Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.53K subscribers
14.1K photos
1.22K videos
52 files
4.04K links
Download Telegram
#Tadqiqot
#UNESCO

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda o'qituvchilar malakasini oshirish bo'yicha tadqiqot sinovlari tashkil etilmoqda.

Mazkur tadqiqotlar “O‘zbekistonda o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatlarini oshirish bo‘yicha yondashuvlarni moslashtirish va ommalashtirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan.

📍Unda Nukus, Namangan, Xiva va Toshkent shaharlaridagi Prezident va ijod maktablarining trenerlikka salohiyati bor 64 nafar o'qituvchisi ishtirok etmoqda.

✔️Mazkur tadqiqot ishlari so'nggi 2 yilda COVID-19 bilan bog'liq vaziyat sababli ta'lim va o'qitish tizimida ro'y bergan o'zgarishlar, pedagog-kadrlarning kasbiy rivojlanishdagi ehtiyojlari va muammolarni o'rganishga qaratilgan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik
#UNESCO
#Turkiya

🔴 Prezident ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan konferensiyada ishtirok etishmoqda.

Konferensiyada, shuningdek UNESCOning O'zbekistondagi vakolatxonasi, Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ham qatnashishmoqda.

Tadbir o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatlarini oshirish bo’yicha yondashuvlarni moslashtirish va ommalashtirish global tadqiqot loyihasi doirasida tashkil etilgan bo'lib, unda oxirgi yillarda o'qituvchilarning sifatli malaka oshirish yondashuvlari tadqiqoti natijalari mukohama qilinmoqda.

Mazkur konferensiya doirasida:

▶️ "O‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha yondashuvlarni moslashtirish va ommalashtirish"ning TDP@Scale loyihasi doirasida mazkur mamlakatlarda amalga oshirilgan tadqiqot natijalari bilan o‘rtoqlashish,

▶️AKT vositalari yordamida malaka oshirish jarayoni tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha o‘zaro fikr va tajriba almashish ko'zda tutilgan.

Ma'lumot uchun, TDP@Scale loyihasi Prezident ta'lim muassasalari agentligi, UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Аbdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti hamda GPE KIX (Ta'lim sohasidagi bilimlar va innovatsion almashuv bo‘yicha global hamkorlik) tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

📆Konferensiya 26-30-sentabr kunlari bo’lib o’tadi.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#UNESCO

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi bilan uchrashdi.

Unda UNESCO bilan ta'lim sohasida yo'lga qo'yilgan hamkorlik masalalari hamda istiqboldagi rejalar haqida so'z bordi.

❗️Sara Noshadi O'zbekistonda sifatli ta'limni yo'lga qo'yishda amalga oshirilayotgan ishlarni alohida e'tirof etdi.

Shuningdek, tomonlar uchrashuv doirasida:

▶️ O'qituvchilar malakasini oshirish,
▶️ baholash tizimi,
▶️ inklyuziv ta'lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilishdi.

✔️Muzokaralar natijasida UNESCO tomonidan yuqoridagi yo‘nalishlarda vazirlikning rivojlanish strategiyasi tamoyillari doirasida hamkorlik qilish bo‘yicha istak bildirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#maktabgacha_va_maktab_talimi_vazirligi
#UNESCO_Tashkent
#Bukhara_PS
Building healthy relationship with and among students is the foundational skill for creating a positive, inclusive learning environment where every student feels a sense of belonging in the classroom. Teachers are the heart and soul of this dynamic educational space, guiding students not only through their learning journey but also in fostering deep connections with their peers and within their communities.
Intensive Social Emotional Learning (SEL) and Digital Pedagogy training program is designed to turn the classrooms into the hubs of harmony and growth.
___
O‘quvchilar bilan va o‘quvchilar o'rtasida sog'lom munosabatlarni o'rnatish, har bir o'quvchi sinfga dahldorligini his qiladigan ijobiy, inklyuziv ta'lim muhitini yaratish katta mahoratdir. O'qituvchilar ushbu dinamik ta'lim maydonining yuragi bo'lib, ular o‘quvchilarga nafaqat bilim olishda, balki tengdoshlari va jamoalari bilan yaxshi munosabatlarni o'rnatishda ham yo’l ko’rsatadilar.
Intensiv ijtimoiy hissiy ta'lim (SEL) va raqamli pedagogika dasturining asosiy maqsadi ham aynan o'qituvchilarning ta’lim jarayonini uyg'unlik va o'sish markazlariga aylantirish uchun mo'ljallangan. Ushbu seminar-trainingda Buxoro shahridagi Prezidenti maktabi ingliz tili fani o'qituvchisi Shakhnoza Madieva faol ishtirok etdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram