Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.55K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.91K links
Download Telegram
#Samarqand_Prezident_maktabi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova, "Yangi O'zbekiston" universitetining faxriy rektori Wolfgang Herrmann, TUM International tashkiloti rahbari Friederika Hettinger Samarqand shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari bilan uchrashishdi.

Mehmonlar O'zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar, xususan Prezident maktablari loyihasini alohida e'tirof etishdi.

Uchrashuv davomida o'quvchilar o'z fikr va takliflarini bildirishdi hamda erishayotgan yutuqlari bilan bo'lishishdi.

❗️Shuningdek, shu kuni Samarqand shahridagi Yoshlar saroyida Agentlik tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universitetining taqdimoti bo'lib o'tdi. Unda mas'ullar yig'ilganlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

📍Shuningdek, mehmonlar uchun maktab hududida hamda Samarqand shahrining Registon va Go‘ri Amir maqbarasi, shuningdek Mirzo Ulug'bek rasadxonasiga ekskursiya tashkil etildi.
#ChSB_imtihonlari
#Fotoreportaj

🔴Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda ChSB imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu imtihon agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlarda ixtisoslik fanlaridan chorak yakunlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi

Chorak bo‘yicha summativ baholash imtihonlari 2 smenada tashkil etilmoqda.

➡️Summativ baholash tizimi bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

#Samarqand #Jizzax #Buxoro #Sirdaryo #Toshkent

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Иштирокчилар_билан_таништирамиз
#Samarqand_2023

⚡️TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI TA'LIM VAZIRLARI SAMARQANDDA UCHRASHADI!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan joriy yilning 13-14-IYUN kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar ta'lim vazirlarining VII yig'ilishi tashkil etilmoqda.

✔️ Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad –Turkiy davlatlar tashkiloti a’zo mamlakatlari o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va umumiy ustuvor vazifalarni belgilab olishdan iborat.

📍Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Qozog‘iston ta’lim vazirlari va Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi hamda Xalqaro Turkiy akademiya prezidenti maslahatchisining ishtirok etishi kutilmoqda.
________

📣 EDUCATION MINISTERS OF THE ORGANIZATION OF TURKIC STATES WILL MEET IN SAMARKAND!

The VII meeting of education ministers of the member-states of Organization of Turkic States is being organized by the Ministry of Preschool and School Education on June 13-14 this year in Samarkand.

✔️ The goal of this event is to expand cooperation in the field of education and determine common priority tasks among the member countries of the Organization of Turkic States.

The ministers of education of Uzbekistan, Turkiye, Kyrgyzstan, Azerbaijan, Kazakhstan and the Secretary General of the Organization of Turkic States and Adviser to the President of the International Turkish Academy are expected to participate in this prestigious event.

Vazirlikning
rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Shavkat Mirziyoyev: Maqsadimiz - har bir yoshga munosib sharoit yaratish

Davlatimiz rahbari Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabini kirib ko‘rdi.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand #maktab

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#Samarqand

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatida boʻlib, tizimdagi maktablar faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.

Xususan, ishchi guruh tomonidan Kattaqoʻrgʻon shahar, Kattaqoʻrgʻon, Paxtachi hamda Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, qish mavsumiga tayyorgarlik holati koʻzdan kechirilib, dars jarayonlari kuzatildi.

Oʻrganishlar doirasida Agentlik direktorining o‘quvchilar va oʻqituvchilar bilan muloqoti tashkil etildi. Unda A.Ubbiyev Agentlik tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim sharoitlarini yangi bosqichga olib chiqish borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritdi.

Shuningdek, muloqotlarda Agentlik direktori yoshlarning kelgusidagi maqsad va orzulari bilan qiziqib, tanlagan sohasi boʻyicha yetuk mutaxassis boʻlish uchun avvalo oʻquvchilikdanoq puxta bilim olish, xorijiy tillar, axborot texnologiyalarini mukammal oʻzlashtirish lozimligini taʼkidladi.

Maktablarni oʻrganishlar davomida ta’lim maskanlarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tanqidiy tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha mas'ullarga tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.

Agentlik direktori masʼullarga ta’lim tizimida amaliyotda qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Xususan, xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, intellektual va sport oʻyinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib oʻrganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube