Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
49K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Uchrashuv

Agentlik tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida uchrashuv tashkil etildi.

🔹Unda pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev, shoira Farida Afro‘z, “Milliy tiklanish” partiyasi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjonova, “Osiyoning oltin ovozi” mukofoti sovrindori Gulzodaxon Xudoynazarova hamda ko‘plab jamoatchilik faollari qatnashdi.

🔸Uchrashuv doirasida sinflarda ilmiy, badiiy, musiqiy saboqlar va “Mahorat dars”lari tashkil etildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Uchrashuv

Agentlik tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o'quvchi yoshlarning vaqtini unumli tashkil etish,ularning ilmiy va ijodiy mahoratlarini oshirish maqsadida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

🔹Jumladan, shoirlar Bobur Bobomurod va Orif To'xtash bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ijod maktabining iqtidorli o'quvchilari, ustozlar, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etishdi.

🔸Yana bir uchrashuv "Xalqaro kitob va mualliflik huquqlarini himoya qilish" kuni munosabati bilan tashkil e’tilib, unda san'atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqini himoya qilish Palatasi boshqaruvi raisi, yuridik fanlari doktori, professor Boboqul Toshev hamda dramaturg Qilich Abdunabiyevlar ishtirok etdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Uchrashuv

Аgentlik tasarrufidagi Аbdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “O‘tkan kunlar” romanini bevosita o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilgan Mark Edvard Riz bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda tadqiqotchi asar tarjimasi jarayonida yuzaga kelgan qiyinchiliklar, o‘nlab lug‘atlarga murojaat qilgani va shevalarni o‘rganish orqali madaniyatimiz bilan yaqinroq tanishgani xususida gapirib o‘tdi.
👉Batafsil saytimizda


В Творческой школе имени Абдуллы Кадири при Агентстве состоялась встреча с Марком Эдвардом Ризом, переводчиком и исследователем, который перевел роман «Минувшие дни» с узбекского на английский язык. В нем исследователь рассказал о трудностях, возникающих в процессе перевода произведения, сославшись на десятки словарей и познакомившись с нашей культурой через изучение диалектов.
👉Подробнее на нашем сайте


A meeting was held at the Abdullah Qadiri School of Creativity with Mark Edward Reese, who translated the novel "The days gone by".
👉More on our site
#Team_building #Uchrashuv

🔰Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Ingliz tili fanidan Nukus shahridagi Prezident maktabi bilan birgalikda “Happy childhood” nomli uchrashuv tashkil etildi.
👥 Uchravushda ikki maktab o‘quvchilari o‘z nutqlarini ingliz tilida bayon etishib, “How to make a good public speech?”, “Children learn what they live with”, “Achieving dreams” mavzularida suhbatlashishdi hamda munosabatlarini prezentatsiya va videoroliklar orqali namayon etishdi.
——
🔰Ibroyim Yusupov atındaǵı dóretiwshilik mektebinde Ingliz tili páninen Nókis qalasındaǵı Prezident mektebi menen birgelikte “Happy childhood” atamasında ushrasıw shólkemlestirildi.
👥Ushrasıwda eki mektep oqıwshıları belsendilik penen qatnastı hám ózleriniń “How to make a good speech?”, “Children learn what they live with”, “Achieving dreams” atlı temalarında sáwbet ótkerildi hám óz pikirlerin hár túrli prezentaciyalar hám videorolikler arqalı kórsetti.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Uchrashuv

Davlat boshqaruv akademiyasida oʻtkazilgan uchrashuvda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi rektori Adham Bekmurodov, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Otabek Hasanov va O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid hamda Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi rahbari Minhojiddin Xojimatovlar ishtirok etishdi
.

🔹Ushbu uchrashuv yoshlarda alohida taassurot qoldirdi.

⚡️Jarayon davom etadi.
#Bitiruvchi_2021 #Uchrashuv

Prezident maktabining bitiruvchilari Qonunchilik palatasida

Avvalroq xabar qilingan uchrashuv bitiruvchilarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashrifi bilan davom etdi. Parlament quyi palatasi deputatlari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbati bitiruvchilar uchun alohida ahamiyat kasb etdi.

🔹 Uchrashuv doirasida Qonunchilik palatasi faoliyati to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlari xususida ham so‘z yuritildi. O‘quvchilarga Parlament quyi palatasida tuzilgan Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya a'zolari tanishtirilib, ular ishtirokida savol-javoblar o‘tkazildi.

🔰Tadbir yakunida bitiruvchilar Qonunchilik palatasining majlislar zali, parlament kutubxonasi hamda muzey faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uchrashuv_taasurotlari

"O'zbekiston24" telekanalining "Yoshlar - uchinchi renessans bunyodkorlari" ko'rsatuvida Agentlik tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'quvchisi - Dilobar Mahmudova bilan intervyu efirga uzatildi.

🔹Intervyuda Dilobar "Yoshlar kuni" munosabati bilan o'tkazilgan forumda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan bo'lgan uchrashuv taasurotlari bilan o'rtoqlashdi.

🔸Eslatib o‘tamiz, Dilobar Mahmudova O'zbek mumtoz tili lug'atini tuzish taklifini bildirdi va unga Davlatimiz rahbari tomonidan grant mablag'i ajratilishi aytildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Президент тадбиркорлар билан очиқ мулоқот ўтказди. Бундай шаклдаги учрашув илк бор ўтказилди ва унда жами ўн мингга яқин тадбиркор иштирок этди.
Давлатимиз раҳбари ўз нутқида соҳадаги муаммоларни ҳал қилишга қаратилган 7 та муҳим йўналишни кўрсатиб ўтди, янги ташаббусларни илгари сурди.
Мулоқотда тадбиркорлар сўзга чиқиб, фаолиятида дуч келаётган муаммоларни, таклиф ва мулоҳазаларини айтди. Улар тармоқ мутасаддилари ва ҳокимлар иштирокида муҳокама қилинди.

Президент провел открытый диалог с предпринимателями. В мероприятии, впервые прошедшем в таком формате, приняли участие около 10 тысяч представителей бизнеса.
В своем выступлении глава государства обозначил 7 важных направлений решению проблем в сфере и выдвинул новые инициативы.
Выступившие предприниматели рассказали о проблемах в своей деятельности, высказали свои мнения и предложения. Они рассмотрены с участием ответственных лиц и хокимов.

#Mirziyoyev #uchrashuv #tadbirkorlik #muloqot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Uchrashuv

✔️UNIVERSITET REKTORLARI AL-XORAZMIY MAKTABIDA

⚡️
Prezident tomonidan ta’lim mavzusida o‘tkazilgan video-selektorda viloyat hokimlari, vazirlar va yirik tarmoqlar rahbarlarining o‘quvchilar bilan uchrashib, islohotlarning mazmun-mohiyatini tanishtirib borishga mas’ulligi belgilab qo‘yilgandi.

🔸Mazkur qaror ijrosi doirasida bugun Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda TATU rektori (v.b) B.Mahkamov, INHA Universiteti rektori (v.b) M. Jalolov va AMITI Univesiteti boshqaruv direktori (v.b) B. Abdullayev va AKT vazirligi vakili Sobirov Hamidulla ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar axborot texnologiyalari sohasida yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida ma'lumotlar hamda yoshlarga kerakli tavsiyalarni berishdi. Shuningdek, o‘quvchilar uchun universitetlar taqdimoti bo'lib o'tdi.

📌Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va universitet vakillari tomonidan maxsus sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
#Uchrashuv #Ijod_maktablari

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda vazirliklar vakillari bilan uchrashuvlar davom etmoqda. Jumladan, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining maslahatchisi Dilshod Buriyev hamda vazirlikning yoshlar yetakchisi Dilshod Jumanazarovlar tashrif buyurishdi.

🔰Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi. Alohida tayyorgarlik bilan kelgan mehmonlar o‘quvchilarga adabiy asarlardagi iqtisodiyotga aloqador bo‘lgan savollar bilan murojaat qilishdi, eng topqir o‘quvchilar esa Moliya vazirligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

⚡️Tadbir so‘ngida Moliya vazirligi vakillari Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarini Moliya Vazirligiga eskursiyaga taklif qilishdi. Uchrashuvlar esa davom etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Sayt |Telegram | Instagram | Youtube
#Uchrashuv

✔️ENERGETIKA VAZIRLIGI VAKILLARI AL-XORAZMIY MAKTABIDA

⚡️
Prezident tomonidan ta’lim mavzusida o‘tkazilgan video-selektorda viloyat hokimlari, vazirlar va yirik tarmoqlar rahbarlarining o‘quvchilar bilan uchrashib, islohotlarning mazmun-mohiyatini tanishtirib borishga mas’ulligi belgilab qo‘yilgandi.

🔸Mazkur qaror ijrosi doirasida bugun Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Energetika vazirligi vakillari, xususan Energetika vaziri maslahatchisi Temur Jo'rabekov va vazirlik Yoshlar yetakchisi Xolisaxon Nuriddinova ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

✔️Uchrashuv davomida mehmonlar so'zga chiqib, energetika sohasida yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida yoshlarga ma'lumot berishdi.

📌Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
#Uchrashuv
#Prezident_maktabi
#Ijod_maktablari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Agentlik tizimidagi Qarshi shahridagi Prezident maktabi va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurdi.

🔰Uchrashuvlar davomida ijod maktabida amalga oshirilgan ishlar, xususan, yangi o'quv xonalari, maktab binosi maydonida barpo etilgan ijod maskani va rekonstruksiya qilingan O'zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov muzeyi bilan tanishdi.

🔸O'z faoliyatini boshlagan dramaturgiya, web-dizayn, musiqa, ijodkorlik, kompyuter grafikasi, audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash to'garaklari hamda zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan mediya markaz faoliyatini kòzdan kechirdi va o'z tavsiyalarini berdi.

✔️Shuningdek, Agentlik rahbari shu kuni Qarshi shahridagi Prezident maktabida bo’lib, o’quvchilar bilan suhbatlashdi.
"Yangi O'zbekiston" universiteti xodimlari Sejong universiteti vitse-prezidenti bilan uchrashishdi

✔️Uchrashuvda quyidagi yo'nalishlarda hamkorlik qilish muhokama qilindi:
🔹talabalar almashinuvi dasturini amalga oshirish;
🔹kelgusida "double degree" tizimini yo'lga qo'yish;
🔹universitetning yosh o'qituvchi-professorlari malakasini oshirish orqali ularni yuqori ilmiy unvon olishlarida ko'maklashish;
🔹"nano science", "business management" va "computer engineering" kabi ta'lim yo'nalishlarida o'quv dasturlari hamda unga oid boshqa hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish;
🔹universitetning zamonaviy kampusini tashkil etish yuzasidan tajriba almashish. Muhokama etilgan hamkorlik yo'nalishari bo'yicha tomonlar tez orada tegishli kelishuv imzolashni kelishib oldilar.

📌Eslatib o'tamiz, Sejong universiteti ''Times higher education'' reytingida top 300 likka kiradi.

🔁 English

#Sejong_universiteti #Uchrashuv

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Prezident ta'lim muassasalari agentligi hamda "Yangi O‘zbekiston" universitetining Koreya Respublikasida bo‘lib turgan delegatsiyasi Koreya fan va texnologiya tadqiqot institutida bo‘lishdi

✔️ Uchrashuvda "Yangi O‘zbekiston" universiteti talabalarining KIST (''Korea Institute of Science and Technology")da amaliyot o‘tashi va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida qo‘shma tadqiqotlar olib borish istiqbollari muhokama qilindi.

📌 Ma'lumot uchun, KIST Koreya Respublakisida eng birinchi tashkil etilgan ko‘p tarmoqli ilmiy tadqiqot instituti hisoblanib, dunyoning turli xil mamlakatlaridan ilmiy izlanish olib borayotgan mutaxassislarni qabul qiladi.

🔁 English

#Uchrashuv #Koreya_fan_va_texnologiya_tadqiqot_instituti

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#Uchrashuv

Bugun futbol bo‘yicha 15 karra O‘zbekiston chempionlari Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida bo‘lishdi

⚽️“Paxtakor” futbol klubi direktor o‘rinbosari Dilshod Karimov, tijoriy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Baxtiyor Mametov, “Paxtakor” futbol klubi bosh murabbiyi Maksim Shatskix, futbolchilar Shahboz Azmiddinov, Abbos Fayzullayev bilan o‘quvchilar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

⚽️ Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Futbolchilar tomonidan "mahorat darsi" bo‘lib o‘tdi.

⚽️ Tadbir yakunida o‘quvchilarga Maksim Shatskix hamda yosh futbolchilarimiz dastxati qo‘yilgan to‘p va esdalik sovg‘alari berildi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#prezident_maktabi
#uchrashuv

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Nukus shahridagi Prezident maktabiga fizika-matematika fanlari doktori, professor, senator, O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Matematika Instituti direktori, O'zbekiston Qahramoni Shavkat Ayupov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ixtisoslashtirilgan hamda Prezident maktabi o'quvchilari ishtirok etgan uchrashuvda Sh.Ayupov tomonidan yoshlarga jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lishi va ilm-fan sohasida yuqori natijalarga erishishi uchun kerak bo'ladigan ko'nikma va tajribalar jonli misollar bilan aytib berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university

⚡️Barchani dunyoga mashhur olim Luciano Rezzolla bilan uchrashuvga taklif qilamiz

Professor Luciano Rezzolla dunyo reytingida eng yuqori 200 ta oliygohlarda biri bo'lgan Frankfurtdagi Gyote universitetida Nazariy fizika kafedrasi mudiri hisoblanadi. U hisoblash fizikasining dunyoga mashhur arbobi va qora tuynuklarning birinchi tasvirlarini yaratishga qo'shgan ulkan hissasi bilan ham taniqlidir!

📆 Sana: 15-may
⌛️ Vaqti: 13:00-14:00
🗺 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti, konferensiya zali

📶 Tadbirda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting: https://newuu.uz/rezzolla

❗️ Joylar soni chegaralangan. Koinot haqidagi tushunchangizni kengaytirish uchun ushbu ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

#uchrashuv #qora_tuynuklar #koinot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ixtisoslashtirilgan_maktab
#uchrashuv

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida shu yil Parijda boʻlib oʻtgan XVII Yozgi Paralimpiya oʻyinlari gʻolibi, "Oʻzbekiston iftixori" faxriy unvoni sohibi Yorqinbek Odilov bilan "Matonat maktabi" shiori ostida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni, general-mayor Oybek Saidov, faxriy ustoz va oʻquvchilar, mahalla faollari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Vatanga muhabbat, sadoqat mavzulari haqida soʻz bordi. Bilim olish, sport bilan shug‘ullanish, bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish afzalliklari ta’kidlandi.

Maʼlumot uchun, Yorqinbek Odilov XVII Yozgi Paralimpiyaning nayza uloqtirish bahslarida 50.32 metr natija bilan 1-orinni qoʻlga kiritgan!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ixtisoslashtirilgan_maktab
#uchrashuv

🤩 Agentlik tizimidagi Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Denov tuman hokimi Ilhom Abrorov tomonidan ixtisoslashtirilgan maktabning “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a’zolariga koʻkrak nishonlari hamda guvohnomalari tantanali tarzda topshirildi.

Tadbir davomida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan tuman hokimiga murojaat qilishdi. Iqtidorli oʻquvchilar tomonidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.

Maʼlumot uchun, mazkur maktab-internatida hozirgi kunda 310 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. Ularga 40 nafar oliy ma’lumotli oʻqituvchi tomonidan bilim berib kelinmoqda.

Chet tili va boshqa fanlardan sertifikatga ega oʻqituvchilar 28 nafarni tashkil etadi. Maktab-internatida 120 oʻringa mo‘ljallangan “O‘quvchilar turar joyi” hamda oshxona mavjud.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Chet ellik turklar va qarindosh jamiyatlar yetakchiligi (YTB) vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda vazirlik vakillari, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, YTB rahbariyati ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston va Turkiya davlatlari o‘rtasida turli sohalarda bo’lgani kabi ta'lim sohasida ham o‘zaro hamkorlik yanada rivojlanib borayotganligi aytib o’tildi.

Mehmonlar Agentlik tizimidagi maktab bitiruvchilari uchun Turkiyaning oliy ta’lim muassasalarida grant asosida o‘qishni davom etirishga ko‘maklashish, Turkiyada o‘qish qiziqishini bildirgan bitiruvichilar uchun alohida grant o‘rinlarini ajratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish haqida to’xtalib o‘tdi.

Ko’plab ijobiy muzokaralar almashilgan uchrashuv so’ngida har ikkala tomon istiqboldagi rejalar bo’yicha onlayn va oflayn muzokaralar olib borishga kelishib olishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM