Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.52K subscribers
13.6K photos
1.19K videos
50 files
3.96K links
Download Telegram
#ishchi_guruh
#Fargʻona

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Fargʻona viloyatida boʻlib, tizimdagi maktablar faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.

Xususan, ishchi guruh tomonidan Oʻzbekiston, Beshariq va Furqat tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida oʻquvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, oʻquv binolari va yotoqxonalarni isitish holati oʻrganildi.

Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalarida darsdan keyin tashkil etilgan fan, xorijiy tillar, shaxmat toʻgaraklari faoliyati, ularda oʻquvchilar qamrovi ham alohida oʻrganildi.

Shuningdek, bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.

Oʻrganishlar doirasida Agentlik direktorining oʻquvchilar va oʻqituvchilar bilan muloqoti tashkil etildi. Unda A.Ubbiyev Agentlik tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim sharoitlarini yangi bosqichga olib chiqish borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritdi.

Qolaversa, muloqotlarda Agentlik direktori yoshlarning kelgusidagi maqsad va orzulari bilan qiziqib, tanlagan sohasi boʻyicha yetuk mutaxassis boʻlish uchun avvalo oʻquvchilikdanoq puxta bilim olish, xorijiy tillar, axborot texnologiyalarini mukammal oʻzlashtirish lozimligini taʼkidladi.

Maktablarni oʻrganishlar davomida ta’lim muassasalarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tanqidiy tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Agentlik direktori masʼullarga ta’lim tizimida amaliyotda qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Xususan, xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, intellektual va sport oʻyinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib oʻrganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi
#imtihon

⚡️Buxoro shahridagi Prezident maktabida 2024-2025-o'quv yili I semestr yakuni yuzasidan imtihon jarayonlari davom etadi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident ijod va ixtisoslashtiгilgan maktablarning o'quvchi qizlari o'rtasida o'tkazilgan matematika fani olimpiadasining Вuхоrо viloyati hududiy bosqichida Buxoro shahridagi Prezident maktabi 5 Blue- sinf o'quvchisi Raxmonova Shukrona Mirjahon qizi 3-o'rinni egalladi.

🟢 Shukrona qizimizga keyingi bosqichlarda ham omad tilagan holda bilim bergan ustozlari, ayniqsa matematika fani o'qituvchisi Axtamova Ra'no Rustamovnaga , hamda ta'rbiya berayotgan ota-onalariga  minnatdorchiligimizni bildiramiz.     

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob

“Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari 2024-yilda qanday yutuqlarga erishishdi?


Bugungi qahramonlarimiz Raqamli avlod qizlari tanlovida g'olib bo'lish, Birlashgan Arab Amirliklari va Londonga ta'lim sayohatlari, hayotida foydali bo'lgan bilimlarni egallash va Mutolaa loyihasida ishlash kabi muvaffaqiyatlari bilan ortoqlashishdi.

Sizchi? Siz qanday yutuqlarga erishdingiz? O‘z yutuqlaringizni biz bilan bo‘lishing: @newuucontact_bot

💫Sarhisob davom etadi...

🔁 English

#talabalar #yutuqlar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi


⚡️Buxoro shahridagi Prezident maktabida 2024-2025-o'quv yili I semestr yakuni yuzasidan imtihon jarayonlari davom etmoqda.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
Buxoro shahridagi Prezident maktabi 5 Blue-sinf o'quvchisi Keldiyorov Bunyodbek 12-dekabrda bo'lib o'tgan ASMO (Asian Science and Mathematics Olympiad ) olimpiadasida matematika fanidan qatnashib,saralash bosqichida bronza 🥉medalni qo'lga kiritdi va finalga yo'llanma oldi.
Bunyodbekka Tailandda bo'lib o'tadigan keyingi bosqichda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
Buxoro shahridagi Prezident maktabi 9-Green sinf o'quvchisi Murodova Xadicha 12-dekabrda bo'lib o'tgan ASMO (Asian Science and Mathematics Olympiad ) olimpiadasida Science fanidan qatnashib,saralash bosqichida oltin🥇medalni qo'lga kiritdi va finalga yo'llanma oldi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram