Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
70.6K subscribers
21K photos
2.63K videos
73 files
7.66K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik

⚡️Ijod maktabida OTM kafedrasi boʻlimi ochildi


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti masʼullari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida’’gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan muloqotda har ikki ta’lim muassasasining hamkorlikdagi istiqbolli rejalari muhokama qilindi, rejalar tuzib olindi.

Uchrashuv so‘ngida Abdulla Qodiriy ijod maktabi va universitet oʻrtasida memorandum imzolandi.

Shu munosabat bilan, ijod maktabida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik” kafedrasi bo’limi tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik

⚡️Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati va masʼul xodimlari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan tashkil etilgan muloqotda tomonlar taʼlim sohasida oʼzaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Universitet professor-oʻqituvchilari ishtirokida mahorat darslarini doimiy ravishda olib borish belgilab olindi.

Shuningdek, mehmonlar ijod maktabida yaratilgan zamonaviy ta'lim sharoitlari, o‘quv jarayoni, to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Uchrashuv doirasida ijod maktabida O‘zDJTU tarjimonlik kafedrasi filiali ochilish marosimi ham oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik

HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida’’gi qarori qabul
qilingan edi.

Qarorda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor–oʻqituvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ijod maktabi oʻquv jamoasi va Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi vakillari oʻrtasida boʻlgan muloqotda oʻzaro hamkorlik masalalari, istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida mehmonlar maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, sanʼat yoʻnalishidagi toʻgaraklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik

⚡️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘rtasida taʼlim yoʻnalishida hamkorlik oʻrnatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti oʻrtasida qo'shma qaror imzolandi.

Shu munosabat bilan ijod maktabida mazkur oliy taʼlim muassasasining "Jahon tillari va adabiyoti" hamda "O‘zbek tili va adabiyoti" kafedralarining filiallari tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qaror_ijrosi_amalda

IJOD MAKTABLARIDA BIZNES-TRENINGLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori
qabul qilingan edi.

Mazkur qarorda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarda o‘quvchilarining o‘z ijodiy faoliyatini tijoratlashtirishga o‘rgatish borasida ham chora-tadbirlar belgilangan.


Qaror ijrosi doirasida ijod maktablarida ayni yoʻnalishda biznes- treninglar, “Tadbirkor va yoshlar” uchrashuvlari, amaliy mashgʻulotlar tashkil etilmoqda.

Mazkur mashgʻulotlarda oʻquvchilar "Yoshlar kelajagimiz" jamg‘armasi vakillari, samarali faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan muloqotda boʻlib, soha qonunchiligi, ijodiy ishlarni tijoratlashtirish borasida kerakli maʼlumotlar va tavsiyalar olishmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari_tajribasi
#seminar_trening
#Qaror_ijrosi_amalda

PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASI OMMALASHTIRILMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-300-son qarorida Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar “tayanch maktablar” sifatida umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻqituvchilarini yangi ta’lim dasturlari, dars oʻtishning ilgʻor metodikalari va oʻquvchi bilimini baholashning zamonaviy usullariga oʻrgatib borishi belgilangan.


Mazkur qaror ijrosi doirasida hududlar kesimida umumta’lim maktablari rahbar xodimlari, oʻqituvchilari uchun Prezident, ixtisoslashtirilgan maktablari tajribasi, yangi ta’lim dasturlari, dars oʻtishning ilgʻor metodikalari va oʻquvchi bilimini baholashning zamonaviy usullariga oʻrgatishni koʻzda tutuvchi seminar-treninglar, mahorat darslari tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Xususan, Toshkent shahridagi Prezident maktabida poytaxtimizdagi umumtaʼlim maktablarining rahbar xodimlari, aniq va tabiiy fanlar oʻqituvchilari uchun "Taʼlimda biz birgamiz" shiori ostida ayni yoʻnalishda seminar-trening oʻtkazildi.

Seminarda xalqaro tajriba ega, malakali trenerlar tomonidan “Ta’limda zamonaviy boshqaruv tamoyillari”, “PISA – 2025. Tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetensiyalari”, “Oʻquvchilarda tanqidiy fikrlarni rivojlantirish”, “Tadqiqotga asoslangan taʼlim” kabi mavzularda taqdimotlar oʻtkazildi, interfaol usullarda oʻquv-amaliy mashgʻulotlar olib borildi.

Shuningdek, seminar doirasida umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbar xodimlari, aniq va tabiiy fanlar oʻqituvchilari uchun Prezident maktabi boʻylab ekskursiya tashkil etildi. Unda ishtirokchilar taʼlim muassasasida yaratilgan zamonaviy taʼlim sharoitlari, dars oʻtishning ilgʻor metodikalari va oʻquvchi bilimini baholashning zamonaviy usullari, dars jarayonlari, oʻquvchilar erishgan yutuqlar bilan yaqindan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube