Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
44.4K subscribers
18.1K photos
2.33K videos
70 files
6.69K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Сўнгги_қўнғироқ
#Prezident_maktablari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablarida ''So'nggi qo'ng'iroq'' tadbirlari o'tkazildi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabida o'tkazilgan ''So'nggi qo'ng'iroq'' tadbirini Agentlik direktori Hilola Umarova ochib berdi. Agentlik rahbari bitiruvchi o'quvchilarni samimiy tabriklab, ularga muvaffaqiyat tiladi.

Nukus shahridagi Prezident maktabida o'tkazilgan tadbir o'quvchilar tomonidan tayyorlangan milliy ruhdagi kuy va qo'shiqlar bilan qiziqarli o'tkazildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida o'tkazilgan
bayram tadbiriga bitiruvchilar ota-onalari va ko'plab mehmonlar tashrif buyurishdi. O’quv yilini a’lo natijalarga tugatgan bitiruvchilarga tashakkurnomalar taqdim etildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabida o'tkazilgan ''So'nggi qo'ng'iroq'' tadbiri ko’tarinki ruhda o’tdi. O’quvchilari tomonidan tayyorlangan kuy va qo'shiqlar yig’ilganlarda alohida taassurot qoldirdi.
#Statistika_qabul
#Qabul_2022

🔰Agentlik tizimidagi maktablarga qabul yuzasidan ariza.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 18-iyun soat 11:00 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari

⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Nukus, Xiva va Namangan shaharlaridagi Prezident maktabi bitiruvchi o'quvchilari Toshkent shahriga yetib kelishdi.

✔️ Ertaga Toshkent shahridagi Prezident maktabida Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari bitiruvchi o'quvchilari ishtirokida ''Bitiruv oqshomi'' o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbir jarayonlarini ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali yoritib boramiz.

#Nukus #Xiva #Namangan #Toshkent

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Bitiruvchi_2022
#Prezident_maktablari

Prezident maktablari bitiruvchilari uchun “Yangi O’zbekiston” bog’iga ekskursiya tashkil etildi.


#Bitiruv_oqshomi #Янги_Ўзбекистон

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube.
#Prezident_maktablari
#Bitiruvchi_2022

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari bituruvchilari bugun Prezident universitetida boʻlishdi.

4 ta Prezident maktablari bituruvchilari uchrashuv davomida universitet faoliyati, o'quv xonalari, qo'lga kiritilgan yutuqlar hamda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Shuningdek, bitiruvchi o'quvchilar uchun Prezident universiteti bo'ylab ekskursiya tashkil etildi.

📌Ma'lumot uchun, bitiruvchilarning 65% dan ortiqrog'i Prezident universitetida o‘qish taklifini bildirdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari
#Сўнгги_қўнғироқ

Prezident maktablari bitiruvchilari uchun tashkil etilgan madaniy tadbirlar doirasida o'quvchilar O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muzeyida bo'lishdi.

Tashrif davomida o'quvchilar atoqli adiblar hayot yo'li va ular tomonidan yaratilgan asarlar bilan tanishishdi.

Bundan tashqari, o'quvchilar uchun Adiblar xiyoboni bo'ylab ekskursiya tashkil etildi.
______
📍Ma'lumot uchun, joriy yilda Toshkent shahridagi Prezident maktabida 24 nafar, Xiva shahridagi Prezident maktabida 24 nafar, Namangan shahridagi Prezident maktabida 22 nafar va Nukus shahridagi Prezident maktabida 22 nafar bitiruvchi o‘qishni bitirdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube