Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Onlayn_vebinar

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining hududlarga biriktirilgan mas'ul xodimlari va Davlat test markazi mas'ul xodimlari uchun Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan onlayn vebinar tashkil qilindi.

🔰 Vebinar doirasida Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi hamda maslahat-tanishtiruv kunida mas'ul xodimlarga yuklatilgan vazifalar to'g'risida ma'lumot berildi.

🔸Cambridge Assessment tashkiloti vakillari Ilona Grayson va Jonathan Scholey ishtirokchilarga guruh nazoratchisi va hududlarga biriktirilgan xodimlarning vazifalarini tushuntirib o'tishdi. Vebinarda, shuningdek, imtihon jarayonlarida fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda mas'ul shaxslar qanday yo'l tutishi lozimligi haqida ma'lumot berildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#onlayn_vebinar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan onlayn vebinar tashkil etildi

Unda Agentlik tizimidagi 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda hududiy boshqarmalar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Onlayn vebinar bevosita ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish, reytingi va akademik o‘zlashtirishi tizimli pasayib ketgan o‘quvchilar bilan individual ish olib borish, o‘quvchini maktabdan chetlatish tartibi va unga doir hujjatlarni rasmiylashtirish hamda bob va chorak bo‘yicha summativ baholash tahlillari natijalari asosida o‘quvchilarning ta’lim olishdagi ehtiyojlarini belgilab olishga qaratildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#onlayn_vebinar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tizimdagi Ijod maktablarning pedagog xodimlari uchun onlayn vebinar o‘tkaziladi.

Mazkur vebinar pedagog xodimlarga ta’limda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, o‘quvchi psixologiyasi va darsda ijobiy muhit yaratish, ularning pedagogik mahoratini oshirish hamda loyihaga asoslangan ta’limni tashkil etish bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish, huquqiy savodxonligini oshirish va kasbiy rivojlanishga qaratildi.

Ma’lumot uchun, onlayn vebinar joriy yilning 8-9-10-yanvar kunlari bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube