Prezident maktabi | Buxoro shahri
1.55K subscribers
13.4K photos
1.17K videos
47 files
3.91K links
Download Telegram
#Buxoro_Prezident_maktabi

#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi


Buxoro shahridagi Prezident maktabida jonajon yurtimiz bo’ylab davom etayotgan betimsol ma’naviyat bayrami - ulug’ bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi

ALISHER NAVOIY ILMNI ULUG'LAGAN

Nizomiddin Mir Alisher 1441-yilning 9-fevralida Hirotda, temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan davlat xizmatchisi Gʻiyosiddin Bahodir oilasida tavallud topgan.

Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq “Xazoyinul-maoniy” nomli to‘rt devonga jamlangan. Turkiy tildagi ilk “Xamsa" ni 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tiliga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq. Navoiy adabiy merosi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida, umuminsoniy gʻoyalar asosida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

Mutafakkir ilmga muhabbat insonning eng goʻzal va zarur fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi bilim olishdir, deb hisoblagan. Shu boisdan maorif masalalariga katta ahamiyat bergan, maktab, madrasalar qurdirishda tashabbus ko'rsatgan. Hirot shahrida bunyod ettirgan “Ixlosiya” madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga homiylik qilgan.

Alisher Navoiy 1501-yil 3-yanvarda vafot etgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi
#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi

"IKKI DAHO - IKKI BUYUK QADRIYAT"

Qariyb olti asrdan buyon xalqimizning ma'naviy dunyosini boyitishda o'zining ulkan hissasini qo'shgan ikki buyuk siymo, Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosi butun dunyoni hayratga solib kelmoqda.

Buxoro shahar Prezident maktabida bobokalonlarimizning tavallud ayyomlari munosabati bilan tashkil etilgan "Ikki daho - ikki buyuk qadriyat" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda o'quvchilar Navoiy va Bobur shaxsiyati hamda ularning boy ijodiy merosini ko'rsatuvchi sahnalar bilan tomoshabinlarga katta zavq bag'ishladi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi

Buyuk mutafakkir, shoir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda Boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541yilligi munosabati bilan Buxoro shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari o'rtasida "Tarix qa'ridagi ikki yulduz" mavzusida insholar tanlovi bo'lib o'tdi.

📌 Tanlovning maqsadi A. Navoiy hamda Z.M.Boburning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur o'rganish, ularning asarlarini keng targ'ib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish, shu bilan birga, ijodkor va iste'dodli o'quvchilarni aniqlashdir.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook |Instagram |Youtube |Telegram