Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
46.6K subscribers
17.3K photos
2.24K videos
70 files
6.47K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Hokim_va_yoshlar_uchrashuvi
#Prezident_maktablari

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabida Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev bilan "Hokim va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida bitiruvchi sinf o‘quvchilari viloyat hokimiga o‘zlarini qiziqtirgan savollari hamda takliflari bilan murojaat qilishdi.

❗️
Shuningdek, Akmaljon Mahmudaliyev maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, dars jarayonlari, laboratoriya mashg‘ulotlari hamda robototexnika xonalari bilan yaqindan tanishdi.

⚡️Viloyat hokimi Guliston shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilarini erishgan yutuqlari bilan samimiy tabriklab, hokimlik tomonidan Samarqand va Buxoro viloyatlari uchun 50 kishilik 2 kunlik bepul sayohat vaucherini taqdim etdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ijod_maktablari

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "CHANGEMAKERS" loyihasi doirasida "Debate club" musobaqasining birinchi bosqichi bo'lib o'tdi.

Unda maktabning 9-sinf o'quvchilari "Should students be allowed to grade teachers?" mavzusida muhokama olib bordilar.

Jamoalar hakamlar hay'ati tomonidan baiolab borildi va g'olib chorak finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

❗️Ma'lumot o'rnida, ushbu musobaqa ingliz tilida olib boriladi. Bunda o'quvchilarning ingliz tilida o'z fikrlarini erkin ifoda etish ko'nikmalarini rivojlantirish maqsad qilingan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ўзбегим_журнали
#Ijod_maktablari

📣Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi tomonidan tayyorlanadigan "O'zbegim" adabiy-badiiy jurnalining navbatdagi soni chop etildi.

Unda maktab o'quvchilarining ijod namunalaridan bahramand bo'lishingiz mumkin.

❗️"O'zbegim" ning mazkur soni O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqovaning xotirasiga bag‘ishlandi.

👉 Jurnalning to'liq varianti bilan mazkur havola orqali tanishishingiz mumkin.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari

🔰21-fevral - Xalqaro ona tili kuni munosabati bilan Namangan shahridagi Prezident maktabida "Ona tilim - faxrim, g'ururim" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Unda o'zbek tili bilan bir qatorda xorijlik mutaxassislarning o'z ona tillariga hurmat va sadoqatlari, ona vatanlariga cheksiz muhabbat va sog'inch tuyg'ulari aks etgan dastur namoyish etildi.

❗️Tadbir davomida O'zbekiston, Hindiston, Fillipin, Janubiy Afrika, Yangi Zenlandiya davlatlarining madaniyati, tabiati va tili haqida ko'plab ma'lumotlar berildi hamda ko'rgazmaviy chiqishlar namoyish qilindi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro hamkorlar bilan taʼlim sifatini oshirish imkoniyatlari muhokama etilmoqda

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan UNICEF, Ta'lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti (GPE) hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 2023-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida taʼlim islohotlarini muvofiqlashtiruvchi "Hamkorlik to‘g‘risidagi milliy kelishuv"ni ishlab chiqish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda vazirning birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxodjayev, UNICEFning Ta’lim sektori rahbari Alberto Biankoli, Taʼlim boʻyicha global hamkorlik tashkilotining mamlakat guruhi rahbari Lina Benet va boshqa bir qator tashkilotlar vakillari ishtirok etishmoqda.

Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad:

▶️Taʼlim sifatini oshirish imkoniyatlarini va kamchiliklarni aniqlash orqali yakuniy xulosalar chiqarish;
▶️“Hamkorlik toʻgʻrisidagi milliy kelishuv” hujjatida aks etuvchi tizimli islohotlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari va investitsiyalarning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash;
▶️“Hamkorlik toʻgʻrisidagi milliy kelishuv”ning tarkibiy tematik yoʻnalishlari boʻyicha indikatorlarni ishlab chiqishdan iborat.

📅Davra suhbati ikki kun davom etadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram