Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
46.1K subscribers
17.4K photos
2.25K videos
70 files
6.5K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Xalqaro ta'lim forumi doirasida Agentlik tizimidagi hamda umumta'lim maktablari o'qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etildi

“Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” ta’lim forumining amaliyotga bag’ishlangan qismi qanday o’tdi?

👩🏻‍🏫👨🏼‍🏫Xorijiy va mahalliy ekspertlar tomonidan tashkil etilgan, “O'qituvchilar o'qituvchilar uchun” shiori ostida o'tgan ushbu mahorat darslari haqida saytimizda batafsil tanishishingiz mumkin.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

Jemal Yildiz,
Turkiya Milliy ta'lim vazirligi Oliy va xorijda ta'lim va xalqaro aloqalar bo’yicha bo’lim boshlig’i

🔸Forum doirasida Prezident ta’lim muassasalari agentligi bilan o’zaro anglashuv memorandumini imzoladik. Mazkur memorandum ikki tomonlama hamkorlik aloqalarimizni yanada kuchaytiradi, deb umid qilaman.

🔸Men Samarqanddagi Prezident maktabida bo'ldim, aytish mumkinki, maktab juda chiroyli loyihaga ega. O’quvchilar ham juda aqlli. Ularning ertaga O’zbekiston taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shishlariga ishonaman.

🔸Biz Turkiya tomoni sifatida Prezident ta’lim muassasalari agentligi bilan talabalar almashinuvi va boshqa bir qancha sohalarda hamkorlik qilish niyatidamiz.
#Uchrashuv
#Prezident_maktabi
#Ijod_maktablari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Agentlik tizimidagi Qarshi shahridagi Prezident maktabi va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurdi.

🔰Uchrashuvlar davomida ijod maktabida amalga oshirilgan ishlar, xususan, yangi o'quv xonalari, maktab binosi maydonida barpo etilgan ijod maskani va rekonstruksiya qilingan O'zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov muzeyi bilan tanishdi.

🔸O'z faoliyatini boshlagan dramaturgiya, web-dizayn, musiqa, ijodkorlik, kompyuter grafikasi, audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash to'garaklari hamda zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan mediya markaz faoliyatini kòzdan kechirdi va o'z tavsiyalarini berdi.

✔️Shuningdek, Agentlik rahbari shu kuni Qarshi shahridagi Prezident maktabida bo’lib, o’quvchilar bilan suhbatlashdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

Shanmugam Moorthi,
Team Coach International tashkiloti rahbari (Malayziya)

-Forum doirasida taklif etilgan mehmonlar bilan bilim va tajriba almashinuvi juda ajoyib bo’ldi. Shuningdek, forum yakuniga bag’ishlangan konsert ham esda qolarli bo’ldi.

-Prezident maktablari tashabbusi, umuman O’zbekiston ta’lim tizimi boshqalar uchun ham o’ziga xos modelga aylana oladi.

-Biz Prezident ta’lim muassasalari agentligi bilan o’zaro hamkorlik istiqbollari, shuningdek o’qituvchilar, o’quvchilar va rahbar kadrlar uchun seminar-kurslari tashkil etish masalalarini muhokama qildik.
#Forum_statistika
#Press_infografika

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro ta’lim forumi mahalliy va xorijiy OAV nigohida.
#Ijod_maktablari

⚡️Bugun, 27-noyabr kuni Agentlik tizimidagi Erkin Vohidov ijod maktabida “Erkin Vohidov - zamonaviy o’zbek adabiyotining yorqin namoyondasi” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o’tkazilmoqda.

🔰Mazkur anjuman O’zbekiston qahramoni Erkin Vohidov tavalludining 85 yilligiga bag’ishlangan. Tadbir gibrid shaklda Prezident ta’lim muassasalari agentligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi va Farg’ona viloyat hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

📌Tadbirga tilshunos va adabiyotshunos olimlar, ijod maktabi o’qituvchilari va o’quvchilari,
shuningdek mustaqil tadqiqotchilar taklif etilgan.
#Faxrimiz
#Xushxabar

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi Fayzullayev Maqsadbek AQSH da joylashgan Arizona universitetiga o’qishga qabul qilindi.

📌Ma'lumot o'rnida, ushbu universitet dunyoning TOP 100 universitetlaridan biri hisoblanadi.

🔸Maqsadbek shu kungacha Buyuk Britaniyada joylashgan Manchester universiteti, Lids va Birmingham universitetlari hamda Liverpool universitetlariga o’qishga qabul qilingan edi.
__
Fayzullayev Maqsadbek, a graduate pupil of the Presidential School in Tashkent has been admitted to the University of Arizona. For information, this university is among TOP 100 universities in the world.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yangi O’zbekiston ta’limi: islohotlar yo’lida muvaffaqiyatli hamkorlik” xalqaro ta’lim forumining 1-kunidan lavhalar.
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | Янги Ўзбекистонда таълимнинг янги босқичи
#28nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
#Xushxabar
#Faxrimiz

⚡️TOSHKENT SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABINING 8-SINF O‘QUVCHISI XALQARO "VANDA" TANLOVIDA G'OLIBLIKNI QO'LGA KIRITDI.

🔸Ma'lumot o'rnida, "Vanda" tanlovi har yili 3-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo'lib o'tadi. Ushbu tanlov o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, o'quvchilarning, shuningdek' tabiatshunoslik, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo'yicha bilimi sinovdan o'tkaziladi.
_____
⚡️A pupil of the Presidential School in Tashkent won the international competition Vanda.

🔸Vanda is an International Science Competition held annually around the globe. It focuses on the student's ability to think critically and creatively to pick out hidden information to aid them in solving the question.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

Martin Seviour,
Nottingham Trent universiteti PEAP (Akademik maqsadlar uchun yo’naltirilgan ingliz tili) dasturi rahbari

- Biz mazkur xalqaro ta'lim forumi doirasida o'zaro fikr almashishga muvaffaq bo'ldik. Aytish mumkinki, forum juda yaxshi tashkil etilgan, xalqaro darajaga ega.

- Tadbir so'ngida Prezident ta'lim muassasalari agentligi bilan o'zaro anglashuv memorandumini imzolab, kelajakdagi hamkorlik masalalarini kelishib olganimizni alohida ta'kidlab o'tmoqchiman.

- Biz Agentlik bilan Agentlik tizimidagi maktablarning ingliz tili o'qituvchilari uchun kasbiy rivojlantirish kurslarini tashkil etish, xususan EAP (English for Academic Purposes) yuzasidan hamkorlik qilish niyatidamiz.

-O'zbekistonga ilk bora 1994-yilda kelganman, hozirda shu vaqt mobaynida sodir bo'lgan o'zgarishlarga guvoh bo'lib turibman.
#Forum
#Aks_sado

⚡️Forum doirasida mehmonimiz bo’lgan Germaniyaning TUM International tashkiloti rahbari Frederika Hettingerning taassurotlari...

U o'zining LinkedIn sahifasida Agentlik tomonidan tashkil etilgan "Yangi O'zbekiston ta'limi: islohotlar yo'lida muvaffaqiyatli hamkorlik" xalqaro ta'lim forumi haqida so'z yuritgan...

https://www.linkedin.com/posts/friederike-hettinger-91201380_entrepreneurship-activity-6869577479992958976-dz2i