Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.3K subscribers
17K photos
2.19K videos
70 files
6.38K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Andijon_Prezident_maktabi

ANDIJON SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA YANGI O'QUV YILI BOSHLANDI

🔴Bugun, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Andijon shahridagi Prezident maktabida yangi o'quv yiliga start berildi.

🔶Tadbirda Agentlik rahbari Hilola Umarova so’zga chiqib, barchani yangi o'quv yili bilan tabrikladi:
- Avvalo ta’kidlab o’tishim kerak, ilm bilan birga har biringizning qalbingizda eng avvalo vatanparvarlik tuyg'usi bo’lsin. Zero Prezident maktablarida ta'lim olish sizlar uchun nafaqat imkoniyat, balki ulkan ma'suliyat ham demakdir.

📌Tadbir davomida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, jamiyatning ilg'or vakillari so'zga chiqishdi va ta'lim sohasida yaratilayotgan shart-sharoitlar to'g'risida fikr bildirishdi.
_
🔹The new academic year has started at the Presidential School in Andijan. The opening ceremony was attended by the director of the Agency Hilola Umarova, hokim of Andijan Sh. Abdurakhmonov and progressive representatives of society.
#Andijon_Prezident_maktabi

Andijon shahridagi Prezident maktabida "Yangi avlod jadidlari" nomli tadbir tashkil etildi.

Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova, Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, Andijon shahridagi Prezident maktabi va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o’quvchilari ishtirok etishdi.

✔️Tadbirda jadid namoyondalari mustaqillik g'oyalari, ma'rifatparvarlik faoliyatiga bag’ishlangan sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

Tadbir so’ngida iqtidorli o’quvchilar va ularning ota-onalariga faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari topshirildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon_Prezident_maktabi
#Ochiq_eshiklar_kuni

Ushbu tadbir davomida maktabga o'qishga qabul qilingan 5-sinf o'quvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdilar. Yig'ilganlarga maktabda yaratilgan sharoitlar, o'quvchilar amal qilishi lozim bo'lgan qoidalar va o'qitish tizimi batafsil tushuntirildi.

📍Shuningdek, maktab ma'muriyati tomonidan o'quvchilar uchun maktab bo‘ylab sayohat tashkil etilib, ular muassasa hayoti bilan yaqindan tanishtirildi.
__
🎥Videolavha Andijon shahridagi Prezident maktabi matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
#Биринчи_қўнғироқ
#Andijon_shahridagi_ixtisoslashtirilgan_maktab

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, viloyatdagi barcha yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari, nuroniy va faollar, shuningdek, maktab-internatiga yangi qabul qilingan o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbirda Agentlik direktori Hilola Umarova va Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovlar o‘quvchilar va yig‘ilganlarni Vatanimiz Mustaqilligining 31 yilligi bilan tabriklagan holda, yangi ochilgan maktabda bilimlari natijasida Respublika va xalqaro miqyosda nufuzli o‘rinlarni zabt etishlarida o‘z tilaklarini bildirdilar.

📍Ochilish marosimidan so‘ng tashrif buyurganlar maktab-internatida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganib,o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazdilar.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Education_Trip
#Yangi_loyiha
#Andijon_Prezident_maktabi

PREZIDENT MAKTABIDA YANGI LOYIHA

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Andijon shahridagi Prezident maktabida "Education Trip" loyihasi yo'lga qo'yildi.

Loyiha doirasida o'quvchilar fermer xo'jaliklari va tekstil korxonasida bo'lishdi.

❗️Sayohat davomida o'quvchilar turli soha vakillarining faoliyati, mahsulot va xizmatlarni yaratilish jarayonini òz kòzlari bilan kòrib, soha haqda yanada chuqurroq ma'lumotga ega bo'lishdi.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Education_Trip
#Andijon_Prezident_maktabi

⚡️"Educational trip" loyihasi davom etadi!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Andijon shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari Shahrixon tumanidagi "Hunarmadlar markazi" faoliyati bilan tanishishdi.

❗️O'quvchilarimiz Andijon do'ppisi hamda mashhur Shahrixon pichoqlarini tayyorlash jarayonini yaqindan kuzatishdi.

Loyiha doirasida "Mehnat shuhrati" ordeni sohibasi do'ppido'z hunarmand Yorqinoy To'ychiyeva xonadonida bo'lib o'tgan samimiy suhbat o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon
#Andijon_Prezident_maktabi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Andijon shahridagi Prezident maktabida Andijon viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi bir guruh xodimlari bilan birgalikda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'chat ekildi.

❗️Mazkur tadbir Andijon shahridagi Prezident maktabini faoliyat boshlaganining bir yilligi munosabati bilan tashkil etildi.

🌳 Maktab jamoasi hamda Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari maktab hududiga 100 dan ortiq manzarali va mevali daraxt ko'chatlarini o'tqazishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#STEM_olimpiada
#Andijon

⚡️Andijonda STEM fanlari olimpiadasi o'tkazildi

Prezident ta'lim muassasalari agentligining Andijon viloyati hududiy bo‘limi tomonidan Andijon shahridagi Prezident maktabida STEM (Matematika, fizika, kimyo va biologiya) fanlar olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

❗️Bunda Agentlik tizimidagi 13ta ixtisoslashtirilgan maktab va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari qatnashdi.

📌O'tkazilgan STEM fanlari olimpiadasida yuqori ball to'plagan o'quvchilar aniqlandi va agentlikning hududiy bo'limi tomonidan diplom bilan taqdirlandi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Давлатимиз раҳбари Андижон туманидаги 55-умумтаълим мактабига ташриф буюрди.

Глава государства посетил общеобразовательную школу №55 в Андижанском районе.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

No comment | Prezident maktabida "Ochiq eshiklar" kuni
#andijon_MTRK

📍Agentligimiz tizimidagi
Andijon shahridagi Prezident maktabida o'quvchilar, ustoz va murabbiylar, ota-onalar ishtirokida "Ochiq eshiklar" kuni bo'lib o'tdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda

Diyor yangiliklari | Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga o'quvchilarni saralab olishning 1-bosqichi bo'lib o'tdi
#Jizzax_MTRK

Andijon axboroti | Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabidagi ijodiy imtihon jarayonlari
#Andijon_MTRK

Eslatib o'tamiz, mazkur bosqich ijodiy imtihon bosqichi bo'lib, unda talabgorlardan ijodiy matn yaratish talab etiladi. Ijod maktablarining imtihonlari joriy yilning 16-iyul kuniga qadar bo'lib o'tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon_viloyati
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️ANDIJON VILOYATIDAGI QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI KETAYOTGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI O‘RGANILDI

🗺 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev xizmat safari bilan Andijon viloyatida bo‘lib, viloyatdagi 14 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab - internatlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-106-son Farmoniga asosan, Andijon viloyatida 14 ta obyekt shundan, 1 ta Andijon shahrida ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda 12 ta Xonobod shahrida va Andijon, Asaka, Baliqchi, Bo‘ston, Izboskan. Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Oltinko‘l, Ulug‘nor, Xo‘jaobod, Shahrixon tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarda jami loyihaviy quvvati 6888 o‘rinni tashkil etilishi rejalashtirilgan.

📆 Avgust holatida 4 ta (Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati) foydalanishga topshirilib, 10 ta obyektda qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

📝 Maktablarni zamonaviy jihozlash, o‘quvchilar uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ustozlar_kuni
#andijon_viloyati

Sizning ta'limingiz olmagan kim bor?
Siz-ku yuraklarga ilk ziyo yoqqan.
Olimmi, shoirmi va yo san'atkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan.

📍
Andijon viloyatidagi maktablarimizning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari tomonidan 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tayyorlangan videorolik.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Andijon_yoshlar_forumi
#Prezident_maktabi

Bugun Andijon shahridagi Prezident maktabida Andijon yoshlar forumi” doirasida “Hokim va sardorlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi.

Viloyat hokimi Prezident maktabi o‘quvchilari bilan uchrashib, ularning xalqaro miqyosda erishayotgan yutuqlari bilan tanishib, omad tiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#maktablarimiz_haqida
#Andijon_shahar_2son_ixtisoslashtirilgan_maktab_internati

Ta’limga qaratilgan e’tibor o‘z samarasini beradi. Shu bois mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirishga, o‘qituvchi va o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Iqtidorli yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash, ta’lim jarayoniga malakali rahbar va pedagog kadrlarni jalb qilish maqsadida tashkil etilgan Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘z faoliyatini boshlagan.

Ayni vaqtda ta’lim maskanida 327 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Ularga 32 nafar pedagog saboq bermoqda. Kelajak avlod vakillariga aniq va tabiiy fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladi.

Maktab zamonaviy binoga ega. Mashg‘ulot xonalari zarur o‘quv, ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlangan. Boy kitob fondini o‘zida jamlagan kutubxona Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasiga ulangan. Sport va faollar zallari, fizika, kimyo fanlari uchun laboratoriyalar, chet tillari xonalari, oshxona va yotoqxona mavjud. 

Maktabda yaratilgan zamonaviy sharoitlar va o‘ziga xos muhit o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishiga, har jihatdan raqobatbardosh, keng dunyoqarash va mustaqil fikrga ega yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#Andijon
#Namangan

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Andijon va Namangan viloyatlarida boʻlib, tizimdagi maktablar faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.

Agentlik direktori shuningdek, Namangan viloyatidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi, Mingbuloq, Namangan, Yangi Namangan, Andijon viloyatidagi Boʻston tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida ham boʻlib, ularda oʻquvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlari, oʻquv binolarini isitish holatini oʻrgandi.

Ishchi guruh tomonidan Andijon viloyatidagi Boʻston tumanidagi 14-umumtaʼlim maktabida II chorak yakuni boʻyicha oʻtkazilayotgan ChSB imtihonlari jarayonlari ham kuzatildi.

Shuningdek, bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.

Oʻrganishlar doirasida Agentlik direktorining oʻquvchilar va oʻqituvchilar bilan muloqoti tashkil etildi. Unda A.Ubbiyev Agentlik tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim sharoitlarini yangi bosqichga olib chiqish borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube