlar, yo‘nalishlar bo‘yicha karyera imkoniyatlari bilan tanishtirish hamda abituriyentlar bilan savol-javob o‘tkazish maqsadida onlayn muloqot o‘tkaziladi.

🔴 Onlayn muloqot Zoom platformasi orqali 27-iyul, soat 17:00 da boshlanadi.

👉 Onlayn muloqotda ishtirok etish uchun havola (havola so‘zi ustiga bosing).

📌 Barcha savollarga universitet O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori B.Ahmedov hamda Bosh yuriskonsult N.Abdulloyev javob berishadi.

🔁 English

#qabul_2023 #onlayn_muloqot

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#onlayn_muloqot
#qonun_hujjatlari_targʻiboti

QONUN HUJJATLARI TARG‘IBOTI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurash targ‘ibotiga bag‘ishlangan onlayn muloqot tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi, Agentlik mas’ul xodimlari, xususan tizimdagi maktab direktorlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi.

Targ‘ibot tadbirida ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan islohotlar, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlari bo‘yicha tashkil etilgan aloqa kanallari orqali kelib tushayotgan xabarlarni o‘rganish tartibi borasida so‘z bordi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi, mazkur Qonunda “manfaatlar to‘qnashuvi” tushunchasiga aniq ta’rif berilganligi, manfaatlar to‘qnashuvi kimlar o‘rtasida va qachon vujudga kelishi mumkinligi to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilganligi, davlat tashkiloti xodimlari, ularning yaqin qarindoshlari va ularga aloqador shaxslarning manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish sohasidagi huquq va majburiyatlari, cheklovlar, jumladan Qonun talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanganligini hamda Qonunning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga batafsil tushuntirildi.

Onlayn muloqotda davlat xizmatchisi korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi keskin kurashishi, yuklatilgan funksional xizmat vazifalarni qonun talablari asosida sidqidildan bajarishi, tanish-bilishchilik, mas’uliyatsizlik, tamagirlik va manfaatlar to‘qnashuvi hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymasligi lozimligi ta’kidlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube