Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.55K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.92K links
Download Telegram
#Халқаро_таълим_форуми
#Buyuk_Britaniya

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligining rahbari Hilola Umarova boshchiligidagi Agentlik delegatsiyasi Butunjahon ta'lim forumida ishtirok etishmoqda.

Forum doirasida bir nechta xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Xususan, Agentlik delegatsiyasi doimiy hamkori Cambridge Assessment International Education, Times Higher Education va British Council tashkilotlari vakillari bilan ham uchrashishdi va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

📍Butunjahon ta'lim forumi London shahrida bo'lib o'tmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Халқаро_таълим_форуми
#2_kun

🔴Agentlik delegatsiyasi ishtirok etayotgan Butunjahon ta'lim forumi doirasida bugun ta'lim sohasidagi nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarning taqdimotlari bo'lib o'tmoqda.

Taqdimot va uchrashuvlar davomida ta'lim sohasida pandemiyadan keyingi chora-tadbirlar, karantin sharoitining o'qitish tizimiga ta'siri hamda ta'limni rivojlantirish bo'yicha xalqaro hamkorlik kabi masalalar muhokama qilinmoqda.

Xususan, Cambridge University Press &Assessment tashkilotining Bosh ijrochi direktori Peter Phillips o'z taqdimotida Agentlik tizimidagi maktablar bilan o'zaro samarali hamkorlik yo'lga qo'yilganligini alohida ta'kidlab o'tdi.

✔️Ma'lumot o'rnida, Butunjahon ta'lim forumi an'anaviy tarzda har yili o'tkaziladi hamda ta'lim sohasidagi dunyoning eng nufuzli tadbirlaridan biri hisoblanadi. Bu yil forumda 1000 nafarga yaqin mutaxassislar ishtirok etishmoqda.
#Халқаро_таълим_форуми
#2_kun

🔴Butunjahon ta'lim forumi doirasidagi taqdimotlar davom etmoqda.

Butun dunyodan tashrif buyurgan ta'lim sohasi mutaxassislari o'z chiqishlarida ta'limni rivojlantirish, bu boradagi xalqaro hamkorlik hamda qo'lga kiritilgan yutuqlar haqida so'z yuritishmoqda.

❗️Xususan, Cambridge University Press &Assessment tashkilotining Bosh ijrochi direktori Peter Phillips o'z taqdimotida Agentlik tizimidagi maktablar bilan o'zaro samarali hamkorlik yo'lga qo'yilganligini alohida ta'kidlab o'tdi.

#The_World_Education_forum #International_cooperation

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Халқаро_таълим_форуми
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️Cambridge University Press&Assessment tashkiloti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi

Bugun Agentlik rahbari Hilola Umarova va Cambridge University Press&Assessment Bosh ijrochi direktori Peter Phillips o'zaro hamkorlik shartnomasini imzolashdi.

⚡️Mazkur xalqaro shartnoma doirasida:
✔️qabul imtihonlari,
✔️xalqaro imtihonlar,
✔️ta'lim dasturlari,
✔️darsliklar ishlab chiqish kabi sohalarda hamkorlik qilish
ko'zda tutilgan.

📌Ma'lumot uchun, Cambridge university Press&Assessment tashkiloti dunyoning yetakchi tashkilotlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur tashkilot ilmiy nashrlarni chop etish hamda baholash bilan shug'ullanadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Халқаро_таълим_форуми
#3_kun

London shahrida 110 dan ortiq mamlakat, shu jumladan, O'zbekiston vakillari ishtirok etayotgan Butunjahon ta'lim forumi doirasida Prezident ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi Thomas Gainsborough school maktabida bo'lishdi.

Uchrashuvlar doirasida almashinuv dasturlari, xususan, o'qituvchilar malakasini oshirish va o'quvchilar almashinuvi kabi masalalar muhokama qilindi.

📌Ma'lumot o'rnida, Thomas Gainsborough school maktabi 1973-yilda tashkil etilgan iqtidorli yoshlar davlat maktabi bo'lib, Buyuk Britaniyadagi yetakchi ta'lim muassasalaridan biri hisoblanadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Халқаро_таълим_форуми
#Xalqaro_hamkorlik

Xabar berganimizdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi Butunjahon ta'lim forumida ishtirok etmoqda.

Forum doirasida Agentlik delegatsiyasi Cambridge Assessment International Education tashkiloti imtihonlarini ishlab chiqish bilan shug'ullnuvchi Cambridge Assessment DC10 tashkilotida bo'lishdi.

Tashrif davomida delegatsiya vakillari Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan dunyoning 170 ga yaqin davlatida tashkil etiladigan xalqaro imtihonlar, xususan A/AS-level, IGCSE imtihonlarining:

✔️tashkil etilish jarayonlari
✔️imtihon materiallarining qanday chop etilishi va saqlanishi
✔️mazkur imtihon materiallarining xorijiy mamlakatlarga qanday yetkazilishi jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

❗️Prezident ta'lim muassasalari agentligi xalqaro imtihonlarni tashkil etishda Cambridge Assessment International Education tashkiloti bilan yaqindan hamkorlik olib boradi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Халқаро_таълим_форуми
#Xalqaro_hamkorlik

Xabar berganimizdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova boshchiligidagi Agentlik delegatsiyasi London shahrida bo'lib o'tgan Butunjahon ta'lim forumida ishtirok etdi.

Mazkur forum doirasida:

▶️Agentlik delegatsiyasi doimiy hamkorlari - Cambridge Assessment International Education, The Times Higher Еducation, British Council kabi tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi va istiqboldagi rejalarni muhokama qildi;
▶️Cambridge University Press&Assessment tashkiloti bilan rahbar kadrlar, pedagoglar malakasini oshirish hamda o'quvchilar almashinuvi, shuningdek ta'lim dasturlari ishlab chiqish borasida hamkorlik shartnomasi imzolandi;
▶️Inklyuziv ta'lim borasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilind
i.

❗️Ma'lumot o'rnida, mazkur forumda dunyoning 115 mamlakati ishtirok etdi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube