Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.6K subscribers
17.1K photos
2.2K videos
70 files
6.4K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#PISA

OECD rahbariyati bilan PISA 2022 tadqiqoti natijalari va PISA 2025 jarayonlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirokida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT - OECD) bosh kotibining maxsus maslahatchisi, Ta'lim direksiyasi rahbari Andreas Shlyaher o‘rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda vazirlik mas'ullari, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Ta’lim masalalari bo‘yicha bosh tahlilchisi Tyu Xalgrin va maslahatchi Katerina Obvinseva ishtirok etishdi.


Mazkur uchrashuvda tomonlar quyidagi masalalarni muhokama qilishdi:

PISA 2022 tadqiqotida yuqori natijalarga erishgan davlatlar tajribasini o‘rganish hamda ular bilan ta’lim sohasida hamkorlikni mustahkamlash;
IHTT bilan hamkorlikda maktab direktorlari va o‘qituvchilarning salohiyatini rivojlantirish, o‘quv dasturlari va darsliklarni takomillashtirish, o‘qitish metodikalarini yaxshilash;
PISA 2025 tadqiqotiga muvaffaqiyatli tayyorgarlik ko‘rish hamda tadqiqot natijalari asosida tendensiyalarni tahlil qilish.

⚡️Shuningdek, onlayn uchrashuv davomida tomonlar ta'lim sohasida islohotlarni amalga oshirish va xalqaro hamkorlikni yangi darajaga olib chiqishda birgalikda ishlashga kelishib olishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#PISA

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Nodavlat ta’lim muassasalari assosiatsiyasi hamkorligida “PISA xalqaro tadqiqotlari doirasida milliy ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida ustozlar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ochib berdi va xalqaro tadqiqotlarning nodavlat ta'lim tizimini yanada rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Tadbirda Respublikamiz bo‘ylab 400 nafarga yaqin ustozlar ishtirok etdi hamda tizimni rivojlantirishga doir fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Konferensiya davomida mutaxassislar tomonidan:

Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun erishilgan natijalar asosida vazifalarni aniqlash,
milliy ta’lim tizimini rivojlantirish uchun ustuvor vazifalarni belgilash,
o‘quvchilar faoliyati va kadrlar tayyorlash ko‘rsatkichlarini yaxshilash.
maktabgacha va maktab sohasidagi ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish,
pedagoglar o‘rtasida sog‘lom raqobatni rag‘batlantirish kabi mavzularda so‘z bordi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM