Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.6K subscribers
17K photos
2.18K videos
70 files
6.35K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Prezident_maktablari
#Spirituality_Sport_Science_Socializing

ILK BOR:
SPIRITUALITY, SPORT, SCIENCE, SOCIALIZING

⚡️Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablarida ilk bor “Spirituality, Sport, Science, Socializing” nomi ostida keng koʻlamli festival oʻtkazilmoqda.

Oʻquvchi-yoshlar orasida sport va milliy urf-odatlarimizni keng targʻib etish, pedagog-murabbiylarning jamoaviy ishlash koʻnikmalarini oshirish, taʼlim maskanlarining ayni yoʻnalishlarda oʻzaro tajriba almashish platformasini shakllantirish kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan ushbu keng koʻlamli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir dastavval Buxoro, Namangan, Jizzax shahridagi Prezident maktablari mezbonligida tashkil etildi.

Ularda mezbon taʼlim maskanlari bilan birgalikda Andijon, Fargʻona, Samarqand, Sirdaryo, Navoiy shahridagi Prezident maktablari oʻquvchilari va pedagoglaridan iborat jamoalar ishtirok etdi.

Festival doirasida sport mashg’ulotlari, science, robototexnika o’qituvchilari va maktab psixologlari tomonidan seminar-treninglar, madaniy-badiiy kechalar o’tkazildi. Taʼlim maskanlari jamoalari oʻrtasida qizgʻin bellashuvlar, milliy liboslar boʻyicha modalar koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtdi. Shu kabi turli madaniy-maʼrifiy, sport tadbirlarini oʻz ichiga olgan festival chinakam doʻstlik bayramiga aylanib ketdi.

Joriy yilning 5-mayida Spirituality, Sport, Science, Socializing festivali Termiz, Xiva, Nurafshon shahridagi Prezident maktablari mezbonligida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari
#Spirituality_Sport_Science_Socializing

"
SPIRITUALITY, SPORT, SCIENCE, SOCIALIZING" FESTIVALI DAVOM ETMOQDA

Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablarida ilk bor “Spirituality, Sport, Science, Socializing” nomi ostida keng koʻlamli festival oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Oʻquvchi-yoshlar orasida sport va milliy urf-odatlarimizni keng targʻib etish, pedagog-murabbiylarning jamoaviy ishlash koʻnikmalarini oshirish, taʼlim maskanlarining ayni yoʻnalishlarda oʻzaro tajriba almashish platformasini shakllantirish kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan ushbu keng koʻlamli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir Termiz, Xiva shahridagi Prezident maktablari mezbonligida davom etdi.

Ularda mezbon taʼlim maskanlari bilan birgalikda Nukus, Qarshi shahridagi Prezident maktablari oʻquvchilari va pedagoglaridan iborat jamoalar ishtirok etdi.

Festival doirasida sport mashg’ulotlari, science, robototexnika o’qituvchilari va maktab psixologlari tomonidan seminar-treninglar, madaniy-badiiy kechalar o’tkazildi. Taʼlim maskanlari jamoalari oʻrtasida qizgʻin bellashuvlar, milliy liboslar boʻyicha modalar koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtdi. Shu kabi turli madaniy-maʼrifiy, sport tadbirlarini oʻz ichiga olgan festival chinakam doʻstlik bayramiga aylanib ketdi.

Spirituality, Sport, Science, Socializing festivali Nurafshon shahridagi Prezident maktabi mezbonligida ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari
#Spirituality_Sport_Science_Socializing

"
SPIRITUALITY, SPORT, SCIENCE, SOCIALIZING" FESTIVALI YAKUNLANDI

Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablarida ilk bor Spirituality, Sport, Science, Socializing nomi ostida keng koʻlamli festival oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Oʻquvchi-yoshlar orasida sport va milliy urf-odatlarimizni keng targʻib etish, pedagog-murabbiylarning jamoaviy ishlash koʻnikmalarini oshirish, taʼlim maskanlarining ayni yoʻnalishlarda oʻzaro tajriba almashish platformasini shakllantirish kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan ushbu keng koʻlamli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir Nurafshon shahridagi Prezident maktabida boʻlib oʻtdi.

Yakuniy festivalda mezbon taʼlim maskani bilan birgalikda Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari va pedagoglaridan iborat jamoa ishtirok etdi.

Festival doirasida sport mashgʻulotlari, science, robototexnika oʻqituvchilari va maktab psixologlari tomonidan seminar-treninglar, madaniy-badiiy kechalar oʻtkazildi. Taʼlim maskanlari jamoalari oʻrtasida qizgʻin bellashuvlar, milliy liboslar boʻyicha modalar koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtdi.

Festival nihoyasida ikki taʼlim muassasasi oʻquvchilari va ustozlari oʻrtasida doʻstona aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida yangi hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga kelishib olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube