Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.9K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#International_Baccalaureate

🔴 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun IB (International Baccalaureate) dasturi yuzasidan seminar-treninglarga start berildi.

Mazkur seminar-treningdan ko‘zlangan maqsad IB dasturi, uning afzalliklari hamda dasturda ko‘zda tutilgan yo‘nalishlar haqida ma'lumot berishdan iborat.

❗️Ma'lumot uchun, Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy va Mirzo Ulug‘bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar IB dasturini joriy qilishning 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lib, ushbu treninglarda IB haqida yanada batafsil ma'lumot berish ko‘zda tutilgan.

📍 Mazkur seminarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab rahbariyati va barcha fan o‘qituvchilari ishtirok etishmoqda.

Ma'lumot uchun, IB - Xalqaro bakalavriat tashkiloti nodavlat ta'lim tashkiloti hisoblanib, shtab-kvartirasi Jeneva shahrida joylashgan.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#International_Baccalaureate

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda IB (International Baccalaureate) dasturi yuzasidan seminar-trening bo'lib o'tdi.

Mazkur seminar-treninglarda Agentlik mutaxassislari tomonidan pedagog-kadrlarga IB dasturi haqida batafsil ma'lumot berildi.

👉Avvalroq International Baccalaureate dasturi yuzasidan seminar-treninglar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo'lib o'tgani haqida xabar bergan edik.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun 18-19-sentabr kunlari IB (International Baccalaureate) dasturi yuzasidan seminar-treninglar boʻlib oʻtdi. Unda Muhammad al-Xorazmiy va Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Mazkur seminar-treningdan koʻzlangan maqsad IB dasturi, uning afzalliklari hamda dasturda nazarda tutilgan yoʻnalishlar haqida maʼlumot berishdan iborat.

❗️Ta'kidlash lozim, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda Xalqaro bakalavriat (IB) tashkiloti o'rtasida shartnoma imzolangan.

Ushbu dastur o‘quvchilarda dunyodagi deyarli har qanday universitetga kirish uchun imkoniyat beradi. Maxsus IB diplomi nafaqat xorijiy universitetga kirishga qaror qilgan talabalar uchun foydalidir balki o‘quvchilarda global dunyo muammolarini muhokama qilishga, mustaqil o‘rganishga, tanqidiy fikrlashga va muammolarni hal qilishga ijodiy yondashishga undaydi.

Xalqaro IB dasturi maktablarda tadqiqot ko'nikmalarini rivojlantiradi va bolaning ijodiy salohiyatini ochib beradi. O‘quvchilar turli xil ma'lumot manbalari bilan ishlashni o'rganadilar, dunyoqarashlarini kengaytiradilar va muloqot ko’nikmalarini rivojlantiradilar.

🗣IB (International Baccalaureate) - Xalqaro bakalavriat tashkiloti nodavlat ta'lim tashkiloti hisoblanib, shtab-kvartirasi Jeneva shahrida joylashgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik

IB AKKREDITATSIYASI UCHUN MUHIM QADAM

Agentligimiz tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Xalqaro bakalavriat tashkiloti (IB) dasturini joriy qilishning 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lib, akkreditatsiyaga tayyorgarlik jarayoni yakunlanib qoldi.

Ayni vaqtda Xalqaro Bakalavariat (IB) ning Jenevadagi bosh qarorgohi vakili Keith Browne boshchiligidagi delegatsiya mazkur taʼlim muassasamizda maslahatlashuv tashrifi bilan boʻlib, bu yerda oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilganini oʻrganmoqda.

Ta'kidlash lozim, Agentligimiz huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda IB tashkiloti oʻrtasida shartnoma imzolangan.

IB dasturi o‘quvchilarga jahondagi deyarli barcha universitetga kirish uchun imkoniyat beradi. Maxsus IB diplomi nafaqat xorijiy universitetga kirishga qaror qilgan talabalar uchun foydalidir balki o‘quvchilarda global dunyo muammolarini muhokama qilishga, mustaqil o‘rganishga, tanqidiy fikrlashga va muammolarni hal qilishga ijodiy yondashishga undaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik

IB DASTURI KOʻNIKMALARI OʻRGANILDI

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari Xalqaro bakalavriat (IB) dasturini joriy etish boʻyicha muhim bosqichlardan oʻtgan boʻlib ayni yoʻnalishdagi ishlarning davomi sifatida har ikkala taʼlim muassasasi oʻqituvchilari uchun navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida oʻtkazilgan mazkur seminar-treningda ishtirokchilar IB asosidagi oʻrta yosh dasturini joriy etishda qoʻshimcha resurslar va manbalardan foydalanish boʻyicha bilimlarini oshirdi.

Shuningdek, seminar-trening doirasida IB boʻyicha topshiriqlarni yaratishda sun’iy intellektdan oqilona foydalanish boʻyicha ham yoʻriqnoma oʻtkazildi. Qayd etilganidek, sun’iy intellektdan samarali foydalanish oʻquv jarayonini soddalashtirib, moslashtirilgan oʻquv materiallari va mashqlarni taklif qilishi mumkin.

Shuningdek, oʻyinlar, simulyatsiyalar va boshqa interfaol vositalar yordamida oʻrganishni yanada qiziqarli va samarali qilishi mumkin. Bu esa oʻquvchilarning motivatsiyasini oshiradi va ularning bilim olishga boʻlgan qiziqishini kuchaytiradi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda Xalqaro bakalavriat (IB) tashkiloti oʻrtasida shartnoma imzolangan.

Xalqaro IB dasturi maktablarda tadqiqot koʻnikmalarini rivojlantiradi va bolaning ijodiy salohiyatini ochib beradi. Oʻquvchilar turli xil maʼlumot manbalari bilan ishlashni oʻrganadilar, dunyoqarashlarini kengaytiradilar va muloqot koʻnikmalarini rivojlantiradilar.

Shuningdek, IB dasturi oʻquvchilarda dunyodagi deyarli har qanday universitetga kirish uchun imkoniyat beradi. Maxsus IB diplomi nafaqat xorijiy universitetga kirishga qaror qilgan talabalar uchun foydalidir balki oʻquvchilarda global dunyo muammolarini muhokama qilishga, mustaqil oʻrganishga, tanqidiy fikrlashga va muammolarni hal qilishga ijodiy yondashishga undaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube