Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.63K subscribers
16.3K photos
1.35K videos
52 files
4.47K links
Download Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Turkiy davlatlar tashkilotining oliy mukofoti topshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga turkiy xalqlar oilasining birligini mustahkamlashga, turkiy mamlakatlarning manfaatlari va qarashlarini xalqaro maydonda faol ilgari surishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun yuksak mukofot "Turkiy dunyoning oliy ordeni" tantanali topshirildi.

Eslatib oʻtamiz, oktabr oyida boʻlib oʻtgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi sammitida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun tashkilotning oliy mukofoti — MDH Faxriy nishoni tantanali topshirilgan edi.

#Mirziyoyev #sammit #TDT #mukofot

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
International Eco-Hero Awards — 8-16 yoshli tashabbuskor yoshlarning ekologik loyihalari bo'yicha xalqaro tanlov. Pul mukofoti: $1,000!

Talablar
— Loyiha atrof-muhit salomatligi, targ'ibot, tabiatga oid tadqiqot yoki tabiatni muhofaza qilish bilan bog'liq bo'lishi lozim;
— Loyiha harakatga asoslangan va nomzodning o'z tashabbusi bilan amalga oshirilgan bo'lishi lozim.
— Loyiha kamida 6 oy davom etishi va o'tgan yil ichida yakunlangan yoki yakunlanish arafasida bo'lishi kerak;

Foydali tomonlari
— Pul mukofoti - $1,000 gacha;
— OAV orqali press-reliz va jamoatchilik e'tirofi;
— Maxsus sertifikat.

Oxirgi muddat
28.02.2025

Batafsil
https://grantgo.uz/go/40773

#tanlovlar #mukofot #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik