Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
74.2K subscribers
21K photos
2.64K videos
73 files
7.67K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_539_yilligi

Bugun shoh va shoir, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
_______
Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘?
Kimki, ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig‘!

Gar zamonni nafy qilsam, ayb qilma, ey rafiq,
Ko‘rmadim hargiz, netoyin, bu zamondin yaxshilig‘!

Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko‘ngluma
Kelmadi jonimg‘a hech oromi jondin yaxshilig‘.

Ey ko‘ngul, chun yaxshidin ko‘rdung yamonliq asru ko‘p,
Emdi ko‘z tutmoq ne, ya'ni har yamondin yaxshilig‘?

Bori elga yaxshlig‘ qilg‘ilki, mundin yaxshi yo‘q –
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig‘!

Yaxshilig‘ ahli jahondin istama Bobur kibi,
Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘?

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_539_yilligi

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining pedagog-kadrlari shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag'ishlab mushoira o'tkazishdi.

✔️ Andijon shahridagi Prezident maktabida “Boburni o‘rganamiz” shiori ostida adabiy kecha,

✔️Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari o'rtasida g'azalxonlik va ruboiyxonlik tadbirlari,

✔️ Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Mirzo Bobur nigohlarida Mangu qolgan Anda jondir bu! " shiori ostidagi adabiy anjuman bo'lib o'tdi.

Shuningdek, Guliston shahridagi Prezident maktabi,

✔️Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi

✔️Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi

✔️Ogahiy nomidagi ijod maktabi

✔️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi hamda

✔️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida ham adabiy-ma'rifiy tardbirlar bo'lib o'tdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_539_yilligi
#Prezident_maktablari

⚡️Ikki hududdagi Prezident maktablari - Xiva shahridagi Prezident maktabi va Termiz shahridagi Prezident maktabi tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan g'azalxonlik chellenji.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube