Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.7K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Qabul_2021

📆 Prezident va ijod maktablariga hujjatlar qabuli 5 - 25 IYUN kunlari bo'lib o'tadi.

👉 Hujjatlar portal.piima.uz sayti orqali ONLINE qabul qilinadi.

✔️Prezident maktablari uchun ma'lumotnoma (anketa)ni yuklab olish: portal.piima.uz ➡️ Maktabga qabul ➡️ Ma'lumotnoma (Anketa)

❗️portal.piima.uz ga yuklanadigan fayl (hujjat) formatlari : jpeg, jpg, png, gif

☎️ Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirish va qabul bo'yicha savollaringizga 1206, (71) 207-72-22 raqamlariga qo'ng'iroq qilib, javob olishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Fotojamlanma #Festival

3-iyun kuni HUAWEI kompaniyasining O‘zbekistondagi vakili Liu Jiaxin ishtirokida “Al-Xorazmiy avlodlari” festivali bo'lib o'tdi.

Prezident, Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova festivalni ochib berib, ishtirokchilarni tabrikladi:
- Tashkil etilgan mazkur festivalda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari o‘zlarining loyihalari bilan qatnashishmoqda. O’ylaymanki, bugungi festival o‘quvchilarimizning nafaqat o‘z mehnat va iqtidorlarini namoyish etish, balki o‘zaro fikr almashishlariga ham imkon yaratdi. Aytib o‘tish kerakki, Huawei kompaniyasi yoshlarni axborot-texnologiyalari sohasiga qiziqtirishni doimo rag‘batlantirib kelmoqda. Bu kabi hamkorlikda olib borayotgan ishlarimiz yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirishda katta ahamiyatga ega. Ushbu festival ishtirokchilarini tabriklayman, kelgusidagi yangidan yangi loyihalarida omad tilayman.

📌 Mazkur Festivaldan fotojamlanma taqdim etamiz.
#3_savolga_3_javob

Farzandlarim Britaniyadagi maktabda o‘qishadi. Yaqinda O‘zbekistonga qaytmoqchimiz. Biz ham Prezident maktabiga hujjat topshirsak bo‘ladimi?
🔰Xorijda o‘qigan o‘quvchi talabgorlar ota-onasi doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzili bo‘yicha hujjat topshirishi mumkin. Bunday hollarda hujjatlar tarjima qilinishi lozim.

O‘quvchilarga imtihon kuni sharoit yaratib beriladimi? Zarur o‘quv qurollari bilan ta'minlanadimi (masalan ruchka, qalam, masalalarni yechish uchun qoralama qog‘oz)? Yoki o‘quv qurollarini o‘quvchi o‘zi bilan olib kelishi kerakmi?
🔰Imtihon kunida har bir o‘quvchi uchun belgilangan joy bo‘ladi. Talabgorga suv, qalam, o‘chirg‘ich agentlik tomonidan beriladi.

Hujjatlarni topshirishda indentifikator parol so‘rayapti, uni qayerdan olaman?
🔰Hujjat topshirib bo‘lganingizdan so‘ng sizning telefon raqamingizga ID raqam sms xabar bo‘lib keladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Маҳаллий ОАВ биз ҳақимизда

🔅uza.uz Қабул жараёнларига тайёргарлик қандай кетмоқда?
🔅Kun.uz Қайси ҳолларда Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактабларга ҳужжатлар қабул қилинмаслиги маълум бўлди
🔅Kun.uz Янги ўқув йилида ижод мактабларининг қайси синфларига ўқувчи қабул қилиниши ҳақида маълумот берилди
🔅bugun.uz Президент мактабларига қабул вақтида баллар тенг келиб қолса, қандай йўл тутилади?
🔅bugun.uz Президент мактабларига ҳудудлар кесимида қайси синфлар учун қабул квоталари белгилангани айтилди
🔅bugun.uz Ўзбекистонда ижод мактабларига қабул кунлари ва кириш имтиҳони тартиби маълум бўлди
🔅Uza.uz Ихтисослаштирилган мактабнинг дастлабки қалдирғочлари
🔅mtrkuzofficial Ахборот 24 | Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактаблар қабул жараёнларига тайёргарлик
🔅mtrkuzofficial Янгиликлар 24 | «Ал-Хоразмий авлодлари, ахборот коммуникацион технологиялар» фестивалидан
🔅mtrkuzofficial Янгиликлар 24 | Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактабларнинг қабул жараёнларига тайёргарлик
🔅zortv_bukun BuKun Tonggi Son
#Bitiruvchi_2021

Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatida so’nggi qo’ng’iroq tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarini rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova ishtirok etdi va bitiruvchilarni tabrikladi:

- Bugungi kun har bir bitiruvchi hayotida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Sizlar bugun mustaqil hayot ostonasida turibsiz. Shuni unutmang-ki, hamma joyda siz bizning yuzimizsiz. Men sizlarga bundan keyingi yo’lingizda muvafaqqiyat tilayman. Omad yor bo’lsin.

🏆Tadbir so'ngida joriy yilning aprel oyida o'tkazilgan 55-Xalqaro Mendeleyev Olimpiadasida Azimjon Jamolov (kumush), Durdona Muxtarxoʻjayeva (kumush) va Ikromiddin Boymahammadov (bronza) medallarini qo'lga kiritgan o'quvchilar Agentlik tomonidan sovg'alar bilan taqdirlandilar.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot
#Qabul_2021

Sevimli telekanalining Zamon informatsion ko'rsatuvida Prezident va ijod maktablariga qabul jarayonlariga bag'ishlangan Ochiq muloqotdan lavha namoyish etildi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Diqqat_eslatma

📣📣Hurmatli ota-onalar !

❗️Prezident va ijod maktablariga hujjat topshirishda fotosuratga e’tiborli bo‘lishingizni so’raymiz.

Portal.piima.uz saytiga fotosuratni telefonda olingan shaklini yuklash mumkin emas.

📌Fotosuratchidan rasmning qog’oz variantidan tashqari elektron variantini ham olishni unutmang! Portal.piima.uz saytiga rasmning faqatgina elektron variantini yuklash mumkin. Qog’oz variant esa ma’lumotnoma(anketa)ga yopishtiriladi.

✔️Eslatib o’tamiz, operatorlar tomonidan ota - onalarga tahrirlashga jo'natilgan arizadagi kamchiliklarni to'g'irlab, 48 soat ichida qayta jo'natish talab etiladi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Diqqat_eslatma

❗️Prezident va ijod maktablariga hujjat topshirishda MA'LUMOTNOMA (ANKETA) bilan bog'liq xatoliklarga yo'l qo'ymasligingizni so'raymiz.

📌Ma’lumotnoma (anketa)ni portal.piima.uz saytining "Maktabga qabul" sahifasida joylashtirilgan Ma’lumotnoma (anketa) qismidan yuklab oling. So’ngra ushbu ma’lumotnoma to’ldirilib, skaner qilinib jpeg, png, gif formatlarida portal.piima.uz saytiga joylashtiriladi.
Unutmang, hujjatlarni pdf formatda saytga joylashtirish mumkin emas.

Boshqa turdagi ma’lumotnoma shakllari rad etiladi.

✔️Eslatib o’tamiz, operatorlar tomonidan ota - onalarga tahrirlashga jo'natilgan arizadagi kamchiliklarni to'g'irlab, 48 soat ichida qayta jo'natish talab etiladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Qabul_2021

Nukus shahridagi Prezident maktabida 2021-2022 o‘quv yiliga 5-, 6-sinflariga o‘quvchilarni qabul qilish jarayonlari boshlandi.

📞Call-markaz ga ilk qo‘ng‘iroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy, Amudaryo tumanlaridan kelib tushdi. Ota-onalarning barcha savollariga operator tomonidan to‘liq javob berildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube