Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.51K subscribers
13.8K photos
1.21K videos
52 files
4K links
Download Telegram
Pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 mln soʼmgacha jarima bilan jazolanishi mumkin

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga toʼsqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni koʼzda tutuvchi qonunni imzoladi.

Unga koʼra, pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarliklar kuchaytirilmoqda. Jumladan, umumiy holatda biror shaxsni majburiy mehnatga jalb etish 30 mln soʼmgacha (100 baravar) jarimaga sabab boʼlsa, endilikda pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 mln soʼmgacha (150 baravar) jarima bilan jazolanishi mumkin.

Jinoyat kodeksida ham pedagoglarga qarshi harakat uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi va jazo kuchaytirildi. Yaʼni pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash uchun, agar xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʼllanilganidan keyin sodir etilgan boʼlsa, 45 mln soʼmdan 60 mln soʼmgacha jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilandi.

Shuningdek, taʼlim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki oʼz xizmat vazifalarini bajarishiga toʼsqinlik qilish uchun ham maʼmuriy javobgarlik kuchaytirildi. Endilikda bu qilmish uchun fuqarolarga 2,1 mln soʼmdan 4,5 mln soʼmgacha jarima, mansabdor shaxslarga esa 3 mln soʼmdan 6 mln soʼmgacha jarima belgilanmoqda.

❗️Eʼtiborli jihati, ilgari pedagogning faoliyatiga noqonuniy aralashish uchun faqat jarima jazosi belgilangandi. Endilikda ushbu qilmishni takroran sodir etgan mansabdor shaxslarga 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq belgilanishi mumkin.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Tanlov_ikkinchi_bosqich_natijalari

📣 DIQQAT, E'LON!!!

🔴
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga hujjat topshirib, tanlovning 2-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilar ro‘yxati bugun, 27-mart kuni (kun davomida) Agentlikning job.piima.uz platformasida e'lon qilinadi.

🫥 Tanlovning 3-bosqichi (suhbat) qachon va qayerda bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida Agentlikning hududiy bo‘limlari tomonidan nomzodlarning ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamlariga bog‘lanib xabar beriladi.

📆 Suhbat jarayonlari fanlar kesimida 28-30-mart kunlari Prezident maktablarida bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_faxrimiz

ILM -INSONNI YUKSALTIRADI

Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning III(viloyat) bosqichi yakuniga yetdi.

📌Matamatika-fanidan
🎗I-o'rin Mardonov Shamsiddin-Qorako'l tumani IMI (8-sinf)

🎗III-orin Mamatov Murodjon-Qorako'l tumani IMI (8-sinf)

📌Fizika-fanidan
🎗III-o'rin Saidov Elnur-Qorako'l tumani IMI (8-sinf)

🎗l- o'rin Boboqulov Sobir-Vobkent tumani lM
(8-sinf)

🎗ll- o'rin Raxmatova Dilnozaxon Olot tumani IM (8-sinf).

📌Kimyo-fanidan
🎗ll-o'rin Fozilova Kumushbibi Vobkent tumani.

📌Biologiya-fanidan
🎗l-o'rin Fayzullayev Shiddatbek Jondor tumani.

🎗lll-o'rin Raximov Laziz Jondor tumani.


O'quvchilarimizni va ustozlarimizni shunday natijalarga erishishgani bilan jamoamiz nomidan tabriklaymiz!

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
❗️BUYUK MUVAFFAQIYATLAR FAQAT QAT'IYAT VA SABOT - MATONATNING NATIJASI XALOS

⚡️Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda faoliyat yuritayotgan maktab maslahatchilarining malakasini oshirish bo'yicha amaliy seminar-treningga start berildi.

🔰 Tadbir ishtirokchilari bir-birlari bilan tajriba almashgan holda yanada ko'proq ma'lumot hamda tajribaga ega bo'lishmoqda.

🗓 Trening jarayonlari 27-28-mart kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube