Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.52K subscribers
13.6K photos
1.19K videos
50 files
3.96K links
Download Telegram
Vazir Hilola UMАROVА: "Halol maktab direktorining faoliyatiga hech kim toʼsqinlik qilishiga yoʼl qoʼymaymiz”

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Sirdaryo viloyatining 300 dan ortiq maktab direktorlari bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolar va rejalar bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvda bugungi kun zamonaviy maktab rahbari oldidagi vazifalar haqida soʼz bordi:

“Direktorlar meni eng koʼp oʼylantiradigan, taʼlimdagi ogʼriqli nuqtalardan biri. Koʼp yillar maktabda direktor boʼlganim uchun bu lavozimning mashaqqatini bilaman. Taʼlimda faqat sizlar bilan oʼzgarish qila olishimiz mumkin.

Har biringizdan birinchi navbatda halollik talab qilaman. Halol boʼlmagan insonga taʼlimda oʼrin boʼlishi mumkin emas. Halol maktab direktorining faoliyatiga hech kim toʼsqinlik qilishiga yoʼl qoʼymayman. Direktor halol boʼlsa, uning yonida men turaman!

Siz bilan biz oʼqituvchilarning jamiyatdagi obroʼ va nufuzini yuksaltirishimiz kerak. Bugun nima uchun istagan ota-ona maktabga kelib, oʼqituvchiga gapirishga haddi sigʼyapti? Oʼz hurmatini, qadr-qimmatini bilgan oʼqituvchiga hech kim ortiqcha gapirishga haddi sigʼmaydi. Oʼqituvchilarning nufuzini koʼtarish esa siz-u bizning vazifamiz. Maktabga zamonaviy direktor rahbarlik qilsa, buni ota-ona ham sezadi. Shu bois lavozimingizni suiisteʼmol qilmagan holda maktabingizda taʼlim sifatini koʼtarishga oʼzingiz harakat qiling.

Viloyatda 325 ta maktab bor. Bu degani, shuncha rahbar va bir-biridan farq qiluvchi shuncha muhit degani. Shunday maktablar borki, infratuzilmasi yaxshi emas, lekin u yerdagi muhitni birorta zamonaviy maktabdan topa olmaysiz.

Yangilikni oʼzimizdan boshlashimiz kerak. Biz esa vazirlik jamoasi bilan birgalikda sizlar bilan yelkama-yelka ishlaymiz.

Biz bir kemadamiz - ziyolilar kemasida. Bu tizimda muammo boʼlmasligi uchun oʼz ustimizda tinimsiz ishlashimiz lozim.

Ishimiz ham, jamoamiz ham oilamiz, har ikkisi tinch boʼlsa, koʼnglimiz xotirjam boʼladi. Shunday ekan, barchamizga doimo oiladan oilaga yorugʼ yuz bilan borish nasib qilsin”, -
deydi Hilola Umarova.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT! E’LON!

📣Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i va fan metodistlari uchun tanlov e'lon qilinаdi!

👉 Mazkur tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: https://ish.uzedu.uz

Tanlov ikki bosqichda - test va suhbat asosida bo‘lib o‘tadi.

❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan mazkur tanlovga hujjat topshirish bo‘yicha video-yo‘riqnoma tayyorlandi.

Unda siz https://ish.uzedu.uz orqali hujjat topshirish bo'yicha batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

Shoshiling!

📆 Ro'yxatdan o'tish  6-aprelgacha davom etadi
Buxoro shahridagi Prezident maktabida 23-24 mart kunlari o'tkazilgan matematika fani ustozlari uchun seminar -trening dasturi va materallari.
Ushbu seminar-treningdan fotolavhalarni shuyerdan olishingiz mumkin.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#TAYINLOV

Jangirov Jo‘rabek Qarshiyevich Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

J.Jangirov "Ma’rifat" hamda "Ozbekiston adabiyoti va san'ati" gazetalarida, Yozuvchilar uyushmasida, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida turli lavozimlarda, shuningdek, Matbuot va axborot agentligida matbuot kotibi – axborot xizmati rahbari sifatida faoliyat yuritgan.

Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Buxoro_Prezident_maktabi
#seminar_trening

📺"Diyor Yangiliklari"
🎥Ta'lim tizimida olib borilayotgan ishlar.
🗺Buxoro shahar
💿LAVHA (24.03.2023)

🖇Xabar berganimizdek joriy yilning 23-24 - mart kunlari Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan
“O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida ingliz tili va matematika fani o‘qituvchilari uchun seminar-treninglari bo‘lib o‘tdi.

💫Ushbu seminar-treninglar Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida ham yoritildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Tanlov
#Ikkinchi_bosqich

Buxoro shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyoj (vakant o'rinlar)ni qoplash maqsadida o'tkazilayotgan Tanlovning ikkinchi – test bosqichi bo'lib o'tdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣DIQQAT

❗️SOVRIN JAMG‘ARMASI 1 MILLIARD SO‘M BO‘LGAN FAN OLIMPIADASIDA QATNASHING

🔴 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan umumiy sovrin jamg‘armasi 1 milliard so‘m bo‘lgan "Buyuk allomalar izidan" nomli fizika va kimyo fanlaridan olimpiada o‘tkazilmoqda.

⚡️ Olimpiadada barcha maktab, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari ishtirok etishi mumkin.

👆 Olimpiada saralash va final bosqichlaridan iborat.

🏆 Mukofotlar:

🔹 Har bir fan bo‘yicha mutloq g‘olib bo'lgan bir nafardan ishtirokchiga 20 million so‘mdan pul mukofoti hamda “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.

🫥 Shuningdek, har bir fan bo'yicha eng yuqori natijani qayd etgan 10 nafardan sovrindorga 2 million so‘mdan pul mukofoti va “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.

Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tish 7-aprelga qadar davom etadi!

📝 Ro‘yxatdan o‘tish

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Taʼlim sohasida yangi va qulay elektron xizmatlar ishga tushiriladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi, Raqamli texnologiyalar hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklari mutaxassislari ishtirokida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va yangi xizmatlarni joriy etish masalalari muhokama etildi.

❗️Xususan, aholiga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi elektron xizmatlarni tez orada ishga tushirish kelishib olindi:

✔️ Maktab o‘quvchilarni 1-sinfga onlayn qabul xizmati;
✔️ O‘quvchilarni maktabdan maktabga onlayn ko‘chirish xizmati;
✔️ Elektron shahodatnomani yuklab olish xizmati;
✔️ Talabalarni yotoqxonaga onlayn joylashish xizmati;
✔️ Talabalarga taʼlim kreditini onlayn ajratish xizmati va boshqalar.

Maktabgacha taʼlim tashkiloti, maktab, oliy taʼlim tizimlarida yangi elektron xizmatlari joriy etiladi. Barcha takliflar tahlil etilib, qulay xizmatlarni joriy etish choralari ko‘riladi.

🎓Taʼlim sohasida joriy etilgan elektron xizmatlardan - Taʼlim sohasida elektron xizmatlar havolasi orqali foydalanish mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Bolalar kitobxonligini rivojlantirishga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tadi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Respublika bolalar kutubxonasi hamkorligida “XXI asrda bolalar kitobxonligi: muammo va vazifalar” mavzusida respublika onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Ilmiy-amaliy konferensiyasi tadbiri 2023-yil 31-mart kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Bolalar kutubxonasida boshlanadi.

Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad, bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy adabiyotlarni chop etish, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralab, bolalarga kerakli adabiyotlarni tavsiya etish va ulardagi mutolaa madaniyatini oshirishdan iborat.

Eslatma: Mazkur madaniy tadbirda bolalar kitobxonligini ommalashtirishda o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan, ilmiy maqola va takliflari bilan ishtirok etishni istagan barcha yurtdoshlarimiz qatnashishlari mumkin.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram