Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
49.5K subscribers
20.4K photos
2.6K videos
72 files
7.47K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Abdulla_Oripov_tavalludining_80_yilligi

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli shoir, O‘zbekiston Qahramoni, Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan "Abdulla Oripov zamondoshlari orasida" nomli adabiy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari, shoira, Xurshida Vahobjon qizi, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi Matluba Yusif oxun, shoira Sadoqat Ne'matova, ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatovalar ishtirok etib, Abdulla Oripovning betakror ijodiy merosi, uning vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuyg‘usini madh etgan yetuk badiiy asarlari, sermazmun hayoti va ijtimoiy faoliyatining xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtaldilar.
Tadbir davomida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari tomonidan adib ijodidan namunalar o‘qildi, she'rlari asosida yaratilgan qo‘shiqlar ijro etildi.
#Abdulla_Oripov_xotirasiga

✍️ O‘zbekiston Qahramoni va xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Qashqadaryo viloyatida “Nazm dorilfununining buyuk shoiri” mavzusida xotira kechasi tashkil etildi.

Батафсил👇

https://telegra.ph/Nazm-dorilfununining-buyuk-shoiri-03-19
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Oripov

"O‘zbekiston, vatanim manim"

O'zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o'ziga xos tuhfa tayyorlashdi.

Videolavhada shoirning "O‘zbekiston, vatanim manim" she`ri ijrosini tinglab, tomosha qilishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Oripov_tavalludining_80_yilligi
#Ijod_maktablari

ABDULLA ORIPOV TAVALLUDINING 80 YILLIGIGA BAG'ISHLANGAN TADBIRDA IJOD MAKTABI O'QUVCHILARI ISHTIROK ETISHDI

Bugun, 10-dekabr kuni O'zbekiston qahramoni Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag'ishlab, Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

⚡️Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ham o'z badiiy chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

🔸Tadbir O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat vazirligi hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida shoir xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilgan. Unda Abdulla Oripov xotirasiga bag'ishlangan badiiy chiqishlar o'rin olgan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Oripov_tavallud_topgan_kun

☑️Bugun, 21-mart Oʻzbekiston qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavallud topgan kun

📌Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi tomonidan shoir tavalludining 81 yilligiga bagʻishlab tayyorlangan videorolik.

☑️ Sirojiddin Sayyid "Ehtirom" sheʼri.

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi

ABDULLA ORIPOV TUGʻILIB OʻSGAN GOʻSHALARGA SAYOHAT

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari ustozlari boshchiligida Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tugʻilib oʻsgan goʻshalarga sayohat qildi.

Atoqli shoir tavalludining 83 yilligi oldidan va adabiyot haftaligi doirasida tashkil etilgan sayohat Qarshi shahrida Abdulla Oripov yashagan uydan boshlandi. Shundan soʻng Koson tumani "Nekoʻz" qishlogʻida joylashgan 44-umumtaʼlim maktabiga borildi. Ijod maktabi oʻquvchilari Abdulla Oripov tahsil olgan ushbu taʻlim maskani va undagi muzeyda shoir hayoti va ijodi haqida soʻzlovchi eksponatlar bilan tanishdi.

“Nekoʻz” moʼjazgina qishloq boʻlib, shoirning bolalik damlari kechgan, unga ilhom baxsh etgan maskan. Qoʻngʻirtov etagida joylashgan soʻlim qishloq sayohatchilarda iliq taassurot qoldirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube