Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
70.6K subscribers
21K photos
2.63K videos
73 files
7.66K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#qizlar_olimpiadasi_matematika
#Agentlik_bosqichi

2024-yil 1-mart kuni Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchi qizlari oʻrtasida matematika fanidan olimpiadaning Agentlik bosqichi boʻlib oʻtdi.

Ushbu olimpiada ikki bosqichda boʻlib, ishtirokchilar dastlab yozma ish topshirdi, keyingi bosqichda test sinovidan oʻtdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, 5-6-sinf, 7-8-sinf, 9-11-sinflar kesimida 1-,2-,3-oʻrinni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar taqdirlanadi hamda yuqori natija koʻrsatgan jami 30 nafar qatnashchidan Agentlikning qizlar terma jamoasi shakllantiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Turon_yoʻlbarslari
#Agentlik_bosqichi

⚡️IJOD MAKTABLARI OʻRTASIDA "TURON YOʻLBARSLARI" HARBIY-SPORT MUSOBAQASINING AGENTLIK BOSQICHI OʻTKAZILADI

Joriy yilning 2-3-may kunlari ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining Agentlik bosqichi Sirdaryo viloyatida joylashgan 532-safarbarlik chaqiruv rezervi batalyonida boʻlib oʻtadi.

Mazkur musobaqa ijod maktablarida Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qitilishining sifatini oshirish, o‘quvchilarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ong-u shuuriga Vatan himoyasi sharafli hamda muqaddas burch ekanligini chuqur singdirish kabi maqsadlarini oʻz ichiga olgan.

Agentlik bosqichida ijod maktablaridan saralangan 9 ta jamoa “Temur tuzuklari” bilimdoni, kamondan o‘q otish, qurolni to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish, sport qurolidan o‘q otish, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish kabi shartlar asosida oʻzaro bellashadi.

“Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi ishtirokchilari Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi vakillari tomonidan tantanali kutib olindi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga koʻra, har yili o‘quvchilar o‘rtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqalarini o‘tkazish belgilangan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Robo_coding
#Agentlik_bosqichi

🤩 "ROBO-CODING" OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI BOʻLIB OʻTMOQDA

🤖 Ayni paytda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Robo-Coding" olimpiadasining Agentlik bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

Olimpiadada hududiy bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 5–6-sinf va 9–11-sinf o‘quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etadi.

🏆 Olimpiada :
Robototexnika,
Muhandislik,
Dasturlash
yoʻnalishlarda boʻlib oʻtadi.

Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat va omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Robo_coding
#Agentlik_bosqichi

🤩 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI G‘OLIBLARINI TAQDIRLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Robo-Coding" olimpiadasining Agentlik bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir doirasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev "Maktablarda sun’iy intellektni o‘qitishning ahamiyati. Yangi avlodni sun’iy intellekt boshqaradigan dunyoga tayyorlash" mavzusida taqdimot qildi.


Unda sun’iy intellektning istiqboli va tarixi, turli sohalar rivojidagi o‘rni haqida, qolaversa, "Sun’iy intellektni o‘rgatish qanday foyda beradi?", "Sun’iy intellektni ta’limda qanday joriy qilish mumkin?" singari bir qancha savollarga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuvda mazkur olimpiada ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari bilan bir qatorda Agentlik faoliyati bilan bog‘liq taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#STEM_olimpiadasi
#Agentlik_bosqichi
#birinchi_kun

⚡️STEM fanlari boʻyicha olimpiadaning Agentlik bosqichi oʻtkazilmoqda

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar oʻrtasida STEM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

📶 Olimpiada matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, science fanlari bo‘yicha 3 bosqichda: yozma ish, test va laboratoriya ishi shaklida oʻtkazilmoqda.

💫 Natijalar markazlashgan holda Toshkent shahrida Hakamlar hayʼati tomonidan tekshiriladi va gʻoliblar aniqlanadi.

🗣Maʼlumot uchun, shu yilning 15-mart kuni STEM fanlari bo‘yicha Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari oʻtkazilgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#STEM_olimpiadasi
#Agentlik_bosqichi
#ikkinchi_kun

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar oʻrtasida STEM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi davom etmoqda.

📸 Jarayondan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#STEM_olimpiadasi
#Agentlik_bosqichi
#ikkinchi_kun

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar oʻrtasida STEM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi yakunlandi.

📶 Ikki kun davom etgan mazkur olimpiada matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, science fanlari bo‘yicha 3 bosqichda: yozma ish, test va laboratoriya ishi shaklida oʻtkazildi.

🗣Maʼlumot uchun, shu yilning 15-mart kuni STEM fanlari bo‘yicha Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari oʻtkazilgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM