#Xalqaro_bolalar_forumi
🗺 Turkiyaning Anqara shahrida “Iqlim o‘zgarishi va bolalar ishtiroki” mavzusida 24-Xalqaro bolalar forumi o‘tkazildi.
📆 Joriy yilning 19-20-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan ushbu forumda 24 ta davlatdan kelgan iqtidorli va tashabbuskor yoshlar qatnashdi.
🇺🇿 Mazkur forumda O‘zbekiston yoshlari vakili sifatida Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Gavharshodbegim Xomidova ishtirok etdi.
⚡️ O‘quvchimiz iqlimni muhofaza qiluvchi ijtimoiy harakat a’zosi sifatida o‘zining taklif va tashabbuslarini ilgari surdi.
🗣 Forum iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq umumiy jarayonlarda o‘tayotgan turli madaniyatlarga mansub bolalar o‘rtasida hamkorlikni va madaniyatlararo xabardorlikni oshirishga qaratilgan.
📝 Ma’lumot uchun, mazkur Xalqaro forum Turkiya Oila va Ijtimoiy xizmatlar vazirligi tomonidan BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM