Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.55K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.92K links
Download Telegram
#Buxoro_PM
#olimpiada
Buxoro Prezident maktabida STEAM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot
texnologiyalari, science) fanlari bo‘yicha Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan
maktab o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasining maktab bosqichi davom etmoqda.


Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Buxoro_PM
#olimpiada
Buxoro Prezident maktabida STEAM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot
texnologiyalari, science) fanlari bo‘yicha Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan
maktab o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasining yakuniy maktab bosqichi bo'lib o'tdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Buxoro_PM

Bugun  Buxoro shahridagi Prezident maktabida  Z.M.Bobur tavalludi munosabati bilan shoir hayoti va ijodi asosida radio orqali intellektual viktorina oʻtkazildi.

⚡️ Ushbu viktorinada oʻquvchilar katta ishtiyoq va qiziqish bilan ishtirok etdilar. Savollar radioda e'lon qilindi. O'quvchilar esa javoblarni maxsus tuzilgan telegram kanaliga yoʻlladilar.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Buxoro_PM

📝 Buxoro shahridagi Prezident maktabida oʼzining tengsiz ijodiy merosi bilan maʼnaviyatimiz sohiblariga aylangan A.Navoiy hamda Z.M.Boburning betakror ruboiylari, qitʼalari va hikmatlarining tahliliga asoslangan "Turon osmonining soʼnmas yulduzlari" mavzusida ijodiy ishlar tanlovi boʻlib oʻtdi.

📖 Tanlov shartiga koʻra oʼquvchilarga adiblar ijodidan she'riy parchalar berildi va ishtirokchilar uning maʼnosini tahlil qildilar.

⚡️Ushbu tanlovdan koʻzlangan maqsad oʻquvchilarni ijodiy fikrlashga, mantiqiy tahlil qilishga oʻrgatish hamda imlo savodxonligini rivojlantirishdir.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegra
#Buxoro_PM

❇️Buxoro shahridagi Prezident maktabida Milliy gvardiya "Chavandozlar maktabi " bilan hamkorlikda chavandozlik sport turi bo'yicha mahorat darslari olib borildi.
🐎🐎🐎Bu kabi mashg'ulotlar orqali o'quvchilarimizning milliy sport turi bo'lmish ot choptirish sportiga bo'lgan qiziqishlari yanada ortmoqda. Bu sport turi o'z o'rnida o'quvchilarimiz tomonidan yaxshi o'zlashtirib borilmoqda.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Buxoro_PM 
Buxoro shahridagi Prezident maktabida "Westminster instituti" hamda bitiruvchilar o'rtasida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Suhbat koʻplab savol-javoblarga boy tarzda davom etdi va o'quvchilar o'zlariga muhim boʻlgan maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Buxoro_PM
#bayram_tantanasi
Buxoro shahar Prezident maktabida " Sengadir aytar so'zim, xush kelibsan, Navro'zim" mavzusida bayram tantalari bo'lib o'tdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Buxoro_PM

Bugun 28-mart kuni Toshket Kimyo Xalqaro Universteti mutaxassislari Buxoro Prezident maktabiga tashrif buyurdi. Shu munosabat bilan maktab ma'muriyati tomonidan bitiruvchi o'quvchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Buxoro_PM

Bugun Buxoro shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligining chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi C1 va B2 sertifikatlarini qo‘lga kiritgan o'quvchilar maktab ma'muriyati tomonidan taqdirlandilar. Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Buxoro_PM

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida bugun 6-aprel kuni Buxoro shahridagi Prezident maktabi 9-10 sinf o'quvchilari uchun Buxoro Davlat Pedagogika Istituti huzuridagi Harbiy ta'lim fakultetiga ekskursiya tashkil etildi.
O'quvchilarga kursantlar tomonidan nazariy va amaliy mashgʻulotlar haqida tushunchalar berildi, so'ngra o'quvchilarimiz jangovar texnika va qurol-aslahalar namoyishi, elektron o’qotar qurollardan merganlik mahoratlarini namoyon etish mashg'ulotlarida qatnashdilar. Bu o’quvchilarda ulkan taassurot uygʻotdi.
Shu kuni yurt himoyachilari uchun yaratilgan bu kabi sharoitlarni koʻrgan yoshlarning harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishlari yanada ortdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Buxoro_PM
#Sohibqiron_tadbir

Buxoro shahridagi Prezident maktabida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan "Sohibqiron Amir Temur - markazlashgan milliy davlatchilik asoschisi" mavzusida tadbir tashkil etildi.

Bu tadbirda Buxoro viloyat garnizoni harbiy orkestr jamoasi tashrif buyurdi hamda maktab oʻquvchilari bilan hamkorlikda bayram dasturini namoyish etdi.
Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Buxoro_PM

Buxoro shahridagi Prezident maktabida fan oʻqituvchilari uchun tashkil etilgan navbatdagi PD oʻquvida xorijlik iqtisod fani oʻqituvchisi Marko Arienti tomonidan Google platformasida dars oʻtishning zamonaviy hamda faol metodlari asosida seminar-trening tashkil etildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Buxoro_PM
#uchrashuv

Bugun Buxoro shahar Prezident maktabi 10-sinf o'quvchilari hamda Mary Beyli xonim o'rtasida "AQSh stipendiyasi turlari hamda ularni qo'lga kiritish shartlari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Beyli xonim AQShda oliy ta'lim uchun stipendiya olishda qanday qilib muvaffaqiyat qozonish bo'yicha o'z tajribasi, bilimi va maslahatlari bilan o'rtoqlashdi.

Talabalar ariza topshirish jarayoni, jumladan, muhim hujjatlar, standartlashtirilgan testlar va oʻtkaziladigan suhbat bo‘yicha bir nechta maslahat hamda qimmatli maʼlumotlar oldilar. Shuningdek, ular o‘z arizalarida liderlik qobiliyati, yuqori akademik bilim va jamoatchilik ishida faollik koʻrsatish muhimligi haqida tushunchaga ega boʻldilar.


Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Buxoro_PM

💫Buxoro shahridagi Prezident maktabida ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Giyazova Shahnoza Kamolovna tomonidan "Hayo xaloskordir" mavzusida maktab qizlari oʻrtasida davra suhbati tashkil etildi.

🌿Bu tadbirda oʻzbek qizlariga xos hayo, ibo, iffat, andisha kabi tushunchalar hayotiy misollar, badiiy asarlarda uchraydigan epizodlar orqali tushuntirildi hamda oʻquvchilarining bu boradagi bilim va koʻnikmalari yanada boyitildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Buxoro_PM

Innovatsion metodlar sifatli taʼlim kafolatidir. Maktab oʻqituvchilarini har taraflama qoʻllab-quvvatlash hamda kasbiy faoliyatida yuqori natijalarni qoʻlga kiritishi uchun bugun 14-aprel kuni Buxoro shahridagi Prezident maktabida navbatdagi PD mashgʻuloti tashkil etildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram