Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.2K subscribers
17.1K photos
2.21K videos
70 files
6.42K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Xalqaro_uchrashuv

Cambridge Assessment tashkilotining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bosh maslahatchisi – Stiv King Toshkent shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif doirasida Agentlik bilan xalqaro IGCSE, AS va A Level imtihonlarini topshirish yuzasidan muzokara olib borildi.

🔸Agentlik axborot xizmati Mr.Stiv King bilan ta’lim istiqboliga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan rejalar haqida suhbatlashdi.

⚡️Endilikda Kembridj Xalqaro imtihonlarini nafaqat Prezident maktablari ta’lim oluvchilari, balki Respublikamizdagi barcha davlat va nodavlat ta’lim muassasalari ta’lim oluvchilari ham topshira olish imkoniyati yaratilmoqda.

📌 Bu haqida saytimizda batafsil tanishishingiz mumkin.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruvchi_2021

🎥Prezident maktablarining bitiruvchilari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida. Bu haqida Mening Yurtim telekanalining "Hudud" informatsion dasturida lavha namoyish etildi.
——
🎥
Graduates of Presidential schools are in the Legislative Chamber of the Oliy Majlis. A report about this was shown in the information program "Hudud" of "Mening Yurtim" TV channel.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident maktablarining ilk bitiruvchilari bilan Davlat boshqaruv akademiyasida ochiq muloqot o‘tkazildi.

🎥 Bu haqda Hudud informatsion dasturida maʼlumot berildi.
Президент Шавкат Мирзиёев Янги Ўзбекистон университети бўйича тақдимот билан танишди.
Бу университетда таълим жараёни дунёнинг энг нуфузли олий ўқув юртлари билан ҳамкорликда ташкил этилади. Унда 5 та – муҳандислик, табиий фанлар, бошқарув, агротехнологиялар ва ахборот технологиялари факультетлари бўлади.
Давлатимиз раҳбари қабул ва таълим жараёнини сифатли ташкил этиш бўйича кўрсатмалар берди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией об университете «Новый Узбекистан».
Образовательный процесс в новом университете будет организован совместно с ведущими вузами мира. В нем будут пять факультетов – по инженерному делу, естественным наукам, менеджменту, агротехнологиям и информационным технологиям.
Глава государства дал указания по качественной организации процессов приема и обучения.

#Mirziyoyev #taqdimot #oliytalim #universitet

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Аxborot 24 | Yangi Oʻzbekiston universitetiga asos solindi.
#Qabul_2021

❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar 1-20 iyul kunlari portal.piima.uz sayti orqali topshiriladi.

🔹Nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
▶️ Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 7- va 8- sinflarga
▶️ Mirzo Ulug‘bek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 7- va 8- sinflarga
▶️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan axborot texnologiyalari maktabiga esa 5-sinf hamda 10- sinfga o'quvchilar qabul qiladi.

Hujjatlar:
- elektron ariza;
- tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi elektron nusxasi;
- 3x4 o‘lchamdagi rasm (oxirgi 2 oy davomida tushirilgan);
- 2020-2021 o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan elektron nusxasi;
- ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (qonuniy vakillari) fuqarolik pasporti ma’lumotlari (qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi notarial hujjat); telefon raqamlari.
#Jonli_efir

🔴 Qabul yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy web-saytimizga kelib tushgan murojaatlarga jonli efirda javob berishda davom etamiz.

👉15:00 da Agentlikning YouTube kanali orqali bizni kuzating.

❗️Bugungi jonli efirda ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul yuzasidan ham ma'lumot beriladi.

———
🔴 Questions about admission on social networks and official website will be answered live.

👉Watch the live broadcast on the Agency's YouTube channel at 15:00

❗️Admission to specialized schools will also be broadcast live today.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Statistika_qabul

🔰Prezident maktablariga qabul yuzasidan portal.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 24 - iyun soat 12:00 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz sinflar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ham ma'lumotga ega bo'lasiz.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamda “TUM International GmbH” tashkiloti o‘rtasida shartnoma imzolandi.

🔹Mazkur shartnomada Myunxen Texnika Universitetida 24 yil davomida rektorlik qilgan Wolfgang Herrmann “Yangi O‘zbekiston” universitetining “Faxriy рrezidenti” bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Shu bilan birga, mazkur hamkorlik asosida o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, ta’lim sifatini nazorat qilish hamda laboratoriya va kutubxonalarni kerakli asbob-uskunalar bilan ta’minlashda amaliy ko‘mak berish maqsad qilib olingan.

🔹Shuningdek, TUM international GmbH tashkiloti boshqaruv direktori Friederike Hettinger bilan imzolangan shartnoma asosida, tashkilot Universitet boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqish hamda Universitetga tajribali olim va professorlarni jalb qilish jarayoniga o‘z hissasini qo‘shadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident maktabining ilk bitiruvchilari - "Yangi Oʻzbekiston" universitetining ilk talabalari

🎥 Bu haqida Oʻzbekiston 24 telekanalining "Yangiliklar24" dasturida xabar qilindi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videobayonot #Qabul_2021

Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga ham hududiy mansublik asosida hujjat topshiriladimi? Masalan, men Andijonda o'qiyman, Toshkentdagi ijod maktabiga ariza topshira olamanmi?
Ha, topshira olasiz. Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda hududiy mansublik e'tiborga olinmaydi.

Prezident maktablariga kirish pullik, o'rinlar oldindan band qilingan, degan gaplar yuribdi. Bu to'g'rimi?
Bunday gaplarning bari asossiz. Prezident maktablariga kirish uchun pul talab qilinmaydi. Eslatib o'tamiz, noto'g'ri ma'lumot tarqatganlik uchun qonuniy javobgarlik mavjud.

Prezident maktabiga ariza topshirgandan keyin xatolik aniqlansa va ariza berilgan 2 kun vaqt ichida to'g'rilanmasa, rad etiladimi?
Ha, bunday holatda talabgorning arizasi rad etiladi. Shuning uchun tahrirga berilgan arizani 48 soat ichida to'g'rilab, qayta jo'natish lozim.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube