Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Ustozlar_kuni

1-oktabr - O’qituvchi va murabbiylar kuni arafasida Prezident farmoniga ko'ra ta'lim va tarbiya sohasidagi bir guruh xodimlar, jumladan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi:

🔸 Ibrayim Yusupov nomidagi ijod maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Ataniyazova Gulshat "Shuhrat" medali;
🔸Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning informatika o‘qituvchisi Jalalov Azamat "Shuhrat" medali;
🔸Kayumova Gulchexra -Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'qituvchi "Mehnat shuhrati" ordeni;
🔸 Xiva shahridagi Prezident maktabi direktori Aminov Rufat 2-darajali
"Sog'lom avlod uchun" ordeni;
🔸 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo o‘qituvchisi Boltaev Boburbek "Kelajak bunyodkori" medali bilan taqdirlanishdi.

🔰Agentlik rahbari Hilola Umarova yuksak mukofot bilan taqdirlangan ustozlarni alohida tabriklab, ularning keyingi ishlari muvaffaqiyat tiladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ustozlar_kuni

”1-oktabr - O’qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tantanalari davom etmoqda.

🔸Ayni paytda Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “Biz ta’zim qilamiz, Sizga ustozlar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tmoqda.
#Ustozlar_kuni

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ustozlar kuniga bag'ishlab o'tkazilgan tadbir haqida xabar bergan edik.

🔸Prezident ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi Germaniyadagi xizmat safarini yakunlab, Toshkent shahriga qaytdi va Agentlik rahbari Hilola Umarova bugungi tadbirda shaxsan ishtirok etib, ustozlarni kasb bayrami bilan tabrikladi:

- Inson kamolida ustoz-murabbiylarning o'rni beqiyos. O'quvchilarimiz erishgan barcha yutuqlar ortida ustozlarining fidokorona mehnatlari yotibdi. Men lokomotiv vazifasini bajarayotgan maktablarimizda siz kabi o'z kasbini sevgan o'qituvchilar bilan birga ishlayotganimdan faxrlanaman.

📌Ma'naviy-ma'rifiy tadbir badiiy chiqishlar, ustozlarga bag‘ishlangan kuy qo‘shiqlarga boy bo‘ldi. Tadbir doirasida, shuningdek Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining ustoz va murabbiylari, jumladan maktabning yoshi ulug' pedagog-xodimlari alohida e'tirof etilib, taqdirlandi.
#Ustozlar_kuni

⚡️ O'zbekiston Respublikasi Prezidenti "O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta'lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmonni imzoladi.

Quvonarlisi, ular orasida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan ustozlarimiz ham bor:

▶️Abilkasimov Akmal Bekturdiyevich - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o’qituvchisi “Shuhrat” medali bilan,

▶️Ataboyeva Sevara Mamasoliyevna - Toshkent shahridagi Prezident maktabi ingliz tili o’qituvchisi “Shuhrat” medali bilan,

▶️Haitov Husniddin Hasanovich - Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi “Shuhrat” medali bilan,

▶️ Jumaniyozova Muhabbat Boltayevna - Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi “II darajali sog’lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlanishdi.

Ustozlarimizni mukofot bilan yana bir bor tabriklab, ularning zahmatli va sharafli mehnatlarida ulkan zafarlar tilaymiz.

❗️Yuksak e’tirof muborak bo’lsin, aziz ustozlar!

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, matnshunos, manbashunos olima, jurnalist va pedagog Hilola Nazirovaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin.
Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot metodlari bo‘yicha katta ilmiy xodim unvoni sohibi;
100 ta ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlar, 2 ta monografiya va 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi;
“O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi;
The Islamic Manuscript Association (TIMA), The European Society for Central Asian Studies (ESCAS), Central Eurasian Studies Society (CESS) xalqaro tashkilotlarining a’zosi;
30 dan ziyod xalqaro konferensiyalar ma’ruzachisi;
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi “Xalqaro Ogahiyshunoslar” kengashining ilmiy kotibi;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi;
"Qo‘ng‘irotlar sulolasi tarixnavisligida Muhammad Rizo Ogahiyning “Zubdat ut-tavorix” asari" mavzusida dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi;
Sharqshunoslik institutining “Bilimkent" seminari ta’sischisi;
"Mustaqillikning 30 yilligi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.

Wikipedia

🗣Ijod maktabi natijalari:
Maktabning 34 nafar bitiruvchisi 100 foizlik natija ko'rsatgan holda test imtihonlaridan o‘tib talaba bo'lishdi. Ularning 3 nafari OTMga kirish imtihonlarida eng yuqori ballarni egallashdi.
Ijod maktabining o‘quvchilari 17 ta IELTS, 13 ta CEFR ,1 ta TOPIC, 2 ta SAT kabi Xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni

⚡️ Agentlik tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, olima, jamoatchi, "Shuhrat medali" sohibasi Muyassar Boqixonovaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:

Ona tili oʻqitish metodikasi boʻyicha mustaqil tadqiqotchi;
10 dan ortiq xalqaro konferensiyalar maʼruzachisi;
2017-yildan buyon oliy toifali ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi;
Xalqaro va milliy gazeta-jurnallarda 20 dan ortiq maqolalari chop etilgan;
2019-yilda oʻtkazilgan “Yil oʻqituvchisi–2019” tanlovi gʻolibi;
2021-yilda “Shuhrat” medali hamda “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikning 30-yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan;
2022-yilda “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan;
2022-yilda “Iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash metodika tizimini takomillashtirish” mavzusida mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy ish boshladi;
6 nafar oʻquvchisi milliy sertifikatlarga ega boʻlgan;
2 nafar oʻquvchisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tashakkurnoma"sini qoʻlga kiritgan;
1 nafar oʻquvchisi "Shuhrat medali" bilan taqdirlangan;
2020-2021-yillarda oʻquvchisi Dilobar Mahmudova viloyat olimpiadasida I o‘rin egalladi;
2022-2023-yillarda viloyat fan olimpiadasida oʻquvchilari I, II oʻrinlarni egallashdi.

📍 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi ingliz tili o‘qituvchisi va maktab maslahatchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa nomzodi, oliy toifali pedagog Shuhratjon Ismoiljonovning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:

2017-yilda Xalqaro Universitetlar reytingida yuqori o'rinda turuvchi "Wroclaw University"ning magistratura bosqichini tamomlagan;
2023-yil Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan “Fidokorligi uchun” faxriy yorlig’i bilan taqdirlangan;
2020-yildan buyon maktab maslahatchisi (school counselor) hisoblanadi;
20 ga yaqin ilmiy-metodik maqolalar muallifi, 10 dan ortiq maqolalari xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan;
2021-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan;
ingliz tilidan Linguaskill C1+ xalqaro sertifikati sohibi;
ingliz tilidan CEFR C1 milliy sertifikati sohibi;
polyak tilidan CEFR B2 xalqaro sertifikati sohibi;
turk tilidan Tomer B2 xalqaro sertifikati sohibi;
20 dan ortiq xalqaro konferensiyalar ma’ruzachisi;
Namangan Davlat chet tillari institutida ilmiy xodim.

📌 Uning o‘quvchilari ham qator muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda:

🔸2021-yil 3 nafar o’quvchilari Koreya, Angliya va Singapur davlatlarining nufuzli oliygohlari talabalari bo’lishdi;
🔸2022-yil 2 nafar o’quvchilari AQSHning nufuzli Arizona Universiteti talabalari bo’lib, “El-yurt umidi” stipendiatlari bo’lishdi;
🔸2023-yil 2 nafar o’quvchilari AQSHning nufuzli Missouri Universiteti talabalari bo’lib, “El-yurt umidi” jamg'armasi granti sohibi bo'lishdi.

💫 O'qituvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar hamrohligini tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni

⚡️ Agentlik tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, tadqiqotchi, "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohibi Davlatjon Karimovning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:

Ona tili oʻqitish metodikasi boʻyicha mustaqil tadqiqotchi;
10 ga yaqin xalqaro konferensiyalar maʼruzachisi;
Xalqaro va mahalliy gazeta-jurnallarda 30 dan ortiq maqolalari chop etilgan;
2021-yilda “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan;
2023-yilda “Qorako‘z” (she'rlar to‘plami) kitobi chop etilgan.

📌 Uning o‘quvchilari ham qator muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda:

10 dan ortiq oʻquvchilari milliy sertifikatlarga ega;
2 nafar oʻquvchisi 2021-yilda viloyat olimpiadasida 1- va 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan;
Oʻquvchisi Shahnoza Anvarjonova 2022-yilda asosiy olimpiadaning respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan;
O‘quvchilari Durdona Inomjonova va Shahnoza Anvarjonovalar o‘z fanlaridan maksimal ball to‘plab, Prezident granti asosida oliy ta'lim muassasasi talabasi bo‘lgan;
2023-yilda o‘quvchisi Nilufar Ergasheva Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

📍 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

💫 O'qituvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar hamrohligini tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ustozlar_kuni
#andijon_viloyati

Sizning ta'limingiz olmagan kim bor?
Siz-ku yuraklarga ilk ziyo yoqqan.
Olimmi, shoirmi va yo san'atkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan.

📍
Andijon viloyatidagi maktablarimizning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari tomonidan 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tayyorlangan videorolik.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ustozlar_kuni
#prezident_maktablari

Kun keladi bir kun parvoz qilgaymiz,
Olis samolarni biz ham ko‘zlaymiz.
Sizga go‘zal tabrik izhor qilgaymiz,
Ustozlar bayrami muborak, ustoz!

⚡️ Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Gulnoraxon Sobirjonovadan ustozlarga bayram tabrigi.

📍Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#ustozlar_kuni

🟢 Agentligimiz tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori Kamolov Jamoliddin Sayfiddinovichning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan;
Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibi;
Xalq ta’limi fidoyisi” va “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibi;
“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi”ning 30 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlangan;
Ta’lim sifati samaradorligini yanada oshirishga maqsadida maktabda “Tengdosh-tengdoshga”, “Aqliy hujum – mustahkam bilim” ijtimoiy loyihalarini, “Qayta topshirish”, “Ekspress test” sinovlari va o‘quvchilari o‘rtasidagi “INNOVUM” onlayn-olimpiadasini tashkillashtirgan;
O‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni va liderlikni shakllantirishga qaratilgan “Maktab o‘quvchilar boshqaruvida”, “Direktor soati” kabi ko‘plab metodik qo‘llanmalar va tavsiyalar muallifi;
38 dan ortiq ilmiy-metodik maqola, tezis va o‘quv dasturlari, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta metodik tavsiyanoma muallifi;
40 dan ortiq respublika va xalqaro konferensiyalar ma’ruzachisi;
2022-yildan buyon 2 nafar tadqiqotchining ilmiy ishiga rahbarlik qilib kelmoqda.

⚡️ Uning o‘quvchilari 2019-2023- yillar davomida qator muvaffaqiyatlarga erishib kelishmoqda:

Mahalliy fan olimpiadalarda – I-o‘rin - 7 ta, II-o‘rin - 10 ta, III-o‘rin - 15 ta;
Xalqaro fan olimpiadalarda – 5 ta - oltin, 11 ta – kumush, 4 ta – bronza medallari sohibi bo‘lishgan.

📍Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

💫 O'qituvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar hamrohligini tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o'qituvchisi, oliy toifali o'qituvchi, tajribali pedagog Ataniyazova Gulshat Seytniyazovnaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:

Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD);
"Shuhrat" medali sohibi;
"Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” ko'krak nishoni sohibi;
"Yilning eng namunali chuqurlashtirilgan fan o'qituvchisi" nominatsiyasi sohibi;
Ona tilini bilish darajasi bo'yicha Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy sertifikatiga ( 81,3 ball) ega;
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinflari uchun tayyorlangan "Adabiyot" (Qoraqalpoq adabiyoti) darsligining fikr bildiruvchisi;
12 ta ilmiy maqola va tezislar, 5 ta metodik qo'llanma, 1 ta oliy ta'lim muassasalari uchun o'quv qo'llanmasi, 12 ta akademik litseylar uchun, 3 ta kasb-hunar kollejlari uchun o'quv dasturi muallifi.

📍Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi

💫 O'qituvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar hamrohligini tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ustozlar_kuni
#ijod_maktabi

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining  oliy toifali ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi Shahloxon Hamidovaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi;
"O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" ko‘krak nishoni sohibi;
Respublika yosh ijodkorlarining "Zomin" seminari ishtirokchisi;
"Ijodkor o‘qituvchi" Respublika anjumani ishtirokchisi;
"Sizsiz qanday yashayman" nomli she'riy kitob muallifi;
Ona tili va adabiyoti fani bo‘yicha milliy sertifikat sohibi;
30 ga yaqin ilmiy, 50 dan ortiq publisistik maqolalari davriy va xalqaro gazeta va jurnallarda chop etilgan;
Ijod maktabi o‘quvchilarining "Ulug‘imsan Vatanim", "Yoshlik bayozi", "Oydin orzular" nomli to‘plamlari muharriri;
O‘quvchilarining 1 nafari Respublika, 3 nafari viloyat fan olimpiadasi ishtirokchisi;
12 nafar o‘quvchilari milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritgan;
7 nafar o‘quvchilari adabiyot va ijod yo‘nalishlari bo‘yicha Respublika tanlovlarning g‘olibi;
Uning muharrirligida 3 nafar o‘quvchilarning birinchi kitoblari nashr qilingan;
O‘quvchilar uchun yo‘lga qo‘yilgan "Ijod ustaxonasi" nomli ijodiy to‘garak rahbari.

📍Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi

💫 O'qituvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar hamrohligini tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ustozlar_kuni
#prezident_maktabi

⚡️ Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan muborakbod etadi.

📍Fargʻona shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTubeg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ustozlar_kuni
#ehtirom

Hayotimizda qanday yutuqqa erishgan bo‘lsak, qaysi marralarni zabt etgan bo’lsak unda qadrdon o‘qituvchi va ustozlarning beqiyos hissasi bor.

⚡️ Yangi O‘zbekistonning ertasi sanalgan yosh avlodning qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, hayot sabog‘ini o’rgatishdagi zahmati, ularni zamonaviy ko‘nikmalarni egasi, axborot texnologiyalarini puxta o‘zlashtirgan, kreativ fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, dunyoqarashi keng shaxs, el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalashdek vazifani mas’uliyat bilan ado etib kelayotganingiz uchun tashakkur!

🌐 Agentligimiz tizimidagi maktablarni tamomlab, bugungi kunda xorijiy OTMlarda tahsil olayotgan talabalarimiz ustozlariga bayram tabrigini yo'llashdi.

🟢Behruz Erkinov,
New York University Abu Dhabi talabasi

🟢Begdulla Tursınbayev,
Vengriya davlatidagi Debretcen universiteti talabasi

🟢Asadbek Reymbergenov,
Vengriya davlatidagi Debretcen universiteti talabasi

🟢Go‘zalxon Haydarova,
Amerikadagi Garvard universiteti talabasi

🟢Azizbek Nazarov,
Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ustozlar_kuni

Jovid AKROM: Ustoz e’zozlanayotgan O‘zbekistonda ishlash ham sharaf, ham mas’uliyat!

Ulug‘ kasb egalari – O‘zbekiston muallimlari safida mamlakatimizdagi turli o‘quv muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan yuzlab chet ellik ustozlar ham borki, ular ham bor kuch-quvvati, aql-zakovati, malaka-yu mahorati va eng muhimi, iliq mehrini jannatmonand yurtimiz rivoji uchun bag‘ishlagan. Ular mehnatini e’tirof etish bugun biz uchun ham qarz, ham farz.

O‘zA muxbiri yurtimizdagi ta’lim muassasalarida turli fanlardan saboq berayotgan chet ellik muallimlarning O‘zbekiston haqidagi fikri, taassurotlari, shuningdek, Prezident maktabi tizimiga ixtisoslashgan ta’lim va islohotlarga munosabati bilan qiziqdi.

🎥 https://youtu.be/kz67f30wpxQ

Batafsil: https://uza.uz/posts/524967

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oliy toifali ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, 42 yillik mehnat faoliyatiga ega pedagog, "Xalq ta’limi a’lochisi"- Rohila Vohidovaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:

“Ijodkor o’qituvchi -2022” anjumanida faol ishtirok etib, Yozuvchilar uyushmasi sertifikati bilan taqdirlangan;
“Ustoz-2022“ milliy mukofoti tanlovining 1 va 2-bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtiroki uchun “Tashakkurnoma” bilan taqdirlangan;
10 dan ziyod turli mavzudagi dars ishlanmalari ommalashtirilgan;
20 dan ortiq maqola va metodik tavsiyalari gazeta va jurnallarda bosib chiqarilgan;
10 dan ortiq ilmiy maqolalari bilan mintaqaviy konferensiyalarda ishtirok etgan.

Uning o‘quvchilari qator muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda:

2022-2023 yillarda o’quvchisi Olimjonova Iforaning bir qator nazm yo‘nalishidagi kitoblari nashr qilindi hamda maqolalari xorijiy va milliy jurnallarda chop etildi;
2022-2023 yillarda oʻquvchisi Rustamjonova Odinaning birinchi “Oy shulasi” nomli ilk to’plami nashr qilindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ustozlar_kuni
#ehtirom

🌐 Agentligimiz tizimidagi maktablarni tamomlab, bugungi kunda xorijiy OTMlarda tahsil olayotgan talabalarimiz tomonidan ustozlariga yo'llangan bayram tabriklari.

🟢Asadbek Sultamuratov,
Turkiyaning Selcuk universiteti talabasi

🟢Muxriddin Qurbaniyazov,
Janubiy Koreya Respublikasining Wonju shahridagi Halla universiteti talabasi

🟢Ergashev Jamshid, Maripov Begzod,
Janubiy Koreya Baekseok universiteti talabalari

🟢Axmadov Abdulbosit, Xokimjonov Abdulxay,
Singapur davlatidagi universitet talabalari

🟢Ajiniyaz Ataniyazov,
AQSHdagi Massachusets universiteti talabasi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni

⚡️Agentligimiz tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan o'qituvchi va murabbiylarga bayram tabrigi tayyorlandi.

📍
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ustozlar_kuni

⚡️ Qarshi shahridagi Prezident maktabida 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o’quvchilari o‘rtasida shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

🟢 Musobaqani respublika toifasidagi hakam Bekzod Husanov boshqarib bordi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM