Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
44.7K subscribers
17.9K photos
2.32K videos
70 files
6.66K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#diqqat_eʼlon
#Buxoro_viloyati

🤩 AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILADI

📆 Joriy yilning 7-fevral kuni soat 16:00da Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori A.Ubbiyev Buxoro shahridagi Prezident maktabida sayyor qabul oʻtkazadi.

Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad, aholining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida tezkor hal etish choralarini koʻrishdan iborat.

🗺 Sayyor qabul oʻtkaziladigan manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Muhammad Iqbol ko’chasi 1-uy.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul
#Buxoro_viloyati

BUXORO VILOYATIDA AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash, mavjud muammolarni o‘rganish va aholining fikr-mulohazalarini tinglash maqsadida Buxoro shahridagi Prezident maktabida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Unda 30 dan ortiq fuqaro ixtisoslashtirilgan ta’lim yo‘nalishiga oid murojaatlarini Agentlik direktoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish imkoniyatiga ega boʻldi.

Aksariyat murojaatlar mazmuni o‘quvchilar o‘qishini ko‘chirish, bo‘sh ish o‘rinlari yaratish va bandlikni taʼminlash, dars jarayonlarini yanada samarali tashkil etish, xalqaro tajribalarni o‘rganish imkoniyatlarini ko‘paytirish, xalqaro ta’lim grantlari bo‘yicha xabardorlikni oshirish masalalaridan iborat boʻldi.

Sayyor qabul davomida bildirilgan muammolarning aksariyatiga joyida yechim topildi. Yechimi vaqt talab qiladigan masalalar yuzasidan esa tegishli mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularni nazoratga olish belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Turon_yoʻlbarslari
#Buxoro_viloyati

🤩 Agentlikning Buxoro viloyatida joylashgan maktab oʻquvсhilаri oʻrtasida boʻlib oʻtgan “Тurоn yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi yakunlandi, unga ko’ra:

🥇Buxoro shahridagi Prezident maktabining “Yosh gvardiyachilar” jamoasi 1-oʻrin;

🥈Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktabning “Qalqon” jamoasi 2-oʻrin;

🥉Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Jaloliddin izdoshlari” jamoasi 3-oʻrinni qo’lga kiritdi.

🏆 Musobaqa so’ngida gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM