Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.54K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.92K links
Download Telegram
#Jizzax_Prezident_maktabi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Jizzax shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari bilan uchrashdi.

Ochiq muloqot davomida Agentlik direktori o'quvchilarning fikrlari hamda orzu-niyatlariga quloq tutdi va ular bilan o'z tajribalarini bo'lishdi.

✔️Maktabda yangi tashkil etilgan ''The Dawn'' jurnalini taqdimoti ham bo'lib o'tdi. Hilola Umarova o'quvchilarning ijodi va ularning loyihalarini yuqori baholadi.

❗️Shuningdek, shu kuni Agentlik rahbariyati Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tgan ixtisoslashtirilgan maktablarga rahbar kadrlarni saralab olish tanlovining suhbat bosqichida ishtirok etishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#ChSB_imtihonlari
#Fotoreportaj

🔴Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda ChSB imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu imtihon agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlarda ixtisoslik fanlaridan chorak yakunlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi

Chorak bo‘yicha summativ baholash imtihonlari 2 smenada tashkil etilmoqda.

➡️Summativ baholash tizimi bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

#Samarqand #Jizzax #Buxoro #Sirdaryo #Toshkent

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Sayyor_uchrashuv
#Jizzax

VAZIR: “ENDI JIZZAX VILOYATIDAGI UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASI JORIY ETILADI”

Bugun Jizzax viloyatida ta’lim sohasini yanada rivojlantirish va yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tdi.

📍 Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev, tuman (shahar) hokimlari, vazirlikning viloyat boshqarma va tuman bo‘limi boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.

❗️ Yig’ilish davomida viloyatni respublikada “namunali hudud”ga aylantirish borasida Hilola Umarova tomonidan:

✔️ Viloyatning har bir tumanida 1 tadan, jami 13 ta tumanda ikkinchi til va kasbga o’rgatishni joriy etish,

✔️ maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etishga ehtiyoj mavjud bo’lgan hududlarda xususiy sektorni jalb qilgan holda bog‘chalar tashkil etish,

✔️ maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va maktabdan tashqari ta’limni sifatli tashkil etish,

✔️ Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasini umumta’lim maktablariga olib kirish borasida taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Bunda Jizzax shahri, Sharof Rashidov, Gʻallaorol, Zarbdor, Paxtakor, Baxmal tumanlarining 9 ta maktabda o‘quvchilarning qobiliyati va tanlovi asosida (10-sinfda ixtisoslashuv asosida o‘qitish) ta’lim jarayonlari joriy etiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM