Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Bitiruvchilar_kengashi

⚡️ BITIRUVCHILAR KENGASHI YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida tizimdagi Bitiruvchilar kengashing 2024/2025-oʻquv yiliga oid faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Agentlik rahbariyati, masʼul xodimlari, Bitiruvchilar kengashi boshqaruv apparati ishtirok etgan yigʻilishda Kengash strategiyasidagi ustuvor masalalar, xususan, Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilari bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning takliflari asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish, maktab ta’limidan keyin egallangan kasbiy tajribalarini o‘quvchilarga yetkazish yoʻnalishlarida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar belgilab olindi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlik tizimidagi Bitiruvchilar kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruvchilar_kengashi

BITIRUVCHILAR KENGASHI: YANGI REJALAR MUHOKAMASI

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida tizimdagi Bitiruvchilar kengashing navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Agentlik masʼul xodimlari, Bitiruvchilar kengashi boshqaruv apparati, aʼzolari ishtirok etdi.

Yigʻilishda bitiruvchilar va maktab oʻquvchilari oʻrtasida aloqa va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, raqamli platformalar orqali oʻzaro aloqalarni rivojlantirish kabi yoʻnalishlarda boshlangan ishlar tahlil qilindi.

Muloqotda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish tartibi boʻyicha vebinar-treninglar, yuqori sinf oʻquvchilari va nufuzli oliygohlarga tahsil olayotgan bitiruvchilar bilan muloqotlar tashkil etish, Kengash elektron platformasida xalqaro dastur va loyihalarni doimiy e’lon qilib borish yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Shuningdek, bitiruvchilar va o‘quvchilar tomonidan ishlab chiqilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini jamlash, ularni o‘rganish, tahlil qilish, IT va muhandislik sohalaridagi ishlanmalarni baholash va xulosa tayyorlash boʻyicha tashabbuslar Kengash aʼzolari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM