Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.8K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#milliy_qadriyatlar

⚡️AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI MAKTABLARDA O‘QUVCHILARNI MILLIY QADRIYATLARGA HURMAT RUHIDA TARBIYALASH BORASIDA O‘TKAZILGAN TADBIRLAR

Tadbirlarda o‘quvchilarimiz milliy an’ana va urf-odatlarimiz, milliy qo‘shiq va o‘yinlarimiz aks etgan sahna ko‘rinishlarini namoyish etdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_qadriyatlar

Biz o‘quvchi qizlarimizni nafaqat oliy ta’lim muassasalariga, shuningdek, ularni katta hayotga ham tayyorlaymiz.

📝 Agentligimiz tizimidagi maktablarda o‘quvchi qizlarimizning darslardan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ularning mehnat faoliyati, doimiy mashg‘uloti va muayyan ish turini malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat, tajribalarini oshirish maqsadida ularga pazandachilik sirlari ham o‘rgatib borilmoqda.

🗺 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Navroʻz - umumxalq bayramiga tayyorgarlik jarayonlari qizgʻin va koʻtarinki ruhda boshlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#milliy_qadriyatlar

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabida o’quvchi, ota-ona va maktab aloqalarini yanada rivojlantirish, yoshlarni milliy va anʼanaviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida “Sen, men, biz - bir oila” shoiri ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda o’quvchilar va ularning ota-onalari ustozlar bilan birgalikda o’zbek milliy taomlaridan tayyorlab, bir dasturxon atrofida suhbatlashdi. Turli sport o’yinlari va musobaqalar o’tkazilib, milliy kiyimlar namoyish etildi.

O’quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari, kuy va qo’shiqlar tadbir qatnashchilariga ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#milliy_qadriyatlar

MOMOM KIYGAN LIBOSLAR

Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻquvchi yoshlarni milliy qadriyat va anʼanalarimiz, maʼnaviy-madaniy ildizlarimiz borasidagi bilim va tushunchalarini mustahkamlash maqsadida "Momom kiygan liboslar" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir oʻtkazildi.

Oltinsoy tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirda oʻquvchi qizlar momolarimiz kiygan milliy liboslarda chiqib, chanqovuz chaldi, qadimiy oʻlanlar, allalarni ijro etdi. Sahna koʻrinishlarida kelin salom, yuz ochdi, chaqaloqni beshikka solish, kulcha yumalatar, urchuq yigirish, paxta savash kabi milliy urf-odatlarimiz aks etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube