Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
74.3K subscribers
21K photos
2.64K videos
73 files
7.67K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Сўнгги_қўнғироқ
#Prezident_maktablari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablarida ''So'nggi qo'ng'iroq'' tadbirlari o'tkazildi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabida o'tkazilgan ''So'nggi qo'ng'iroq'' tadbirini Agentlik direktori Hilola Umarova ochib berdi. Agentlik rahbari bitiruvchi o'quvchilarni samimiy tabriklab, ularga muvaffaqiyat tiladi.

Nukus shahridagi Prezident maktabida o'tkazilgan tadbir o'quvchilar tomonidan tayyorlangan milliy ruhdagi kuy va qo'shiqlar bilan qiziqarli o'tkazildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida o'tkazilgan
bayram tadbiriga bitiruvchilar ota-onalari va ko'plab mehmonlar tashrif buyurishdi. O’quv yilini a’lo natijalarga tugatgan bitiruvchilarga tashakkurnomalar taqdim etildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabida o'tkazilgan ''So'nggi qo'ng'iroq'' tadbiri ko’tarinki ruhda o’tdi. O’quvchilari tomonidan tayyorlangan kuy va qo'shiqlar yig’ilganlarda alohida taassurot qoldirdi.
#Prezident_maktablari
#Сўнгги_қўнғироқ

Prezident maktablari bitiruvchilari uchun tashkil etilgan madaniy tadbirlar doirasida o'quvchilar O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muzeyida bo'lishdi.

Tashrif davomida o'quvchilar atoqli adiblar hayot yo'li va ular tomonidan yaratilgan asarlar bilan tanishishdi.

Bundan tashqari, o'quvchilar uchun Adiblar xiyoboni bo'ylab ekskursiya tashkil etildi.
______
📍Ma'lumot uchun, joriy yilda Toshkent shahridagi Prezident maktabida 24 nafar, Xiva shahridagi Prezident maktabida 24 nafar, Namangan shahridagi Prezident maktabida 22 nafar va Nukus shahridagi Prezident maktabida 22 nafar bitiruvchi o‘qishni bitirdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari
#Сўнгги_қўнғироқ

🔴Ayni damda Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi Prezident maktablari oʻquvchilarning bitiruv oqshomi boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu bitiruv oqshomida Prezident taʼlim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova, Cambridge Assessment International Education tashkilotining Ta'lim yo'nalishi boʻyicha bosh maslahatchisi Steve King ishtirok etdi va oʻquvchilarga katta hayot yo’lida oq yoʻl tilashdi.

Bitiruv kechasi tadbirida Prezident maktablarining bitiruvchilari sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

📌Eslatib oʻtamiz, bu yil Nukus, Xiva, Namangan hamda Toshkent Prezident maktablarini 92 nafar oʻquvchi bitirmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
#Сўнгги_қўнғироқ_таассуротлари

Bugun maktab bitiruvchilari uchun unutilmas kun. Ular jonajon maktabi quchogʻidan uchirma boʻlib, katta hayot va oldiga qoʻygan kelajak maqsadlari sari ilk qadamlarini qoʻyishmoqda.


Biz ham vazirlik jamoasi bilan poytaxtimizdagi 86-maktabda oʻtkazilgan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirida qatnashdik. Tadbir avvalida oʻqib berilgan Davlatimiz rahbarining maktab bitiruvchilariga yoʻllagan bayram tabrigi oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Oʻquvchilar Prezidentimiz tomonidan bildirilgan ezgu tilak va ishonchni oqlash uchun barcha imkoniyatlardan unumli foydalanishga soʻz berishdi.


Men ham bitiruvchilarni bugungi unutilmas kun bilan samimiy tabrikladim hamda katta hayot ostonasida turgan oʻquvchi-yoshlarga ulkan muvaffaqiyatlar tiladim.

Maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilari menda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, bu yil maktabning 4 nafar oʻquvchisi oltin, 2 nafari kumush medallar bilan taqdirlanishini eshitib quvondim. Maktabning iqtidorli 2 nafar oʻqituvchisini “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirladik.

“Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbiridan keyin maktab pedagogik jamoasi bilan uchrashdim hamda ularning taʼlim sifatini oshirish hamda oʻquvchilarning maʼnaviy kamolotini yanada yuksaltirish borasidagi takliflari bilan oʻrtoqlashdim.

Ushbu oʻquv yilida yangicha baholash tizimi asosida tahsil berishni boshlagan maktabda oʻtgan vaqt mobaynida oʻquvchilarning bilim va davomat koʻrsatkichlari sezilarli darajada yaxshilanganligi tizim rahbari sifatida menga katta quvonch ulashdi.

#Сўнгги_қўнғироқ

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirida ishtirok etdi

Bugun vazir Hilola Umarova Toshkent shahridagi 91-maktabda “Ilm — eng buyuk sharaf” shiori ostida tashkil etilgan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirida qatnashdi.

Tadbir avvalida vazir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchilarga tabrigini oʻqib eshittirdi hamda katta hayot yoʻliga qadam qoʻyayotgan yoshlarga omad va muvaffaqiyat tiladi.


📊 Ma’lumot o’rnida: mazkur maktabni joriy oʻquv yilida 126 nafar oʻquvchi bitirmoqda hamda ularning 25 nafari xalqaro va milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritishgan.

Quvonarlisi, maktabning 10 nafar bitiruvchi yoshlari muddatidan oldin oliy taʼlim muassasalari talabasi boʻlishdi. Xususan, maktab oʻquvchisi Jasmina Boltayeva bir vaqtning oʻzida 14 ta xorijiy, xususan Kolumbiya, Ilinoys kabi oliygohlarga talabalikka tavsiya etildi.

❗️Kuni kecha Prezidentimiz bilan Sloveniyada koʻrishgan va kelajakdagi sunʼiy intellekt loyihalarini rivojlantirmoqchi boʻlgan Lyublyana universiteti talabasi Shahriyor Isxakov ham oʻtgan oʻquv yilida aynan shu maktabni bitirgan.


Maktabning 20 nafar oʻqituvchisi milliy va xalqaro sertifikatga ega boʻlgan boʻlsa, 4 nafar pedagog soʻnggi ikki yil davomida Vazir jamgʻarmasidan ustama olib kelishmoqda.

🔰 Vazir tadbir davomida ota-onalarga murojaat qilar ekan:

“Har bir ota-ona farzandining kelajakda baxtu kamolini koʻrishni istaydi, buning uchun maktab davrida ularni taʼlim olishlari bilan birga, buyuk ajdodlarimizga munosib avlod, Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari etib tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratishlarini soʻrab qolaman”,— dedi.


🌐 Tadbir doirasida maktabning bir guruh ustozlari “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating:
❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM